Keywords:
the National program, independence, outdated thinkings, reform, musical school,
progress, recovery, sport, harmonious generation, centers of talented children.
Yosh avlodni sogʻlom va barkamol boʻlib oʻsishida uzluksiz ta’limning muhim boʻgʻini
hisoblangan maktabdan tashqari ta’lim alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida maktabdan
tashqari ta’lim bosqichi "Yoshlarga oid davlat siyosati" va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ga
tayanib tamomila yangicha mazmun va yangi harakatlanish yoʻlini namoyon etdi [1].
Maktabdan tashqari ta’limning nazariy metodologik va huquqiy asosi 1997-yilda qabul qilingan
"Ta’lim toʻgʻrisida"gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida oʻz aksini topgan. [2]
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim
va tafakkurga ega, ayni paytda sogʻlom turmush tarziga monand, jismonan sogʻlom, ruhan yuksak
insonlar etib voyaga etkazishning samarali tizimi amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda. Asosiy maqsad -
insonning kamol topishi va farovonligini ta’minlash, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun
barcha sharoitlar ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Oʻzbek xalqining tarixan boy intellektual merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va
texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
taraqqiyotimizning muhim sharti deb hisoblandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta’lim
sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning Milliy tizimini yaratish boʻldi.
Maktabdan tashqari ta’lim tizimini ijobiy rivojlantirish jarayonida uning uzviy qismi sifatida
ikki yoʻnalishda tadbirlar majmuasi ishlab chiqildi. Birinchi yoʻnalish - umumta’lim maktablari
qoshida, shuningdek, aholi yashash joylarida zamonaviy sport majmualarini bunyod etish, Ikkinchi
yoʻnalish - musiqa maktablari tizimining modernizatsiyalashtirilishi, ularni zamonaviy uskunalar
bilan jihozlash, ular faoliyatidan samarali foydalanishni tashkil qilish maqsadida keng koʻlamli ishlar
amalga oshirildi. Bu jarayonda birinchi yoʻnalishning maqsadi yoshlarni jismonan sogʻlom, kuchli
iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashdir. Shuningdek, oʻzbek
sportining kelajagi, xalqaro maydondagi obroʻ-etiborini yuksaltirishning asosi boʻlgan bolalar sportini
rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Birinchi Prezident I.A.Karimovning 2002-yil 24-
Do'stlaringiz bilan baham: |