ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
65
tushunchalarga ega bo‘ladi, o‘zi anglagan, qabul qilgan predmetlar, hodisalar, xossalar xususidagi
axborotlarni qabul qilish va ularni boshqa turdagilardan farqlashga intiladi. Dunyo haqidagi har bir
yangi tushuncha har bir individ tarafidan u ilgaridan ega bo‘lgan axborot va tushunchalar zamirida
yoki ular yordamida shakllantiriladi. Shu tariqa shakllangan dunyo haqidagi tasavvur va tushunchalar
tizimi insonda shakllangan dunyo haqidagi konseptual tizimidir, u statik tushunchalarga asoslangan
noverbal tasavvurdir. Bu tushunchalar tizimini til birliklari orqali ifodalashgacha bo‘lgan bosqichini
tashkil etadi. Bu bosqichda inson hissiy bilish va qabul qilish orqali obʼyektiv borliqdagi narsalar bilan
tanishadi [1,28].
Boshqa tarafdan, inson ishtirok etuvchi jamiyat va tabiatdagi aloqa-aralashuv jarayonlari
(kommunikativ jarayon) asosa
n ikki usul bilan amalga oshishi maʼlum. Bular verbal va vizual
kanallardir.
Аynan bu ikki yo‘nalishda insonning qabul qilish, generativ va tahlil qilish xususiyatlari
ustun darajada rivojlangani kuzatiladi. Verbal aloqa-aralashuv borliqdagi realliklarga muqobilan
mavjud bo‘lgan leksik birliklarga asoslanadi. Bu hol katta miqdordagi lug‘aviy birliklarning mavjud
bo‘lishiga hamda ular yordamida shakllanuvchi cheklanmagan miqdordagi axborotni uzatishga asos
bo‘ladi. Vizual kommunikatsiyada esa verbal aloqa-aralashuvdagidek avvaldan tayyor birliklarga ega
emas, shu sababli unda qabul qilish, tahlil va generativ faoliyat umumiy shaklda amalga oshadi
[5,656].
Verbal aloqa-aralashuv insonning ko‘rish, eshitish, hid bilish, sezish, hissiy sezish, shuurosti
bilan his qilish (savqi tabiiy kabi) orqali borliqning tilda aks etishining tafakkur shaklida voqelanishi
bo‘lib, u voqelik va til o‘rtasidagi bog‘lovchi zvenodir. Barcha narsalar borliqdan tafakkur orqali tilga
yo‘naladi va til uni shartli belgi va tovush qobig‘i yordamida ifodalaydi [3,26]. Shu tufayli olam
manzarasini inson tilida aks etishini odatda quyidagi oddiy triadaga olib borib bog‘laydilar: obʼyektiv
borliq –
obʼyektiv borliqning insonning miyasida (ongida) aks etishi va bu aks etish natijalarining tilda
ifodalanishi. Til obʼyektiv borliqdan “nusxa ko‘chirmasligi”, balki u maʼlum bir shaklda insonning
dunyoni bilish jarayonini aks ettirishini hisobga olsak, bu triadaning zamirida haqiqat yotganini
payqash qiyin emas. Binobarin, “obyektiv borliqning birlamchi reprezentatsiyasi dunyoning hissiy
bilishga, eslashga, introspektsiya (=ichki tahlil) va propriotseptiv qayta aloqa (=tasavvurni
yaxshilashga qaratilgan reaksiya)ga asoslangan modelini yaratadi. Ikkilamchi reprezentatsiya esa bu
modelning olam va insonning xatti-harakatlari til birliklari (so‘z) bilan ifodalangan modelini beradi.
Bu esa bizning dunyoni hissiy qabul qilishimiz dastlab konseptual reprezentatsiya holida, so‘ngra esa
lisoniy reprezentatsiya shaklida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi”[4]. Birinchi bosqichni dunyoning
konseptual manzarasi, ikkinchisini esa olamning lisoniy manzarasi deyish mumkin.
Inson tafakkurida shakllangan olamning konseptual manzarasi juda murakkab tuzilmadir. U
juda variativ va o‘zgaruvchandir. Unda insonlarning bir-birini anglashi uchun umumiy nuqtalar ko‘p,
shu sababli tafakkur tilga nisbatan mazmunan keng va “harakatchan”dir. Shu tufayli fikrlash jarayoni
turli tasavvur va tushunchalar o‘rtasida yangi-yangi aloqalarni o‘rnatishga moyil bo‘lib, unda doimiy
“qo‘nimsizlik” mavjud. So‘z (til birligi) esa tafakkurga ko‘ra turg‘unroq va konservativdir, shunga
ko‘ra u borliqdagi barcha o‘zgarish va rivojlanish jarayonlarini mos ravishda aks ettirolmaydi. Demak,
olamning lisoniy manzarasi insondagi dunyoning konseptual manzarasining til birliklariga mazmunan
va shaklan bog‘liq qismigina, xolos. Biopsixosotsial mavjudot sifatidagi insonning ongi manbai
bo‘lgan miyasida va tafakkuriy-ruhiy-
maʼnaviy dunyosidagi juda boy va keng dunyoning konseptual
manzarasi bilan birga, parallel ravishda olamning lisoniy (verbal) manzarasi mavjud [8]. Misol uchun,
o‘zbek tilida tabiatdagi ranglar oq, qora, sariq, qizil, yashil, pushti, jigarrang, qirmizi, ko‘k, zangori...
kabi o‘z va o‘zlashgan qatlamga oid 10-15 ta so‘z bilan ifodalanadi, xolos (boshqa tillarda ham shunga
yaqin holatni kuzatish mumkin).
Аslida tabiatda minglab bir-birini takrorlamaydigan ranglar bor,
ularning barchasini lisoniy ifodalashning iloji yo‘q, ammo inson har bir holatda o‘sha ismsiz ranglarni
ko‘radi, ularni boshqalardan ayiradi, farqlarni his qiladi, ammo nominatsiya jarayoniga
“aralashtirmaydi”, chunki olamning konseptual manzarasidan farqli o‘laroq, dunyoning lisoniy
manzarasining o‘lchamlari chegaralangan va ular qatʼiydir, agar tilda oshig‘ich ehtiyoj bo‘lmasa,
maʼlum bir rangga nom “berilmaydi”, minglab ranglar esa “nomsiz ranglar” sifatida insonning bilish
jarayonida xotirada saqlanib qolaveradi [9]. (
Аytish mumkinki, tilda leksik ekvivalenti bo‘lgan 10-12
rang “Dunyoning lisoniy manzarasi” lingvomaydonidagi “ranglar” sektorini tashkil etadi, boshqa
“nomsiz” ranglar esa konseptual tasavvur sifatida zahirada turadi va lisoniy aloqada juda kerakli
bo‘lganda tabiatdagi boshqa narsalar rangiga o‘xshatish (zarg‘aldoq rang, nosvoyrang, kulrang...) yoki
–ish, - roq kabi nisbiy daraja yasovchi qo‘shimchalar yordamida “shartli nomlangan” (ranglar
Do'stlaringiz bilan baham: |