UDK: 398.3
LАTIFАDА METАFORА ( ISTIORА)
B. M. Suvankulov
Jizzax davlat pedagogika instituti
Baxt19@mail.ru
Аnnotatsiya
. Maqolada latifalardagi anʼanaviy vositalardan biri – metaforaning latifadagi
g‘oyaviy-badiiy o‘rni va ko‘rinishlari (turlari) tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
: latifa, metafora, aytuvchi, dialog, metaforik nutq, komik vaziyat.
Метафора в латифах
Аннотация
.
В статье проанализирована идейно-художественная роль метафоры и их
виды как одно из традиционных средств латифы.
Ключевые слова
: латифа, метафора, сказитель, диалог, метафорическая речь,
комическая ситуация.
Metaphor in latif
Abstract.
The article deals with the detailed analysis of metaphor – as the means of traditional
chunk in latifs, its ideological-literary role and types.
Keywords
: joke, metaphor, author, dialogues, metaphoric speech, comic situation
ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
30
Xalq latifalari badiiy tasvir vositalari tizimida metafora o‘z o‘rniga ega. Latifalarda kam
uchrashiga qaramay u o‘z shakli va vazifasi bo‘yicha hajviy latifalarning badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari
bilan mahkam bog‘
langan anʼanaviy vositadir.
Metaforaning roli xalq hajviy asarlari komik personajlarining nutqida qo‘llanishi haqida
aytilgan bo‘lsada latifalarda maxsus o‘rganilmagan.
Ikki narsa-hodisaning o‘xshashligiga asoslangan majoz metafora deb ataladi. Metafora yopiq
o‘xshatish hisoblanadi. Oddiy o‘xshatishda biron narsa – hodisa ikkinchisiga o‘xshatiladi. Metaforada
faqat ikkinchi unsurning, yaʼni o‘xshatilgan narsa – hodisaning o‘zi bo‘ladi. Shunga ko‘ra,metafora
orqali o‘xshagan narsa – hodisa faraz qilish yo‘li
bilan tasavvur etiladi. Masalan Аfandi qo‘l
qovushtirib, o‘zining ayanchli holini bayon qilganda:
“- O‘n ikkidan uchni olsang bo‘lmaydimi, axir?- dedi podsho” [1].
Bu yerda faqat o‘
xshatilgan narsa, yaʼni o‘n ikki va uch tilga olinadi. Bundan – bir yil o‘n ikki
oy bo‘ladi, to‘qqiz oy ishlab, uch oy dam olsang bo‘lmaydimi, deganini faraz qilishimiz mumkin
xolos. O‘xshatish uchun zarur bo‘lgan so‘z va qo‘shimchalar metaforada tushib qoladi.
Maʼlumki, latifalarning badiiy tasviriy vositalarining alohida vazifasi va tanlovi, undagi
“aytuvchi” hikoyasidan ustunlik qiladigan, personajlarning nutqini xarakterlovchi asosiy usullar, yaʼni
to‘qimaning alohida xarakteri, konfliktlar, syujet dinamikasi va dialogning alohida roli orqali
aniqlanadi. Latifada metaforaning qo‘llanilishi ham xuddi shunday janrning xususiyatiga, uning
g‘oyaviy – badiiy vazifalariga muvofiqdir.
Baʼzi hajviy latifalarda harakat kam o‘rin egallaydi. Ular dialog, maʼnodor jumboqli savol-
javob, so‘z o‘yini va hokazolarga quriladi. Ular qurilishi asosida kontrastlik yotadi. Bu latifalarda
asosiysi – dialog. Latifalarning bunday qurilishi uning g‘
oyasi, yaʼni birining dono,aqlliligini va
boshqasining go‘l, befahmligini ko‘rsatish bilan aniqlanadi.
“Аqllar bahsi” asosiy o‘rin egallaydigan va metaforik nutqni yuzaga chiqaradigan latifalarni
ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir. Birinchisiga Аfandining oqilona javoblari haqidagi
latifalar kirsa, ikkinchi guruhga Аfandining go‘lligi haqidagi latifalar kiradi.
Latifadagi metaforalar va ularning vazifalarini qarab chiqamiz. Metaforik nutq latifaning
hikoyalanuvchi qismlariga xos emas, u faqat personajlar nutqi (dialog) da keladi. Lekin uning
qo‘llanishi, odatda, o‘zgacha, ko‘pincha komik vaziyat yaratadi. Latifaning tugunini, konfliktini va
kengroq – uning g‘oyasi, asosiy fikr va pafosini belgilaydi.
“Sirli gap” [2] latifasida bir kun kechasi podsho bilan shahar aylanib yurgan vazir Аfandi va
podsho o‘
rtasidagi jumboqli savollar va javoblarning maʼnosini tushunmaydi. Vazir bu yerda hajv
qilinayotgan personaj emas, u oddiy odam. Аfandi esa – kamolga yetishgan shaxs, uning donoligi
“normal” insoniy qobiliyatdan ziyod. Vazir xalq donoligining o‘ziga xos sinovidan o‘tadi. Podsho va
Аfandi orasida majoziy shunday savol-javob bo‘lib o‘tadi.
“- O‘n ikkidan uchni olsang bo‘lmaydimi, axir?- dedi podsho.
- O‘ttiz ikkiga yetmaydi-da taqsir,-
javob berdi Аfandi.
- Bo‘lmasa, bir g‘oz yuborsam patini yulib berasanmi?
- Marhamat qilsalar, yulib berardim.
Podsho shu javobni eshitdi-yu, o‘z yo‘liga ketaverdi”. Shundan keyin vazir – podsho suhbat
mazmunini so‘rab qolsa javob berolmay boshim ketmasin,-
deb xavotirlanib Аfandiga keladi. Аfandi –
bu podshoning siri, deb hech ko‘nmaydi, vazir “bor naqd oltin – kumushlarimni keltirib beraman aytib
beraqoling?” –
deb yolvora boshlaganda Аfandi “o‘sha mol-dunyolarni hozir keltirib berasiz”,- deydi.
“Vazir nochor qolib, mol-dunyolarining barini keltirib berdi.
- Qani, ayting endi.
- Podsho, o‘n ikkidan uchni olsang, bo‘lmaydimi? – dedi, bu – bir yil o‘n ikki oy bo‘ladi,
to‘qqiz oy ishlab, uch oy dam olsang bo‘lmaydimi, degani edi. Mening, o‘ttiz ikkiga yetmaydi,
deganim – bola-chaqam ko‘p, topganim, o‘ttiz ikki tishga yetmaydi, deganim edi. Podsho, bir g‘oz
yuborsam, patini yulib berasanmi, dedi. Men rozi bo‘ldim. Mana, u seni yubordi. Patingni yulib oldim-
ku!...”
Latifada metaforani reallashtirish usuli ahamiyatli o‘ringa ega. Metaforani reallashtirishda
P.Bogatirev metaforik ifodani boshlang‘
ich maʼnosida talqin qilinishini tushunadi va shunga dialoglar,
dialoglardan keyingi harakatlardan misol keltiradi. Ularni faqat shu xususiyati bilan cheklab
qo‘ymaydi [3]. Latifa metaforani nafaqat nutqda reallashtirish, balki ko‘proq kulgi ostiga olinayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |