Platonning notiqlik haqidagi qarashlari Reja: - Platonning hayoti tarixi.
- Platonning taʻlimotlati.
- Platonning notiqlik haqidagi qarashlari.
Platonning tarjimai holi Aflotun yoki Platon (yun.: Πλάτων) (mil.av. 428/mil.av. 427 – mil. av. 348/mil. av. 347) qadimgi yunon faylasufi boʻlgan. Ustozi Suqrot va shogirdi Arastu bilan birgalikda Aflotun Gʻarb madaniyatini shakllantirdi. U, shuningdek matematik, yozuvchi hamda Afinadagi ilk akademiya asoschisi boʻlgan. Platonning tarjimai holi - PLATON (Platon) Afinalik, Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxminan 427.27.5 – Afina – 347) – yunon faylasufi, platonizm asoschisi. Suqrotning shogirdi. Suqrot unga "P." (keng yelkali, keng koʻkrakli degan maʼnoni beradi) deb nom qoʻygan. P. mashhur faylasuflar bilan yoshligidan muloqotda boʻlib, ulardan taʼlim oldi. Geraklit, Parmenid, Demokrit va boshqa faylasuflarning asarlarini oʻrgandi.
Platonning tarjimai holi Mil. av. 380 yillarda Afina yaqinidagi Akademiya nomli bir bogʻni sotib oladi (bu nom shu yerlik afsonaviy qahramon Akadem sharafiga berilgan) va bu bogʻda oʻzining Platon akademiyasi deb atalgan falsafiy maktabini tashkil etadi. Akademiya Afinada deyarli 1000-yil faoliyat koʻrsatadi. Unda Aristotel ham oʻqigan. Akademiyada faqat falsafadan emas, geom., astronomiya, geogr., zool. va botanikadan ham taʼlim berilar edi. Biroq siyosiy taʼlim markaziy oʻrinda edi. Taʼlim maʼruzalar, munozaralar va suhbatlarga asoslanardi. Har kuni gimnastika mashgʻulotlari oʻtkazilardi. Platon taʻlimotlari P. falsafasining asosiy mohiyati – "gʻoya" ("eydos")lar haqidagi taʼlimotida bayon etilgan. Uning fikricha, gʻoya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy oʻzgarish va taraqqiyot gʻoyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning inʼikosidir. Gʻoyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan aql egalari boʻladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi Platon taʻlimotlari P. gʻoyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qoʻyadi, chunki gʻoyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson gʻoyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi oʻrtasidagi zotdir. Uning ruhi gʻoyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam ikki olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigan narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. Platonning bilish nazariyasi uning gʻoyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish – anam-nesis, yaʼni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga boʻlgan muhabbat (eros) maʼnaviy yuksalishga undaydigan sababdir. Platonning notiqlik haqidagi qarashlari Platonning adabiy-estetik qarashlari uning boshqa muammolarga bag'ishlangan asarlarida o'z ifodasini topgan. Tabiiyki, bu holda san'at va adabiyot masalalari asosiy muammo nuqtai nazaridan qo'yiladi, yoritiladi va baholanadi. Masalan, poeziyaning mohiyati, taqlid qilish yoki ifoda usullari masalalariga to'xtalishdan ko'zlangan maqsad - uning davlat tizimidagi o'rni, ahamiyati haqidagi yuqoridagicha qarashlarini asoslash. Zero, shogirdlar bilan suhbat yo'sinida qurilgan asarda "tom ustiga tom bosib" borish, har jihatdan asoslab tushuntirishga intilish ham tabiiy. Shu yo'ldan borgan faylasuf adabiyotshunoslik uchun muhim ko'plab masalalarni muhokama qiladi, qimmatli fikrlarni bayon qiladi. Uning adabiy turlar masalasidagi qarashlari, hech shubhasiz, shunday fikrlar sirasiga kiradi. Platonning notiqlik haqidagi qarashlari Birinchi bo'lib adabiyotni turlarga ajratgan Platon tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. Unga ko'ra, "shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o'tmish, yo hozir va yo kelajak haqidagi hikoya" bo'ladi. Hikoya qilish esa "yo oddiy rivoya, yo taqlid qilish vositasida va yo ikkisining birligi asosida amalga oshishi mumkin. Shu o'rinda Platon "taqlid qilish" deganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish foydadan holi emas. Platon shoir yoki roviy o'zganing tilidan aytgan nutqni - personajlar nutqini taqlid qilish deb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy "o'z nutqini o'sha personaj nutqiga imkon qadar o'xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid qiladi. Shulardan kelib chiqqan holda Platon aytadiki, "poeziya va mifnavislikning bir turi to'laligicha taqliddan tarkib topadi - bu, sen aytgandek, tragediya va komediya; boshqa turi to'laligicha shoirning aytganlaridan iborat - buni ko'proq difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko'plab xillarda bu ikkala usul" qorishiq holda keladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda uchta adabiy tur - drama, poeziya va eposga xos xususiyatlar farqlanadi. Platonning notiqlik haqidagi qarashlari Platonning qarashlari, garchi u san'at va adabiyotga oid maxsus asar yaratmagan esa-da, adabiy-estetik tafakkur rivojiga sezilarli hissa bo'lib qo'shildi. Platon adabiyotga ma'naviy-axloqiy me'yorlar nuqtai nazaridan yondashdi, shu mavqyedan o'zigacha yaratilgan boy adabiy manbani tanqidiy o'rgandi, adabiyotning mohiyati va vazifalari, badiiy shakl va mazmun, badiiy asarni qabul qilish jarayoni, uning inson ongi va ruhiga ta'siri kabi qator muhim muammolar yuzasidan qimmatli fikrlarni bayon qildi. Uning falsafiy, adabiy-estetik qarashlari keyingi davrlar adabiyotshunosligida muhim manba bo'lib xizmat qildi: ayrimlar uning fikrlarini rivojlantirib, boshqalari muxolif mavqyeda turib adabiy tanqidiy tafakkurni boyitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |