Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX
 
 
2017-yil, 4-son 
11 
tomonlama va koʻp tomonlama qabul qilingan shartnomalarni tahlil etgan holda, yadroviy xavfsizlikni 
ta’minlash mexanizmining tayanch nuqtalarini koʻrishimiz mumkin.
1963-yili sobiq Sovet Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya davlatlari tomonidan “Yadro qurolini 
atmosferada, koinotda va suv ostida sinashni taqiqlash toʻgʻrisida”gi shartnoma imzolandi.
1968-yilda imzolangan va ikki yildan keyin kuchga kirgan “Yadro qurolini tarqatmaslik 
toʻgʻrisida”gi shartnoma (YaQTTSh) xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda alohida oʻrin tutadi. 
Yadro quroliga ega boʻlgan qator davlatlar bu shartnomani imzolagach, ular yadro qurolini va 
portlovchi jihozlarni boshqa davlatlarga bermaslik, yadro quroliga ega boʻlmagan davlatlarda yadro 
quroli ishlab chiqishga yoki ular tomonidan yadro quroliga ega boʻlishga yordam bermaslik va boshqa 
qator mas’uliyatlarni oʻz zimmalariga oldilar.
1972-yilda “Raketaga qarshi tizimlarni cheklash toʻgʻrisida”gi shartnoma va “Strategik hujum 
qurollarini cheklash haqida vaqtinchalik bitim” kabi hujjatlar imzolandi. Birinchi hujjatga asosan, 
AQSh va sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari oʻzlarining hududlarida shartnomada koʻrsatilmagan joylarda 
raketaga qarshi tizimlarni yaratmaslik majburiyatini olgan edilar.
Yadroviy qurollarning sobiq Sovet Ittifoqi va AQShda katta miqdorda yigʻilib qolishi, nafaqat 
boshqa davlatlar, balki har ikkala davlat rahbarlarini ham mavjud muammoga jiddiy e’tibor qaratishga 
majbur etdi.
1987-yilda Moskva va Vashington oʻrtacha va qisqa masofaga uchadigan raketalarni ma’lum 
darajada qisqartirish boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishdilar. Ushbu shartnomaga asosan, 1991-yilgacha 
boʻlgan davrda sobiq Ittifoq tomonidan 1846 ta raketa va 825 ta tezlatgich moslamalar, AQSh 
tomonidan esa 846 ta raketa va 318 ta tezlatgich moslamalar yoʻq qilindi. [4]
Ma’lum tanaffusdan soʻng, 1991-yilda AQSh va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan ommaviy 
qirgʻin qurollarini tarqatmaslik sohasida katta ahamiyatga ega boʻlgan “Strategik hujum qurollarini 
qisqartirish toʻgʻrisida”gi birinchi shartnoma (SHQQ1) imzolandi. Shartnomaga muvofiq Amerika va 
sobiq Ittifoq davlatlarida joylashgan yadro kallaklarining uchdan bir qismidan ortigʻi qisqartirildi. [5]
Sobiq Ittifoq mustaqil davlatlarga boʻlinib ketgach, uning yadroviy arsenali Rossiya, Belarus, 
Ukraina va Qozogʻiston davlatlarida qoldi. 1992-yilda Lissabonda sobiq Ittifoqning “yadroviy 
merosi”ga ega boʻlgan ushbu davlatlar tomonidan yangi shartnoma imzolandi. Shu bilan birga, 
shartnomada koʻrsatilgan yuridik talablarga koʻra, asosiy mas’ul davlat Rossiya Federatsiyasi boʻlishi 
kerak edi. Shu asosda 1993-94-yillar mobaynida Belarus, Ukraina va Qozogʻiston davlatlarining yadro 
qurollari Rossiya davlatiga oʻtkazildi.
Mutaхassislarning baholashicha, SHQQ1 shartnomasi yadro qurolini qisqartirish borasida olib 
borilgan eng samarali harakatlardan biri deb hisoblash mumkin. Shartnomaga asosan, AQSh va RF 
davlatlarida joylashgan yadro kallaklari soni chegaralangan boʻlib, har birida 6000 donadan 
oshmasligiga erishildi. Keyingi yillar mobaynida ham ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatmaslik va 
ularni qisqartirish boʻyicha jiddiy harakatlar amalga oshirildi. 1993-yili Vashington va Moskva 
tomonidan “Strategik hujum qurollarini qisqartirish toʻgʻrisidagi (SHQQ2) ikkinchi shartnoma 
imzolandi. Ushbu shartnomaga koʻra, AQSh va RF oʻzlarining yadro kallaklari sonini 3500 tagacha 
kamaytirish majburiyatini olishlari kerak edi. [6] Shartnoma 1996-yilda AQSh Senati tomonidan 
ratifikatsiya qilindi. Ammo Rossiya Dumasi tomonidan ratifikatsiya qilinish jarayonida qator 
qoʻshimcha shartlar qoʻyildi. Qoʻshimcha shartlar tomonlarda mavjud boʻlgan yadro qurollari va 
tezlatgich bloklari muvozanatida katta farq mavjudligi natijasida kelib chiqishi bilan izohlandi. Uzoq 
muddat davom etgan muzokaralarga qaramay, Shartnoma shartlarining bajarilishiga erishilmadi. 
1996-yilning 24-sentyabrida BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida qabul qilingan 
“Yadroviy sinovlarni butunlay taqiqlash toʻgʻrisida”gi sharnomani XX asrning soʻnggi oʻn yilligida 
ommaviy qirgʻin qurollarini koʻpayishining oldini olish sohasida erishilgan muhim yutuqlardan yana 
bittasi sifatida baholash mumkin. Shartnoma dunyoning 109 mamlakati tomonidan ratifikatsiya 
qilindi. Yadro quroliga ega boʻlgan Buyuk Britaniya, Хitoy, Rossiya va Fransiya ham ana shu 
davlatlar jumlasiga kiradi. Shu bilan birga, shartnoma AQSh, Eron, Pokiston va Shimoliy Koreya 
davlatlari tomonidan imzolanmagan.
Moskva va Vashington oʻrtasida ommaviy qirgʻin qurollarini qisqartirish borasidagi harakatlar 
keyingi yillar mobaynida yana davom etdi.



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish