ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2019-yil, 4-son
151
Olima madrasalarda, eng avvalo, g‘azal janrining o‘qitilishiga e’tibor berilganini ta’kidlab,
mumtoz she’riyatga nisbatan qo‘llanadigan ilmi badi’, ilmi sharh, ilmi g‘ariba, ilmi fasohat, ilmi aruz,
ilmi sanoyi’ kabi fanlarning xususiyatlarini ham ochib beradi. Buning uchun u Alisher Navoiy ijodi
namunasi bo‘lmish “Qaro ko‘zim” g‘azali matla’sining 9 ta olim tomonidan qilingan ilmi tahlillarni
qiyoslaydi va mumtoz adabiyot asarlarini tushunishda, uni baholashda bosh mezon bo‘lmish badiiy
san’atning ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, u kichik she’riy janrda katta hikoyat mazmunini
ifodalay oladigan “yakpora g‘azallar” uchrashi haqida ham ma’lumot beradi. Monografiyaning har bir
varag‘ida nihoyatda ko‘p ma’lumot va dalillarga duch kelamiz. Bular M.Tursunovaning juda ko‘p
material bilan tanishganini va ularning birortasini qoldirmay taqdim qilayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, u badiiy san’at turlarining qay biri qanday adabiy janrda qo‘llanishini ham aniqlagan.
Masalan, irsoli masal san’ati diniy-ta’limiy asarlarda, tahlil san’ati shaxslar bilan bog‘liq voqealar
tasvirida, husni ta’lil esa ishqiy mavzudagi g‘azallarda ko‘plab ishlatilganini ta’kidlaydi va ustoz
shoirlar ijodiga tazmin bog‘lash an’ana bo‘lganini, bu birinchidan, ijod yo‘liga kirgan talabalarda she’r
yozish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qilishga yordam berishini, ikkinchi tomondan, ikki shoir
ijodini bir-biriga qiyoslab, baho berish imkonini yaratishini ko‘rsatadi. Tahlilning xususiyatlari sifatida
quyidagilarni ko‘rsatadi:
1.
Bunda matn mohiyatiga kirib boriladi.
2.
Ma’no qatlamlarini o‘rganish qayta baholashga imkoniyat yaratadi.
3.
U yoki bu adabiy janrning yaratilishiga asos bo‘lgan sababni oydinlashtiradi.
4.
Talqinchi bilan muallif o‘rtasida mutanosiblik paydo qiladi.
5.
Biror manbada uchramaydigan tarixiy ma’lumotlar, tarjimai hol bilan bog‘liq lavhalar,
shoirni iztirobga, hayajonga solgan sabablar matn qatlaridan chiqib keladi.
6.
Tarixiy ma’lumotlarni g‘azalda ifodalangan misra yoki belgiga qiyoslash imkoniyati
paydo bo‘ladi.
7.
Mumtoz adabiyot namunalari arab yozuvida bitilgani tufayli tahlilchidan arab
yozuvining barcha “zeru zabarlarini” yaxshi o‘zlashtirish talab qilinadi, aks holda
tahlil noaniq chiqib, matndagi asl ma’no aniq bo‘lmay qolishi mumkin.
Xullas, muallif ilmiy tahlilni har tomonlama izohlab, bu bo‘lim oxirida uch banddan iborat
xulosa beradiki, bu fikrlardan kelib chiqadigan tavsiyalarni nafaqat madrasalar ta’limida, balki
zamonaviy adabiyot o‘qitilishida ham qo‘llash mumkin.
Ushbu monografiyaning to‘rtinchi qismi “Ilmi balog‘at va fasohat ibratidir” deb nomlanadi.
Bunda, eng avvalo, balog‘at va fasohat tushunchalariga izoh beriladi. Fasohat - bu “so‘zning ochiq,
ravshan, ravon, yoqimli, qoidaga muvofiq bo‘lishi, uslubning chiroyliligi” deb, “Navoiy asarlari
lug‘ati”dan olingan izohni keltiradi(72-b.). “Ilmi balog‘at esa so‘zni ixcham, go‘zal va mazmundor
qilib ifodalash, badiiy ifoda, maqsadni go‘zal iboralar bilan anglatish sirlarini o‘rgatadi”(73-b.)
So‘ngra nutqning bu xususiyatlari aks etgan asarlar tahliliga to‘xtaladi. Jumladan, az-Zamaxshariyning
“Asos ul-balog‘a” (“Balog‘at asoslari”), Abu Nasr Forobiyning “Ixso ul-ulum” (“Ilmlarning kelib
chiqishi”), Abdulla Avloniyning”Turkiy guliston yoxud axloq” Ulfat Mahkamovning “Axloq-odob
saboqlari”,Abdulla Qodiriy kabilarning asarlarini keltirib, bu kitoblardagi ibratli fikrlarni ajratib
ko‘rsatadi. Masalan, “fasohat ilmini egallashda aql, ichki his-tuyg‘u, so‘z tanlash me’yorini
rejalashtirishda ichki ruhiy nutqning ahamiyati kattadir. Tashqi og‘zaki nutq ichki nutqning
“farmoyishi” bilan nutq madaniyatini, nutq odobini, fikrning chuqur, aniq, to‘g‘ri, ta’sirli bayonini
namoyon etadi.” Shuning uchun M.Tursunova madrasalarda quyidagi masalalarga alohida e’tibor
berilganini ko‘rsatadi : a) so‘z ma’nosining sharhiga; b) tahlil etilayotgan asarning mazmun-
mohiyatiga; v) tahlil natijalarining og‘zaki munozarasiga. U bu ilmlar nafaqat madrasa ilmi toliblari
uchun, balki o‘sha davr ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan notiqlar tayyorlashda ham o‘z o‘rniga
ega bo‘lganligini ta’kidlaydi va Xusayn Voiz Koshifiy, uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy, Mavlono
Sayid G‘iyosiddin kabi mashhur notiqlar haqida ishonarli rivoyatlar keltirib, o‘z fikrini isbotlaydi (75-
b.) .
U madrasalar o‘quv dasturlarida, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida so‘zlar talaffuziga alohida
e’tibor qaratilganligini, “tovushlar buzib yoki chala talaffuz qilinsa, so‘zning ma’nosi buzilishiga,
ta’sir kuchi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi, shu bois so‘zning asl holicha talaffuz qilinishi jiddiy nazorat
qilinganligini” ham aniqlaydi va “til, nutq insoniyatni o‘tmish va kelajak zamonni bir-biri bilan
bog‘lovchi rishta ekanligini”madrasada o‘qitish usullari misolida bugungi kun bilan bog‘lagan holda
namoyon qiladi. U madrasalar ta’limini har tomonlama o‘rganib, zamonaviy maktablarda qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |