ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 4-son
33
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda “axborot falsafasi” atamasi yaqinda paydo boʻlib, undan xitoylik
olim Lyu Gan oʻzining “Axborot falsafasi va boʻlgʻusi Xitoy fan va texnika falsafasi asoslari” nomli
maqolasida foydalangan. Unda “kiberfazoning paydo boʻlishi va kiberdavrning boshlanishi” bilan
birga paydo boʻlgan axborot falsafasini falsafiy tadqiqotlar sohasidagi yangi fan sifatida tan olish
taklif etiladi
[
11
]
. Umuman olganda muallif axborot falsafasining paydo boʻlishini oxirgi oʻn yillikda
oʻzini sezilarli darajada namoyish etayotgan jamiyat axborotlashuvi jarayonining rivojlanishi bilan
shartlaydi. Uning ta’kidlanicha, ushbu jarayonning oqibatlaridan biri falsafadagi - “kompyuter bilan
bogʻliq burilish” boʻldi, bunda jamiyatning keng miqyosli kompyuterlashtirilishidan kelib chiqishi
mumkin boʻlgan oqibatlarni falsafiy anglash boʻyicha urinishlar amalga oshirilmoqda. Bizning
nazarimizda ushbu nuqtai-nazar juda tor, shuning uchun unga qisman, ya’ni falsafiy tadqiqotlar
sohasida yangi fanning ajralib chiqishining maqsadga muvofiqligi masalasida qoʻshilish mumkin.
Ushbu fanning mazmuniga kelganda, bizning fikrimizga koʻra, u sezilarli darajada keng boʻlishi
lozim.
Darhaqiqat, axborot falsafasi ilmiy maktabi Xitoyda 30 yildan buyon mavjud boʻlib, uning
asoschisi va ilmiy peshqadami professor U.Kundir. Hozirda u Sian Jiaotong universiteti qoshida 2011-
yilda tashkil qilingan Axborot falsafasi xalqaro tadqiqot markaziga rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu
Markazning Xalqaro akademik kengashi tarkibiga Avstriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSH,
Rossiya va Fransiya olimlari kirgan. Markazning asosiy vazifalari maqsadli ilmiy-nashriyot faoliyati,
axborot falsafasi muammolari boʻyicha Internet tarmoqlarida munozaralar va xalqaro konferensiyalar
oʻtkazish yoʻli bilan turli mamlakatlar kuchlarini birlashtirishdan iborat
[
26
]
. Shunday
konferensiyalarning birinchisi Sianda 2013-yil oktabrda oʻtkazildi.
Ma’lumki, 1968-yilda A.D. Ursulning axborot tabiati boʻyicha birinchi monografiyasi bosilib
chiqqanda, “kiberfazo” (“kibermakon”) va “falsafada kompyuter bilan bogʻliq burilish” kabi
tushunchalar ilmiy jamoa oʻrtasida hali tarqalmagan edi. Shunga qaramasdan, oʻsha vaqtlarda
Rossiyada yangi ilmiy fan - axborot nazariyasining falsafiy jihatlari faol muhokama qilingan, bu fan
jadal rivojlana boshlagan va nafaqat texnik fanlarda, balki biologiya va lingvistikada keng foydalana
boshlangan edi. Yuqorida keltirilgan monografiyada A.D. Ursul axborot falsafasi muammolari
mazmunining keng tushunilishini rivojlantirdi va asoslab berdi. Uning nuqtai-nazariga koʻra
[
19
]
,
falsafaning ushbu yoʻnalishi yaqin kelajakda jamiyatning informatsion rivojlanishi jarayonining ilmiy
asosiga aylanishi kerak. Bunda u mazkur jarayonni ilmiy-texnik inqilobning yangi bosqichi sifatida
emas, balki sivilizatsiya rivojlanishining sifat jihatdan yangi, yanada yuqori darajaga – noosferaning
shakllanishiga oʻtishning boshlanishi deb bilgan. Ushbu strategik jihatdan muhim falsafiy gʻoya A.D.
Ursulning “Noosfera yoʻli. Tirik qolishi va sivilizatsiyaning barqaror rivojlanishi konsepsiyasi”
monografiyasida yetarli darajada batafsil asoslab berilgan. Bu asarda informatsion rivojlanish
insoniyatning keyingi evolyutsiyasida, har holda XXI asr davomida, ustunlik qilishi kerakligi
koʻrsatilgan
[
20
]
.
Axborot falsafasi tushunchasini ikki xil ma’noda, ya’ni keng ma’noda 1960-yillardan axborotni
umumiy muammosini oʻrganish bilan bogʻliq faoliyat sifatida (R.F.Abdeev, Yu.F.Abramov,
N.P.Vashekin, V.M.Glushkov, V.S.Gott, D.I.Dubrovskiy, V.S.Kogon, K.K.Kolin, V.V.Sanochkin,
E.P.Semenyuk, A.V.Sokolov, A.D.Ursul, D.S.Chernavskiy, A.I.Chyorniy, Yu.A.Shreyder va
boshqalar), tor ma’noda 1996-yildan boshlab falsafiy bilimlarda mustaqil soha (M.N.Sherbinin,
A.V.Nesterov, S.M.Olenev, L.V.Skvorsov, V.I.Kashirin, O.V.Kashirina, K.K.Kolin, A.V.Sokolov,
G.V.Xlebnikov, Yu.Yu.Chyorniy va boshqalar) sifatida tushunish mumkin.
A.V.Sokolov oʻz tadqiqotlarida axborot falsafasining ikki xil: pozitiv va metafizik jihatlarini
koʻrsatib beradi. Uning fikricha, “metafizik axborot falsafasining vazifasi asl mohiyatini ochib berish,
ya’ni semantik axborot, uni borliq bilan tushunish (ontologiyasi), uni tabiati (epistemologiyasi)
qadriyati (aksiologiyasi) metodologik prinsiplarga asoslangan”
[
17, B.299
]
. Demak, axborot
falsafasining metafizik jihatlarining tuzilishi quyidagilardan iborat: axborot epistemologiyasi
(gnoseologiyasi), axborot ontologiyasi, axborotli yondashuv metodologiyasi, axborot aksiologiyasi,
inson va axborot (antropologiya falsafasi), axborot fenomenologiyasi (turli fenomenlar mohiyati)
hamda axborot etikasi.
Darhaqiqat, bugungi kunda axborot falsafasi predmeti oxirigacha aniqlanmagan. Rossiya
axborot falsafasining oʻziga xosligi shundaki, u bir tomondan axborotning ontologik va gnoseologik
muammolariga, boshqa tomondan axborotning antropologiya va etikasiga oid qiziqishlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |