ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA
2017-yil, 4-son
80
muammolar ham mavjud boʻlib, bu termin ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirish,
rivojlantirish zarurligini dolzarb masalalardan biri sifatida kun tartibiga qoʻymoqda.
1.
Oʻzbek tilining avtoyoʻlsozlik terminologiyasi alohida mikrotizim sifatida til
sistemasidan oʻrin egallab, undagi barcha terminlar bevosita yoki bilvosita “avtoyoʻlga xos”
birlashtiruvchi semasi asosida birlashadi. Bu sema muayyan termin semantik strukturasida yetakchi
boʻlishi ham, ikkinchi darajali boʻlishi ham mumkin. “Oʻzbek tilining avtoyoʻlsozlik terminlari”
mavzuviy maydoni, oʻz oʻrnida, ichki mavzuviy guruhlarga boʻlinadi. Har bir mavzuviy guruh oʻz
oʻrnida ichki lugʻaviy-ma’noviy guruhlarga boʻlinib ketadi.
2.
Avtoyoʻlsozlik terminlari boshqa soha terminlari kabi formal-struktur belgilarining
oʻziga xosligi bilan umumiste’mol atov birliklaridan jiddiy farqlanadi. Soha terminlari strukturasiga
koʻra sodda, qoʻshma, juft, birikma terminlarga, birikma terminlar esa ikki, uch, toʻrt va besh uzvli
birikma terminlarga boʻlinadi. Umumnutqda tushuncha asosan yaxlitlangan leksema, frazema, va
ayrim hollardagina, erkin birikmalar bilan ifodalansa, avtoyoʻlsozlik sohasida leksema-terminlar
miqdori birikma-terminlar miqdoridan ancha kamligi bilan xarakterlanadi. Birikma terminlarda
shakliy-ma’noviy nomuvofiqlik mavjud. Birikma terminlarning shakliy tomonida erkin birikmalik
belgilari ustuvorlik qilsa va ularni ayrim sintaktik xususiyatlar koʻrsatib tursa, ma’noviy tomonidan
yaxlitlik, turgʻunlik belgilari ustuvorligini koʻrish mumkin.
3.
Terminlarning shakl va ma’no munosbatiga koʻra munosabati oʻta murakkabligi bilan
xarakterlanadi. Bu terminlarning stixiyali ravishda vujudga keladigan va iste’molga kiradigan
soʻzlardan farqli ravishda ongli ravishda ishlab chiqilishi, ijtimoiylikdan farqli ravishda alohida
shaxslar ijodi mahsuli ekanligi, mutaxassislarning oʻz tadqiq obyektlarini nomlashlarida hodisalarning
turli sohalardagi oʻxshashliklariga asoslanishlari muhim rol oʻynaydi. Bu esa universaliya, polisemiya,
polifunksionallik, omonimiya kabi hodisalarning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
4.
Terminologiyada universaliya, polisemiya, polifunksionallik va omonimiya hodisalari
koʻplab uchraydi. Terminlar tizimiga ushbu lingvistik hodisalar koʻzgusi orqali munosabatda boʻlish
terminshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradi. Ayrim terminlar bir necha sohada yuz beradigan
va amal qiladigan bir xil hodisalarni nomlaydi. Hodisalar birdan ortiq maxsus sohalar uchun universal
boʻlganligi sababli ularni ifodalovchi terminlar ham universallik tabiati bilan ajralib turadi.
5.
Polisemantik terminlar birdan ortiq sememaga ega boʻlib, ular bu sememalari bilan bir
sohada qoʻllanadi. Ushbu sememalar orasidagi semik zanjirlar mustahkamligi bilan xarakterlanadi.
Shu bilan birga, ayrim polisemantik umumiste’mol leksemalarning ba’zi sememalari terminologik
mohiyatga ega boʻladi. Bunday birliklarni leksema-terminlar deya atash mumkin. Polisemantik
terminlarning hosila sememalari, polisemantik umumiste’mol leksemalarning terminologik ma’nolari
metaforik, funksionimik asoslarda vujudga keladi.
6.
Avtoyoʻlsozlik terminlari sirasida ma’nolari ma’lum darajada uzoqlashgan
polifunksional atamalar ham uchraydi. Bunday terminlarning ma’nolari orasidagi aloqa polisemantik
terminlarning ma’nolari orasidagi aloqadan ma’lum darajada susayganligi va omonimlikka
intilayotganligi bilan xarakterlanadi.
7.
Oʻzbek tilining avtoyoʻl va avtoyoʻlsozlik sohasi boʻyicha maxsus terminologik lugʻat
yaratilmagan. Bu esa soha leksikasini mukammal oʻrganib chiqish, terminologik tizimning ichki
strukturasini aniqlash, mavzuviy va ma’noviy guruhlarini oydinlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbek tilining avtoyoʻlsozlik terminlari turli tipdagi izohli lugʻatini tuzishda terminlarning ushbu
sohaga daxldorlik darajasi inobatga olinishi zarur.
8.
Avtoyoʻlsozlik terminlari izohli lugʻatidan leksema, soʻzshakl va birikma holidagi
terminlar oʻrin oladi va ular anglatadigan tushunchalari asosida bir leksema-terminga tenglashtirilgan
holda izohlanadi. Izohli lugʻatni tuzishda oʻzbek tilining leksikografik an’analariga tayaniladi. Bosh
soʻz, soʻzlik va lugʻat maqolasini shakllantirishda, oʻzbek tilining izohli lugʻatini tuzuvchilari
koʻrsatmalariga tayaniladi. Lugʻat maqolasi izoh qismi semantik strukturasi “xususiylik-umumiylik”,
jins-tur” tamoyillari asosida tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |