Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2019-yil, 4-son 
150 
ma’noni topish uchun ...Sharq she’riyatini tushunish, qavat-qavat timsol-u tashbehlarga o‘ralgan 
fikrlarning mag‘zini chaqish uchun alohida nazariy tayyorgarlik talab qilinadi...”,chunki shoirlar 
ijodiga xos badiiy mantiq, sirli dunyoning sirlarini idrok qilish olam ajoyibotlarini anglashni 
o‘rgatadi.ho‘(29-b). Ma’lum bo‘ladiki, bunday sirlarni ochish uchun talaba matnni qayta-qayta 
o‘qishga, izlanishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, she’riyatning go‘zal namunalariga bastalangan kuyni 
tinglab, g‘azal ma’nosini yanada chuqurroq anglash imkoniyati yaratilgan. Shu bilan bir qatorda 
adabiy merosni o‘rganish ham lozim bo‘lgan. Xullas, ko‘rinadiki, ajdodlarimiz har tomonlama 
kamolga yetgan mutaxassislarni yetishtirishga katta e’tibor berishgan va bunda madrasalarning roli 
beqiyos bo‘lgan. 
“Madrasalarda sharhlab o‘qish usuli” kitobning ikkinchi qismi bo‘lib, unda M.Tursunova 
madrasalarda o‘qish jarayonining bosqichlari, qachon sharhlab o‘qishga o‘tish mumkinligi haqida 
ma’lumot beradi. Ilm toliblari savod chiqarishgach, “Haftiyak”ka o‘tishadi. So‘ngra “Chor kitob”ni 
o‘zlashtirishadi. Bunda yodlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishadi va “Qur’on”tahsiliga o‘tishadi. Muallif 
qaysi fandan keyin nima o‘qitilishi haqida ham to‘xtalib, zamonaviy maktablarimizda adabiyot 
o‘qitilishi bosqichlariga ijodiy yondashish kerakligiga ishora qiladi. Albatta, “Qur’on” tafsiriga 
Mahmud Zamaxshariy, at-Termiziy, al-Buxoriy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy 
kabi benazir ijodkorlarning hissalari katta bo‘lganligini ta’kidlab, ulardan so‘ng “Qur’on”ni sharhlash 
ustalarini sanab o‘tadi. Jumladan, Shayx Sa’diy Sheroziy, Farididdin Attor, Alisher Navoiyning 
sharhlash mahoratini ko‘rsatuvchi misollar keltiradi. Shuningdek, Alisher Navoiy Farididdin Attorning 
“Mantiq-ut- tayr” dostonidagi misralar haqida aytgan fikrini keltirib, bu doston misralarini sharhlash 
naqadar zavqli ekanini, inson ilmiga ilm qo‘shishini ko‘rsatadi: 
Zavqi ko‘p xushhol etar erdi meni. 
Sharhi oning lol etar erdi meni.
Ayniqsa, dostondagi yettinchi vodiy – “Fano” haqida “sharhini tilasang, yuz risola bo‘lg‘usidir,”- deb 
yozgan ekanligini ta’kidlaydi olima.
Haqiqatan ham shunday zukko shoir, olim, fozil-u fuzalolarning sharh berish usullari bilan 
tanishgach, madrasa ilm toliblari qanday mutaxasis bo‘lganlarini tasavvur qilish qiyin emas. 
M.Tursunova sharh berishning xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi:
1.
Ma’lum bir matnning kelib chiqish tarixini o‘rganish. 
2.
Uning qaysi sohaga mansub ekanligiga e’tibor berish. 
3.
Muayyan matnning shu sohaga oid manbalar tarixidagi o‘rni. 
4.
Matnda tilga olingan voqealar, dalillar va shaxslar haqidagi ma’lumotlar. 
5.
Sharhlovchining muallif ishora etgan ba’zi voqealar va dalillarini keltirish. 
6.
Muallif jur’at eta olmagan yoki lozim topmagan narsalarni talqin qilish (36-b). 
Yuqorida sanab o‘tilganlar yaxshi o‘zlashtirilsagina, sharhlovchilar u yoki bu matnni madrasa 
talabalariga to‘liq yetkazib berganlar va ularni ilm ahllari tan olganlar. 
M.Tursunova “Qur’on”ga sharh bergan allomalarning nomlarini bayon qilar ekan, sharh berish 
uchun lug‘atlar bo‘lishi shart eanligini aytadi va o‘sha vaqtlarda tuzilgan lug‘atlarning 45 tasi haqida 
Botirbek Hasanovning “Qo‘lyozmalar institutining qo‘lyozma lug‘atlari tasnifi” nomli maqolasiga 
to‘xtaladi. Unda bu lug‘at “mualliflari, tuzilishi, hajmi, lug‘at tuzilishiga sabab bo‘lgan omillar, 
homiylar haqida ma’lumot berilganligi”ni, shuningdek, u bu lug‘atlarning “madrasa mudarrislari va 
talabalari uchun zaruriy qo‘llanma vazifasini ham bajarganligini” ta’kidlagan (38-b.). Badiiy adabiyot 
sohasida Muhammad Hoksorning “Muntahab-ul lug‘at” asarini keltiradiki, uning muallifi o‘zidan 
oldin yaratilgan lug‘atlardan unumli foydalanganligi bilan boshqa lug‘atlardan farq qiladi.
Yana bir misol e’tiborni tortadi: Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” tazkirasida 
Asomiddin Ibrohimning “o‘ta darajada ilmli olimlardan edi” degan tavsifini va uning bir shoirning 
arab tilida yozgan ruboiysiga shomgacha bir risola yaratganini, “ruboiyning har bir misrasi bobida 650 
ma’no aytganlar” degan fikrni keltiradi. Olima ilmi sharh va ilmi g‘ariba usullarining “madrasalar 
ta’limida falsafiy-diniy, adabiy asarlar mazmunini sharhlashdagi o‘rni”ni belgilab beruvchi 12 ta 
xulosa chiqaradiki, bu M.Tursunovaning o‘ziga xos tadqiqot usulining mohiyatini namoyon qiladi. 
Monografiyaning 3-qismi “Ilmi tahlil, ilmi munozara usuli tarixi” deb ataladi. Bu qism 
nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bunda sharhlash usuli bilan namoyon qilingan so‘z qatlamlarini tahlil 
qilish, munozara yo‘li bilan matnda aytilmoqchi bo‘lgan ma’no aniqlanadi. Muallif shunday 
deydi:”Tahlil, munozara, birinchidan, talaba nutqini, ya’ni fasohatini oshirsa, ikkinchidan, matnda 
ko‘tarilgan muammoni chuqur idrok etish ko‘nikmasini hosil qiladi.”



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish