Õzbek filologiyasi fakulteti 404 -guruh talabasi Safoyeva Shodiya qiyosiy adabiyotshunoslik fanidan 1-Seminar mashg’ulot



Download 13,92 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi13,92 Kb.
#89548
  1   2
Bog'liq
1-S.M qiyosiy adabiyotshunoslik

Õzbek filologiyasi fakulteti 404 -guruh talabasi Safoyeva Shodiya

QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK fanidan 1-Seminar mashg’ulot



D.Quronov, B.Rahmonovlarining “Sharq va G’arb badiiy tafakkuri tarixi”, J.Eshonqulning “Mif va badiiy tafakkur”monografiyasi asosida yunon va hind miflari mohiyatini yoritish.

SAVOLLAR:

1.Antik davr adabiy-tanqidiy tafakkurida Aristotel va Platonning adabiyot haqidagi fikr-mulohazalarining qiyosiy tahlili.

2.Aristotel ta’limotida shakl va mazmun birligi,xarakterning talqin qilinishi.

3.J.Eshonqulning “Mif va badiiy tafakkur”monografiyasi asosida yunon va hind miflari mohiyatini yoritish.

O'zgarish, xususan jamiyat tafakkurining o'zgarishi o'sha davr adabiyotida tadrijiy namoyon bo'lib boradi. Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniyat-larining bir-biridan farqlanib turadigan jihati mavjud bo`lib, Sharq Uyg`onish davrida asosiy e‘tibor inson ma‘naviyatini yuksaltirish-ga, uning ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`lsa, G`arb Uyg`onish davrida inson moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish alohida vazifa qilib qo`yilgan. Agar Sharq va G`arb ma‘naviyatiga e‘tibor berilsa, Sharqda ma‘naviy barkamol insonni shakllantirishga e‘tibor berilganligini, kishilar o`rtasidagi munosa-batlar ahloqiy barkamollikka, diyonatlilik asosiga qurilganligini ko`rish mumkin. G`arb madaniyatida esa asosiy e‘tibor kishining moddiy jihatdan ta‘minlanganligiga qaratiladi. Shu boisdan ham G`arbda ko`proq moddiy manfaat ustunlik qiladi. Va bu badiiy tafakkurga ham ta'sir etadi.

1.Antik davr adabiyotini biz Aristotel va Platon asarlarisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Ularning adabiy-tanqidiy tafakkurida adabiyot haqidagi fikr-mulohazalarini o’rganishimiz davomida ko’p bilimlarga ega bo’lamiz. Qadimgi Gretsiyadagi estetik qarashlarning muayyan tizimga solinishi ko'p jihatdan buyuk faylasuflar — Platon va Aristotel` nomlari bilan bog'liqdir.

Platon o'zining dialog shaklidagi asarlarida san'at va adabiyot bilan bog'liq qator muhim masalalarni o'rtaga qo'yadi. Jumladan, “Davlat” nomli asaridaG'arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklarfaylasuf ideal davlat fuqarosini tarbiyalash masalasini muhokama etarkan, bunda so'z san'atidan qay yo'sin foydalanish borasida yo'riqlar beradi. Uning fikricha, tarbiyada ikki jihatni birlikda olib borish lozim: tana uchun “gimnastik tarbiya”, qalb uchun “musik tarbiya” (hozirdagi “estetik tarbiya” - mual.) amalga oshirilishi kerak. Faylasuf “musik tarbiya”da so'z san'ati asosiy o'rin tutishini ta'kidlaydi. Platonning fikricha, “musik tarbiya gimnastik tarbiyadan avval boshlanadi”, chunki “murg'ak bolalarga avvalo miflar so'zlab beriladi”. Platon bolalarga duch kelgan miflarni emas, saylab olingan miflarni hikoya qilish lozim deb biladi. Uning fikricha, “muvaffaqiyatsiz to'qima” asosiga qurilgan, xudolar yoki qahramonlarga nomaqbul sifatlar berilgan miflar — yolg'on, ularni o'qitish esa nojoizdir. Platon xayolida qurilayotgan ideal davlatda “Kimki xudolar haqida nomaqbul gaplar aytsa, ... unga xor berilmaydi (ya'ni, asarlari ijro qilinmaydi – mual.), o'qituvchilarning yoshlar tarbiyasida bunday asarlardan foydalanishlariga yo'l qo'yilmaydi”. Platon xayolidagi davlat asoschisifatida aytadiki: “Asoschilarga mif yaratish lozim emas — ular poetik ijodning asosiybelgilari qanday bo'lishi kerakligini bilsa va ulardan chekinishga yo'l qo'ymasa kifoya”. Ko'rib turganimizdek, faylasuf xayolidagi ideal davlatda adabiyot davlat manfaatlariga to'la bo'ysundiriladi, adabiyotning g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy me'yorlari qat'iy belgilab qo'yiladi.

Platon adabiyot inson ruhiyatiga, ayniqsa, shakllanayotgan shaxs ruhiyatiga kuchli ta'sir qiladi deb biladi. Shu sabab ham, uningcha, Aid saltanati (narigi dunyo – mual.) dahshatlari tasvirlangan miflar bunga ishongan kishilarning o'limdan qo'rqmaydigan jangchi bo'lib yetishishiga halal beradi. Shunga ko'ra, bunday sahnalari bo'lgan miflarni «hikoya qilishga jazm etuvchilardan Aidda neki bo'lsa barini birdek qoralayvermaslikni, aksincha, maqtashlarini talab qilishimiz lozim: axir, ular bu nav qoralashlarida haq emaslar, boz ustiga,G'arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklaribu bo'lg'uvsi jangchilar uchun foydali ham emas».

Platon san'at narsaning mohiyatiga yetish, haqiqatni bilish imkonidan mahrum, chunki u narsaning o'ziga emas, u haqdagi tasavvur — narsaning soyasiga taqlid qiladi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, faylasuf fikricha eng yomoni ham shu, taqlidiy poeziya hayotdagi yuksak narsalar bilan bir qatorda tuban narsalarni ham aks ettirishi mumkinki, keyingi hol tufayli “hatto haqiqiy insonlarning ma'naviyatiga ham putur yetkazadi”. Xo'sh, qanday qilib?

Platon o'qish (tinglash, tomosha qilish) davomida kishi qahramonlarga hamdard bo'lishi, ularga “poetik taqlid qilishi”ni, xuddi shu jarayonda uning dilida ham ayni damda qahramonlarda kechayotgan ehtiros va mayllar uyg'onishini aytadi. Holbuki, boshqa sharoitda bu ehtiros va mayllar aql tomonidan so'ndirib kelinadi, taqlidiy poeziya esa ularni uyg'otadi, “sug'oradi”. Shulardan kelib chiqib Platon shogirdi Glavkonga “Gomerni ulug'lab, bu shoir Elladani tarbiyalagan” deguvchilarga yon berishni tayinlaydi, ayni paytda, “bizning davlatimizga poeziya faqat xudolarga madhiya va ezgu kishilarga maqtov bo'lgani uchungina kiritiladi” deb uqtiradi.

Ko'ramizki, Platon ta'limotida, xususan, uning tasavvuridagi ideal davlatda san'at va adabiyotga ikkinchi darajali rol` ajratiladi, unga bir vosita sifatidagina qaraladi. Bu, albatta, bejiz emas. Avvalo shuki, Platonning ijodiy faoliyati qadimgi Gretsiya davlatchiligi — “polis demokratiyasi” inqirozga yuz tutgan davrga to'g'ri keladi. Shunday ekan, faylasufning ideal davlat haqida maxsus asar yaratishga qo'l urishi shaxsiylangan ijtimoiy zarurat natijasi deb qaralishi mumkin. Tabiiyki, davlatchilikdagi inqiroz jamiyat a'zolarining ma'naviy-axloqiy qiyofasida ham jiddiy o'zgarishlar yasaydi, yana ham aniqrog'i, bu ikkisida inqiroz bir-biriga uzviy bog'liq holda, biri ikkinchisini taqozo etgan va keltirib chiqargan holda kechgan.Bunday sharoitda, birinchidan, Platonning ideal davlatdagi tarbiya masalasiga ayricha e'tibor qilishi, ikkinchidan, ilgarigi qadriyatlarga tanqidiy G'arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklarmunosabatda bo'lishi (masalan, Gomer ijodi va uning ahamiyati masalasida) ham tabiiy va zaruriydir.

Platonning adabiy-estetik qarashlari uning boshqa muammolarga bag'ishlangan asarlarida o'z ifodasini topgan. Tabiiyki, bu holda san'at va adabiyot masalalari asosiy muammo nuqtai nazaridan qo'yiladi, yoritiladi va baholanadi. Masalan, poeziyaning mohiyati, taqlid qilish yoki ifoda usullari masalalariga to'xtalishdan ko'zlangan maqsad — uning davlat tizimidagi o'rni, ahamiyati haqidagi yuqoridagicha qarashlarini asoslash. Zero, shogirdlar bilan suhbat yo'sinida qurilgan asarda “tom ustiga tom bosib” borish, har jihatdan asoslab tushuntirishga intilish ham tabiiy. Shu yo'ldan borgan faylasuf adabiyotshunoslik uchun muhim ko'plab masalalarni muhokama qiladi, qimmatli fikrlarni bayon qiladi. Uning adabiy turlar masalasidagi qarashlari, hech shubhasiz, shunday fikrlar sirasiga kiradi.

Birinchi bo'lib adabiyotni turlarga ajratgan Platon tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. Unga ko'ra, “shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o'tmish, yo hozir va yo kelajak haqidagi hikoya” bo'ladi. Hikoya qilish esa “yo oddiy rivoya, yo taqlid qilish vositasida va yo ikkisining birligi asosida amalga oshishi mumkin. Shu o'rinda Platon “taqlid qilish” deganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish foydadan holi emas. Platon shoir yoki roviy o'zganing tilidan aytgan nutqni — personajlar nutqini taqlid qilish deb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy “o'z nutqini o'sha personaj nutqiga imkon qadar o'xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid qiladi. Shulardan kelib chiqqan holda Platon aytadiki, “poeziya va mifnavislikning bir turi to'laligicha taqliddan tarkib topadi — bu, sen aytgandek, tragediya va komediya; boshqa turi to'laligicha shoirning aytganlaridan iborat — buni ko'proq difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko'plab xillarda bu ikkala usul” qorishiq holda keladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda uchta adabiy tur— drama, poeziya va eposga xos xususiyatlar farqlanadi.Platonning qarashlari, garchi u san'at va adabiyotga oid maxsus asar yaratmagan esa-da, adabiy-estetik tafakkur rivojiga sezilarli hissa bo'lib qo'shildi. Platon adabiyotga ma'naviy-axloqiy me'yorlar nuqtai nazaridan yondashdi, shu mavqedan o'zigacha yaratilgan boy adabiy manbani tanqidiy o'rgandi, adabiyotning mohiyati va vazifalari, badiiy shakl va mazmun, badiiy asarni qabul qilish jarayoni, uning inson ongi va ruhiga ta'siri kabi qator muhim muammolar yuzasidan qimmatli fikrlarni bayon qildi. Uning falsafiy, adabiy-estetik qarashlari keyingi davrlar adabiyotshunosligida muhim manba bo'lib xizmat qildi: ayrimlar uning fikrlarini rivojlantirib, boshqalari muxolif mavqeda turib adabiy tanqidiy tafakkurni boyitdi.

Platonning shogirdi Aristotelning (mil.av.384-322 yy.) adabiyot, san'at haqidagi qarashlari adabiy tanqidiy tafakkur taraqqiyotida katta ahamiyatga egadir. Uning “Poetika” asari antik davrlardan bizgacha yetib kelgan so'z san'ati haqidagi ilk maxsus tadqiqot sanaladi. Shuni ham aytish kerakki, faylasufning adabiy-estetik qarashlari birgina “Poetika”da emas, boshqa masalalarga bag'ishlangan asarlarida ham o'z aksini topgan. Jumladan, “Etika” asarida Aristotel` san'atning mohiyati masalasiga to'xtaladi. Faylasuf san'atning ijodiy tabiati, uning har vaqt “yaratish” tushunchasi bilan bog'liqligini ta'kidlaydi. San'atni “muzalar uyg'otgan ilhom natijasi” deb bilgan ustozi Platondan farqli o'laroq, Aristotel` uni “ong tomonidan boshqariladigan ijodiy qobiliyat” mahsuli deb ta'riflaydi. Shu tariqa uning estetik ta'limotida inson markazga qo'yiladi, unga ko'ra, san'atning ibtidosi uning yaratuvchisi — san'atkorning o'zidadir. Faylasufning fikriga ko'ra, san'atda ijodiy qobiliyatning muhim elementi — badiiy fantaziya, badiiy to'qima muhim o'rin tutadi, shunga ko'ra, “ongli ravishda adashadigan” (ya'ni, fantaziya, to'qimaga yo'l qo'ygan) san'atkor qadrliroq sanaladi.

Aristotel` ta'limotida “san'atkor”, “san'at”, “san'at asari” tushunchalari bir-biriga uzviy bog'liq holda talqin qilinadi. Masalan, u san'atda mukammallikka erishmoqni mahorat derkan, san'at asarining mukammaligi mahorat bilan bog'liqligini ta'kidlaydi. Platon singari, Aristotel` ham adabiyot va san'atning tarbiyaviy ahamiyati kattaligini e'tirof etadi, shu bois ham o'zining davlat haqidagi ta'limoti jamlangan “Siyosat” asarida bu masalaga maxsus to'xtaladi.

Aristotelning “Poetika”si so'z san'atiga bag'ishlangan maxsus tadqiqot ekanligi, unda faylasufning adabiy-estetik qarashlari muayyan tizim holida ancha to'liq ifodasini topganligi bilan qimmatlidir. Afsuski, asar matni to'la emas: poeziyaning tabiati haqidagi umumiy mulohazalar bildirilgan va, asosan, tragediya janri tadqiq qilingan dastlabki qismigina bizgacha yetib kelgan; epos, lirika va komediyaga bag'ishlangan keyingi qismlari saqlangan emas.

Aristotel` ham, Platon singari, san'atning mohiyatini belgilovchi xususiyat sifatida taqlid(mimesis)ni ko'rsatadi. Biroq, ustozidan farqli o'laroq, Aristotel` taqlidga juda katta ahamiyatga molik narsa sifatida qaraydi. Agar Platon taqlidiy san'atlar, jumladan, so'z san'ati haqiqatni bilish imkoniyatidan mahrum deb hisoblasa, Aristotel` taqlidni bilishning usullaridan biri sifatida tushunadi: “Ko'rinadiki, poeziyani ikkita omil vujudga keltirgan, bu ikki omil ham tabiiy. Axir insonlarda taqlid qilish — bolalikdan tug'ma xususiyat, ular boshqa mavjudotlardan shunisi bilan farqlanadi, zero, inson taqlid qilishga boshqalardan ko'ra ko'proq qobil va shu yo'l bilan u dastlabki bilimlarni hosil qiladi”. Aristotel` fikrini davom ettirib, juda qadim zamonlarda ham taqlid qilish iqtidoriga (shuningdek, ritm va uyg'unlik tuyg'usiga) ega kishilar bo'lganini, ular buni asta-sekin rivojlantirib, “improvizatsiyadan haqiqiy poeziyani” vujudga keltirganlarini aytadi. Bundan ko'rinadiki, o'z vaqtida Aristotel` so'z san'ati xalq og'zaki ijodidanfol`klorning sinkretik shakllaridan ajralib chiqqaniga ishora qilgan ekan.

Platon va Aristotelning turlarga ajratish printsiplari bir xildek ko'rinishi mumkin. Biroq, e'tibor qilinsa, Platon ko'proq nutq shakliga tayansa, Aristotel` taqlidchi va taqlid qilinayotgan ob'ekt munosabatiga tayangani ko'rinadi. Keyinroq Aristotel` qarashlari Gegel` ta'limotida rivojlantirilgani, hozirda ham adabiyotni turlarga ajratishda yuqoridagi ikki printsip, asosan, saqlangani e'tiborga olinsa, bu ikki faylasufning adabiy-estetik tafakkur taraqqiyotida nechog'li katta o'rin tutishi yorqinroq anglashiladi.


Download 13,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish