ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
112
siyosatini takomillashtirish reja va dasturi ham havola qilindi. Unga koʻra, ta’lim tizimida eng koʻp
muammolar yuzaga kelayotgan bosqichlarini, jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarining
qulayligini ta’minlash, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda
ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish jarayoniga muhim ahamiyat qaratilishi nazarda
tutiladi.[8]
Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati ham oʻz navbatida jamiyatda inson manfaatlarini
ta’minlashga qaratilganligi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda islohotlar
samaradorligini ta’minlashda albatta, jamiyatga kirib keladigan oliy ma’lumotli yoshlarning zamon
talablariga mos kadr boʻlib etishganliklari hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Bu masalada ushbu yilning 20-aprel sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori
“Harakatlar strategiyasi”ni faollashtirishda muhim qadam hisoblanadi.
Ushbu qaror oʻz oldiga oliy ta’lim tizimini yangi asosda modernizatsiya qilish maqsadini
qoʻyib,
- har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin
hamkorlik aloqalari oʻrnatish, oʻquv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilgʻor
pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oʻquv-
pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʻtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim
muassasalaridan yuqori malakali oʻqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli
asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh oʻqituvchi va ilmiy xodimlarining
stajirovka oʻtashlarini, professor-oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
qilish;
-oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, oliy ta’lim
muassasalarida oʻqitish yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini istiqbolda mintaqalar va iqtisodiyot
tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining
talablarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
- ta’lim jarayonini, oliy ta’limning oʻquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va
oʻqitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va
zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;
-yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim
jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy
adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish,
axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
- pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, xorijda pedagog
va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini oʻtkazish, oliy ta’lim muassasalari
bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta
tayyorlash va malaka oshirish markazlari oʻquv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar,
oʻqituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish;
- oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada
rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim
muassasalari professor-oʻqituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini
oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;
- oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik
gʻoyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga sodiqlik ruhini chuqur
singdirish, ularda yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni
mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish;
- oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini oʻquv va ilmiy-laboratoriya bino va
korpuslari, sport inshootlari, ijtimoiy-muhandislik infratuzilmasi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya
qilish va kapital ta’mirlash, oliy ta’lim ilm-fanining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-ilmiy
laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada mustahkamlash;
- oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan
jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, oʻqituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim
resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish kabi aniq vazifalarni bajarilish dasturi bilan havola qilindi.[9]
Do'stlaringiz bilan baham: |