ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA
2017-yil, 4-son
76
“Doʻndiqcha”, Molyerning “Zoʻraki tabib”, Voynichning “Soʻna”, Sholoxovning “Ochilgan qoʻriq”,
Gladkovning “Sement”, Ostrovskiyning “Poʻlat qanday toblandi” kabi asarlarni oʻzbek va fors tillariga
tarjima qilgan. U badiiy asarlar bilan bir qatorda tarix bilan bogʻliq boʻlgan Bartoldning “Turkiston
tarixi”, Karamzinning “Rossiya tarixi”, “Xitoy tarixi”, “Yevropa tarixi” kabi risolalarni ham oʻzbek va
tojik tillariga mahorat bilan oʻgirgan. Bu tarjimalarning bir qismi 1923-1936-yillarda Pokistonning
Lohur shahrida nashr qilingan.
Sayid Rizo Alizodaning yana bir ulkan xizmati shundaki, u Firdavsiy, Sa’diy, Nizomiy, Fuzuliy
va Navoiy kabi buyuk allomalarning shoh asarlaridan namunalarni rus tiliga tarjima qilgan.
Ming afsus va nadomatlar boʻlsinki, Sayid Rizo Alizoda Fitrat, Qodiriy, Choʻlpon, Usmon
Nosir kabi xalqimizning asl farzandlari qatorida 30-yillar qatagʻoni qurboni boʻlgan. Sayid Rizo
Alizoda 1945-yil Rossiyaning Vladimir shahri turmasida vafot etadi.
Sayid Rizo Alizodaning nabirasi tadqiqotchi Farhod Alizoda bobosining xokini Samarqandga
olib kelib dafn ettirdi. Hozir Samarqandda Farhod Alizoda tashkil etgan uy muzey faoliyat
koʻrsatmoqda. Muzeyda Sayid Rizo Alizodaning boy merosi, faoliyatiga oid koʻplab eksponatlar
saqlanmoqda. Samarqanddagi muzey joylashgan koʻcha va mahalla uning nomiga qoʻyilgan.
Maqolamizning nihoyasida Samarqandlik shoir Olqar Daminning Sayid Rizo Alizoda
tavalludining 110 yilligiga bagʻishlab yozgan she’ri bilan yakunlashni ma’qul koʻrdik.
Ma’rifat koʻkida chaqnagan yulduz,
Ilm deb tinmagan zot kecha-kunduz,
Uni ta’riflashga yetarmikan soʻz,
Bir emas, uch tilda “Alifbe” yozgan,
Yana oʻn uch tilda goʻzal she’r yozgan!
Choʻlpondek, Fitratdek fidoyi Inson
Umrini Ilmga aylagan qurbon,
Elning dilidagi eng ma’yus armon-
Shunday zot qadrini topmay oʻtsa-ya
Bol oʻrniga zahar-zaqqum yutsa-ya!
Yoʻq, tarix, yoʻq, yillar – eng oliy hakam,
Buyuk Sharq farzandi naqadar koʻrkam,
El-yurt deb yashagan hech boʻlmagan kam,
Eslang, Sayid Rizo Alizodani,
Dunyolarga ayting ul allomani!
Adabiyotlar
1. Gʻaybulla as-Salom. Uni “ogʻo” der edilar. Turkiston gazetasi 2-bet.1992 y. №63
2. B. Yoʻldoshev. Ma’rifatparvar pedagog va tilshunos. Ziyokor. 2012 y.10-17 betlar
3. F.Ali-Zade. Prosvetitelskaya deyatelnosti Said Rizo Ali Zade. Kosmonavtika i kultura.
Moskva. 2004.St.178-179.
4. S. Sokolov. Potomok Proroka Muxammada umer vo Vladimirskom sentrale.Irana-Slavika.
Yejekvartalniy nauchniy jurnal. Moskva. 2004.St. 26-27.
Do'stlaringiz bilan baham: |