Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
66 
palitrasiga kirmaydigan) rang nomi hosil qilinadi). Bunga qanoat hosil qilish uchun har qanday 
kompyuterning matnni yoki satrni bo‘yash funktsiyasidagi ranglar palitrasiga yoki quyidagi 1 va 2-
rasmlardagi ranglarga ko‘z tashlash yetarli. 12 ta “nomli” rangni va uning yonidagi oltiburchakli 
palitradagi 138 ta rangdan ayirsangiz kompyuterning bo‘yash servisidagi 126 rangning nomi hozircha 
inglizchada yo‘q ekanligi maʼlum bo‘ladi.
Rasm 1 
Rasm 2 
Til qachonki konsept uchun muqim bir lisoniy muqobil yaratgandagina va u tilda mustahkam 
o‘rnashganidagina konseptlardan biri yoki bir nechtasi OLM unsurlari qatoriga qo‘shilishi mumkin. Y. 
Vaysgerberning so‘zlari bilan aytganda, «ona tili barcha til egalari uchun yaroqli vositalarni ishlab 
chiqish yo‘li bilan muloqot uchun zamin hozirlaydi. Dunyo haqidagi tasavvur va tafakkur tarzi tilda 
doimo ro‘y berib turadigan dunyoni aks ettirish, mazkur til jamoasida ushbu tilning o‘zi uchun maxsus 
vositalar bilan dunyoni bilish jarayonlari mahsulidir »[2]. Lisoniy birlikning birinchi atributsiyasi 
bo‘lmish fonetik-akustik tuzilma (so‘zning fonetik qobig‘i) faqat o‘sha tilning vositalari (tovushlari) 
va qoidalari yordamida ifodalanishi zarur, bu esa OLM unsuri bo‘lishning birlamchi shartidir. 
Аks 
holda esa hech qanday til belgisi kommunikativ tizimga mustahkam o‘rnashmaydi, u vaqti bilan 
nutqiy isteʼmoldan chiqib ketadi. Bu holat aslida Ferdinand de Sossyur «anglatuvchining liniyali 
xarakteri» deb atagan tamoyil bo‘lib, fikrni ifodalovchi tovush komplekslarining bir ketma-ketlikda 
yotishi va bu ketma-ketlik liniya (chiziq)dan iborat ekanligini ko‘rsatadi. F.de Sossyur alohida qayd 
etadiki, «mazkur tamoyil asosiy va uning natijalari behisobdir. Unga tilning barcha mexanizmlari 
bog‘liqdir»[7]. Binobarin, til 
birligining (so‘zning) maʼno tomoniga har doim tushuncha «yuki» 
ortilgan bo‘ladi va u til sistemasida har narsaning tashkilotchisi bo‘lgan mazmundan ajralmasdir, 
chunki, til kabi ikkilamchi ideal tizimlar borliqdagi moddiy va nomoddiy tizimlarning 
«moddiylashgan», shartli belgilangan belgilar tizimi shaklidagi ko‘rinishidir[6].
Bu o‘rinda, ayniqsa, konseptlar va til birliklari (so‘z, leksema)ning hamda konseptosfera va 
OLM komponentlarining o‘zaro munosabatlari xususida to‘xtalganda Ch.Pirs tarafidan taʼriflangan 
“belgi belgini vujudga keltiradi” degan semiotikaning asosiy qonuni xususida to‘xtalib o‘tish lozim. 
Ch.Pirsning taʼkidlashicha, maʼlum til belgisining mazmuni-mohiyati boshqa lisoniy belgining 
(belgilar zanjirining) yordamida ochib beriladi va uni
ng maʼnosidagi taraqqiyot faqat shu shaklda yuz 
beradi. Bu esa semiotik jarayonlarning ham xuddi hayotdagi kabi aylana-halqa shaklidadir (...Belgi 
kimni va nimanidir qaysidir munosabatlarda va qaysi bir nom ostida ifodalaydi. U biror kishiga 
yo‘naltirilgan 
bo‘ladi va u kishining tafakkurida shunga mos yoki yanada rivojlangan (maʼnosi 
kengaygan, konkretlashgan) belgi yaratadi....)[10]. U yoki bu konseptning til belgisiga tomon “siljishi” 
ana shu qonuniyat tufayli yuz beradi, deb taxmin qilish mumkin, zero til geterogen tizimdir, uning bir 
unsuri shakl va mazmun jihatidan faqatgina ikkinchi bir unsurdan yasaladi yoki vujudga keltiriladi. 
Binobarin, til olamni maxsus belgilar tizimi orqali ifodalagani uchun olamning lisoniy 
manzarasining ko‘lami dunyoning konseptual manzarasiga ko‘ra ancha tordir. Quyidagi jadvalda 
konsept va til belgisi (birligi) orasidagi farqlardan o‘rtaga chiquvchi OKM va OLM hamda ular 
o‘rtasidagi farqlarni bayon qilib berishga harakat qildik: 
Jadval 
Olamning konseptual 
Olamning lisoniy manzarasining asosiy 
Farqlar va ularning 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish