Ключевые слова:
термин, словарь, автомагистраль, лексема, соединение,
соединительные термины, асфальт.
Jonli til jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida uning barcha xususiyatlarini oʻzida aks
ettiradi. Bu bilan u ijtimoiy ongning shakllanishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir koʻrsatadi – boshqacha
aytganda, uning muayyan holatini namoyon qilish bilan birga, oʻsishi, rivojlanishi va tinimsiz ravishda
yangilanib borishini ta’minlaydi. Tilning yaratuvchanlik qudrati ham ana shunda. Shu boisdan ijtimoiy
taraqqiyotning muhim burilish pallalarida – davr ijtimoiy ong oʻzgartirilishini taqozo qilayotgan bir
sharoitda tilga alohida e’tibor qaratiladi. Til islohotlar markazida turadi. Ayniqsa, xalqlarning
istiqlolga erishuvi, milliy davlatchilik asoslarining shakllanishida tilning mavqyei va maqomi
muammosi oʻta muhimligi va dolzarbligi bilan xarakterlanadi. Jamiyat rivojining ilgʻor
tendensiyalarini qay tarzda aks ettirishi, uning ijtimoiy talablarga javob berish imkoniyatlarini
roʻyobga chiqarish masalasi davlat va hukumat darajasida ahamiyat kasb etadi. Bu muammo bugungi
kunda ma’naviyat masalasi globallashgan yangi asrimizda oʻzining gʻoyat nozik va juda keng
qamrovli ekanligini koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
alohida ta’kidlaganidek, “istiqlol yillarida oʻzbek tilining qoʻllanish doirasi amalda nihoyatda
kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning oʻziga xos
xususiyatlariga bagʻishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, oʻquv qoʻllanmalari, yangi-yangi lugʻatlar
koʻplab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda. Ayniqsa, davlat
tilining xalqaro miqyosda faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani e’tiborlidir. Shu borada oʻzbek
tilining kompyuter, Internet, aniq fanlar, tibbiyot, iqtisodiyot kabi maxsus termin va tushunchalarini
talab qiladigan sohalarda ham keng qoʻllana boshlagani uning imkoniyatlari nechogʻliq katta ekanini
koʻrsatadi”. Koʻrinadiki, tilning qudrati va imkoniyati, davr ruhini oʻzida qay darajada ifodalay olishi
terminologik tizimining mustahkamligi, bu tizimda barqarorlik va oʻzgaruvchanlik dialektikasining
muvozanati kabi qator omillar bilan belgilanadiki, bu til vositalari majmuida terminologik qatlam
mukammalligi muammosini maxsus ilmiy tahlil va tadqiq qilishni bardavom zaruratga aylantiradi.
Oʻzbek tilshunosligida terminologik soha tadqiqi borasida juda keng qamrovli ishlar majmui
amalga oshirilgan. Ammo erishilgan milliy istiqlol va oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bu
boradagi ishlarni sifat jihatdan yangilash va rivojlantirishni dolzarb qilib qoʻymoqdaki, bu tilimiz
terminologik tizimi tadqiqining, terminshunoslikning oʻz-oʻzidan ustuvor ahamiyat kasb etishini
keltirib chiqarmoqda. Zero, “ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot
texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi oʻta muhim sohalarda ona tilimizning qoʻllanish doirasini
kengaytirish, etimologik va qiyosiy lugʻatlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va
kategoriyalarni ishlab chiqish, bir soʻz bilan aytganda, oʻzbek tilini ilmiy asosda har tomonlama
rivojlantirish milliy oʻzlikni, Vatan tuygʻusini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz».
Ma’lumki, yoʻllar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning qon tomirlari hisoblanadi. Yashash
sharoitining yaxshilanishi, hududlar va xalqaro aloqalarning negizida yoʻllar va ularning sifat darajasi
yotadi. Shu boisdan kommunikatsiya tizimida transport yoʻllarini qurish va sozlash har qanday davlat
uchun strategik ahamiyatga ega. Shu boisdan u xalq xoʻjaligining, shuningdek, texnika, avtoyoʻlsozlik
Do'stlaringiz bilan baham: |