Galereya
– togʻ yonbagʻridagi yoʻl ustiga temir-beton plitalardan ayvon koʻrinishda qurilib,
transport oqimini koʻchkidan himoya qilishga moʻljallangan muhandislik inshooti.
Boshmoq
– yer yuzasining nisbiy balandligini oʻlchash uchun qoʻllanadigan, poʻlatdan teng
tomonli uchburchak yoki dumaloq shaklda yasalgan, 3-5 mm qalinlik va igna uzunligidagi uchli temir
oyoqlarga ega boʻlgan, oʻrtacha kattalikdagi chelakning tag qismiga toʻgʻri keladigan (hajm) jihoz.
Soʻzlarni izohlashda ularning ma’nodoshlariga ishora qilish usulidan foydalanilmadi.
Termin ma’nolarini berish uchun illyustrativ misollardan foydalanmadik.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi
natijasida oʻzbek tilida ish yuritish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni davlat tilida olib borish uchun barcha
imkoniyatlar yaratildi. Bu esa lugʻatshunoslar va tilshunoslar, shuningdek, turli soha mutaxassislari
zimmasiga ulkan mas’uliyat yukladi.
Sobiq tuzum davrida sohaviy terminologiyani shakllantirish boʻyicha katta ishlar amalga
oshirilgani holda, koʻpgina sohalarda milliy terminologiya shakllanmay qoldi deyish mumkin. Bu
milliy tillarning funksional doirasi torligi bilan belgilanadi. Avtoyoʻlsozlik sohasi ham oʻz milliy
terminologiyasi shakllanmagan ilmiy-ta’limiy va ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor sohalaridan biri yoʻl va yoʻl-
kommunikasiya tizimidir. Shu boisdan bu sohani rivojlantirish, unga doir ta’limiy, ilmiy va ishlab
chiqarishni oʻstirish soha tilini, sohaviy terminologiyani ham taraqqiy ettirishni koʻzda tutadi.
Oʻzbek tilining avtoyoʻl va avtoyoʻlsozlik sohasi boʻyicha maxsus terminologik lugʻat
yaratilmagan. Bu esa soha leksikasini mukammal oʻrganib chiqish, terminologik tizimning ichki
strukturasini aniqlash, mavzuviy va ma’noviy guruhlarini oydinlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbek tilining avtoyoʻlsozlik terminlari turli tipdagi izohli lugʻatini tuzishda terminlarning
ushbu sohaga daxldorlik darajasi inobatga olinishi zarur.
Avtoyoʻlsozlik terminlari izohli lugʻatidan leksema, soʻzshakl va birikma holidagi terminlar
oʻrin oladi va ular anglatadigan tushunchalari asosida bir leksema-terminga tenglashtirilgan holda
izohlanadi.
Izohli lugʻatni tuzishda oʻzbek tilining leksikografik an’analariga tayaniladi. Bosh soʻz, soʻzlik
va lugʻat maqolasini shakllantirishda, oʻzbek tilining izohli lugʻatini tuzuvchilari koʻrsatmalariga
tayaniladi.
Lugʻat maqolasining izoh qismining semantik strukturasi “xususiylik-umumiylik”, jins-tur”
tamoyillari asosida tashkil topadi.
Avtoyoʻlsozlik Oʻzbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor sohasi sifatida keng rivojlanmoqda.
Ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar tatbiq qilinib, zamonaviy texnik vositalar keng jalb
qilinmoqda. Yoʻlsozlik jahon andozalari asosida taraqqiy etib, bu soha texnik ilmiy sohaning alohida
yoʻnalishi sifatida jadal rivojlanmoqda. Fan va ishlab chiqarish uygʻunligi tamoyili asosida taraqqiy
etayotgan soha istiqlol yillarida sifat jihatdan yuqori darajaga koʻtarilishi natijasida uning
terminosistemasida ham ulkan oʻzgarishlar yuz berdi. Istiqlolgacha sohada fan va ishlab chiqarish
asosan rus tilida olib borilganligi sababli oʻzbek tilining ichki mikrosistemalaridan boʻlgan
avtoyoʻlsozlik terminologiyasi qatlami rivojlanmasdan qolmoqda edi. Oʻzbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi natijasida bu sohada ham ish yuritish, oʻrta maxsus va oliy ta’lim tizimida
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi ham tubdan isloh qilinib, ta’lim toʻla ma’noda
oʻzbek tilida amalga oshirila boshladi. Bu esa soha terminologik tizimiga mansub til birliklarini koʻrib
chiqish, termin yasash, termin oʻzlashtirish, umuman olganda, terminizasiya jarayonini
takomillashtirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, bu borada ruscha-oʻzbekcha
avtoyoʻlsozlik terminlari lugʻatining yaratilishi quvonarli holdir. Shu bilan birgalikda, oʻzbek tilidagi
koʻplab boshqa terminosistemalarning mavjud birliklari avtoyoʻlsozlik terminosistemasida
“avtoyoʻlga xos” semasi bilan oʻrin egallagan boʻlsa, umumnutqdagi umumiste’mol tabiatli talay soʻz
va soʻz birikmalari ham terminologik mohiyat kasb etdi. Biroq soha terminologiyasida koʻplab
Do'stlaringiz bilan baham: |