Роль системы образования в обеспечении интересов человека
Аннотация.
В статье автор освещает взаимосвязь проводимых реформ в области
образования с интересами человека. В частности, уделяется внимание реформам, которые
планируются введение в практику в ближайшее время.
Ключевые слова:
интересы человека, образование, наука, прогресс, стабильность в
обществе, параметры, реформы, стратегия движении, система образования, высшее
образование.
Role of education system in maintenance of human interests
Abstract.
In the article the author describes interrelations reforms with interests of the person in
an education system. In particular, the attention was given to the reforms which are planned to
introduce into the practice in the near future.
Key words:
human
interests, education, science, progress, stability in a society, parametres,
reforms, strategy movement, system formation, higher education.
Demokratik jamiyatning muhim faktorlaridan biri – inson manfaatlarini ta’minlashga
asoslangan boshqaruvni tashkillashtirishdan iborat. Oʻzbek davlatchiligi tarixida ushbu siyosatni faol
qoʻllanilishi davlat tinchligi, xavfsizligi, millatlararo totuvlik, xalq farovonligi va boshqa muhim ijobiy
faktorlarning barqarorlashuviga xizmat qilganligiga koʻplab dalillar keltirish mumkin. Inson
manfaatlarining ustuvorligini ta’minlashda jamiyatda aholining savodxonlik va ziyolilik darajasi,
ta’limni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi yetakchi ahamiyat kasb etadi.
Boy tariximiz manbalari asosida dalillar keltiradigan boʻlsak, buyuk mutafakkirlarimizdan –
Abu Rayhon Beruniy yuqoridagi fikrlarga monand qarashlarini havola qilgan boʻlib, jumladan
shunday ta’kidlagan: “mamlakat farovonligi undagi ilm-fanning ahvoli, taraqqiy etishiga bogʻliq”.
Uning fikricha, “insonning eng katta baxti bilimga egaligidir, chunki unga aql berilgan. Baxtni ana
shunday tushunishgina jamiyatda tinchlik va xotirjamlikka olib keladi. Inson haqiqiy rohat-farogʻatga
yetgani sari unga yetishga boʻlgan intilishi kuchayib borgandagina oʻsha farogʻatni chin dildan his
qiladi. Inson ruhi oʻzi bilmagan narsani anglaganida ham ana shunday holat roʻy beradi”,
“... insonning eng oliy burchi esa boshqalar, ayniqsa, kambagʻallarga gʻamxoʻrlik qilishidir”, deb
asoslagan edi. [1].
Demokratik tartibotdagi jamiyatlarda yuqoridagi gʻoyalar globallashuv ta’sirida inson
manfaatlarini ta’minlashda ta’lim tizimining roli alohida ahamiyat kasb etishini namoyon qiladi.
Dunyo miqyosida olib qaralganda,
XX asrning II yarmida zamonga monand inson rivojlanishini
asoslaydigan zamonaviy nazariyalar namoyon boʻla boshladi. Jumladan, inson rivojlanishi
konsepsiyasining zamonaviy tushunchasiga iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Amarti
Do'stlaringiz bilan baham: |