Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2019-yil, 4-son 
149 
UDK-891.709 
AJDODLARIMIZNING TA’LIM OLISH USULLARI
HAMISHA ZAMONAVIY VA IBRATLIDIR 
 
S. Sultonsaidova 
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
 
Hayot shunday tilsimli olamki, unda yuz berayotgan voqea-hodisalar zanjirli bog‘lanishda 
bo‘lib, doimo biri ikkinchisining davomidir, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Mabodo, ulardan biri 
yuzaga chiqa olmay qolsa, u vaqt poylaydi, vaqti-soati kelganda, albatta, yuzaga qalqib chiqadi. 
Madrasalar haqidagi bilim va ma’lumotlarning yuzaga chiqish vaqti kelganki, Mahkamoy Tursunova 
tomonidan yaratilgan “Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari” nomli monografiyada 
o‘zining mavjudligidan xabar berib turibdi. 
M.Tursunova bu borada qilingan tadqiqotlardan so‘ng hali ochilishi zarur bo‘lgan qirralarni 
aniqlab, jamoatchilikka taqdim qilmoqda. Monografiya bilan tanishar ekanmiz, uning naqadar xolis va 
har tomonlama ilmiy-tahliliy xususiyatga ega ekanligini anglaymiz. Muallifning o‘zi ham shunday 
deydi: “ Kitobga kiritilgan ayrim ma’lumotlar ta’lim tizimi tarixida kam o‘rganilgan bo‘lib, ularga 
alohida e’tibor qaratildi hamda ular daliliy misollar bilan boyitildi.” Bu fikr monografiyaning butun 
mazmunidan va tizimidan ufurib turadi.
Monografiya to‘rt qismdan ibrat bo‘lib, birinchi qism “Madrasalar ta’limi va adabiyot sabog‘i” 
mavzusiga bag‘ishlangan. Unda madrasalarda o‘qitiladigan adabiyotga u yoki bu darajada aloqasi 
bo‘lgan sohalarga ham to‘xtalib o‘tiladi. Masalan, sharh, maqomat, hadislar haqida “Sharqda keng 
tarqalgan maqomatlar... necha asrlardan buyon yoshlarni tarbiyalashda muhim darslik vazifasini 
bajargan... Maqomat,- deb izoh beradi u,- aslida arabcha so‘z bo‘lib, daraja, joy ma’nosini bildirsa, 
asosiy ma’nosi ko‘pchilik oldida aytiladigan naql-u rivoyat, hikoyat ma’nolarini anglatadi”. Olima har 
bir fikrini nihoyatda ko‘p ilmiy asarlardan olingan faktlar bilan isbotlaydi. Birgina maqomat 
tushunchasi haqida yaratilgan asarlar haqida 24-25 betlarda Sharqda shu sohada ijod qilgan bir necha 
allomalar va ularning asarlariga ilova beradi va ularning madrasada o‘qitilish xususiyatini hamda 
ahamiyatini aytib o‘tadi. Xususan, u Sa’diy Sheroziyning ijodi “hikmatlar xazinasi” deb nom 
olganligining sababi sifatida uning Sharqning mashhur madrasalaridan biri “Nizomiya”da tahsil 
olganligini va u yerni tugatgach, taniqli va mashhur bo‘lib ketganligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham har 
bir odamning ma’naviy va ilmiy saviyasi qanday odamlar davrasida yashashi va kimlar bilan 
muloqotda bo‘lishiga bog‘liq. Odatda, o‘simlik hamisha yorug‘lik va quyoshga qarab bo‘y cho‘zadi. 
Shu kabi odamlar ham donishmand va ijodkorlar davrasida ularga qarab o‘zlarini rivojlantirishga 
harakat qiladilar. Shuning uchun har bir davlat o‘z hududida shunday odamlarni qadrlagan. Buning 
isboti sifatida Sa’diy Sheroziyning ushbu misralari e’tiborlidir... 
Nizomiyada maoshim bor edi 
Tun-u kun ishim dars-u takror edi 
M.Tursunova qanday fikrni aytmasin, uning sababiga to‘xtaladi. Albatta, bu uning topilmasi 
bo‘lib, muallifning bu masalani chuqur va har tomonlama o‘rganganligini ko‘rsatadi. Masalan, 
Abdulqodir Bedil ijodidagi hamma xususiyatlarni sanar ekan, ularning sababini ham ko‘rsatib o‘tadi. 
Xususan, u bunday deydi:”...uning tili go‘zal, satrlari teran (ma’noli.-S.S),so‘zlari chuqur ma’noli, 
badiiy san’at usullaridan o‘rni bilan keng foydalanganligi va boshqa o‘ziga xos jihatlaridir”. Shu bois 
shoir “Abu-l-ma’niy, ya’ni “ma’nolar otasi”nomiga sazovor bo‘ldi va h.o‘(27-b). Bu fikrlar 
ifodalangan jumlalarning davomi bilan tanishar ekanmiz, muallifning, bir tomondan, sharhlashga 
tanlab olgan misollarining betakrorligi, ikkinchi tomondan, madrasada o‘qitiladigan adabiyot 
manzaralari, uchinchi tomondan, ijod qilgan shaxslarning qanday xususiyatlarga ega bo‘lganligi va 
ularning asarlari haqida to‘liq, qiziqarli ma’lumotlar namoyon bo‘ladi.. 
M.Tursunova o‘z kuzatishlari natijasida bilgan rivoyatlarni va qiziq-qiziq hangomalarni 
monografiyasiga shunday joylashtiradiki, ular uzukka ko‘z qo‘ygandek o‘z o‘rnini topadi. Masalan, u 
Bedil ijodini tasvirlayotganda, shunday rivoyat keltiradi: ”Bedilxonlik davralarining birida bir 
she’riyat muxlisi Bedil qalamiga mansub bir misraning 99 ta ma’nosini sharhlab bergan...Ammo 
jamoani lol qoldirgan 99 ma’no misraning asl mazmuni hisoblanmagan. Muxlisning tushiga Bedil 
kirib, uning yuzinchi–asl ma’nosini aytib bergan ekan.” Sirtdan qaralganda,bu –rivoyat.Ammo uning 
zamiriga nazar solinsa, bu rivoyat haqiqatga juda yaqindir. Endi tasavvur qilaylik: mana shunday asl 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish