Mavzu: Kartondan ”Telefon” ko’rgazmali qurolini tayyor-
lash
1. Karton qog’ozi va uning turlari 2. Ko’rgazmali qurollar
yasash texnologiyasi
3. Kartondan “Telefon” ko’rgazmali qurolini tayyorlash texno-
logiyasi. Rangli jild qog‘ozi — turli ranglarda bo'yalgan, jilo beril-
gan rangli qog‘ozning o'rnini bosib, qo'l mehnati darslarida keng
qo'llaniladi. Shagren naqshdor qog‘ozi — muqovasozlikda va tayyor
narsalarning ustidan yopishtirshda, archa o'yinchoqlarini yasashda
foydalaniladi. Gulqog'ozning rangi va guli turlicha bo'lib, muqova-
lash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ishlarida keng foyda-
laniladi. Kalka qog‘oziga shaffoflik berish uchun mum va moy singdiri-
ladi. Yaxshi, sifatli kalka qog'ozining hatto tozalangan joyida ham
tush yoyilib ketmasligi kerak. Kalka qog'oz «fonus xayol» teatrida
archa o'yinchoqlarini yasash. sahnani bezash, rasmlarni qayta tus-
hirish ishlarida ishlatiladi. Millimetrli qog‘oz sathi bosma to'r shakli-
da tayyorlanadi. Filtr qog‘oz yelimlanmagan qog'ozdir. Karton
qog‘oz deb lkv. m 250 grammdan ortiq bo'lgan qog'ozga aytiladi.
Karton qog'ozning quyidagi turlari mavjud: Oq karton — uni qirqish
oson, o'zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko'p shi-
madi, ko'pincha yelimdan shishib ketadi. Undan mayda narsalarni mu-
qovalashda ishlatish mumkin. Sariq karton — oq kartondan ko'ra pis-
hiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelimdan shishmaydi. Turli ishlar-
da foydalaniladi. Kul rang karton — oq va sariq kartondan pishiq-
roq. qirqish qiyin. Piclioq karton massasidagi qumdan tez o'tmaslasha-
di. Kartonning bu navidan o'ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar ta-
yyorlanadi. Rangli karton — yupqa egiluvchan, sathi turli rangda
jilo berilgan, ishlov berish juda oson va ko'rinishi chiroyli. Undan hajmi
kichik narsalar, papkalar, muqovalar tayyorlash ma’qul. Uning usti-
dan boshqa narsa yopishtirishga hojat yo'q. Q og‘ozni standartlash.
Sanoatda standartlash katta ahamiyatga egadir. Standart de-
ganda mahsulotning ma'lum sifatini, u yoki bu buyumning ma'lum
o'lchamlari belgilanishini tushuniladi. Qog'oz sanoatida ham qog'oz-
ning o'lchami va navlari standartlashgandir. Yozuv qog'ozi sotuvga
250-500 varaqdan qilib taxlangan holda chiqariladi, u katak yoki
bir chiziq qilib chizilgan yoki umuman chizilmagan bo'ladi. Bir chiziq va
katak qilib chizilgan qog'ozlardan ma’lum o'lchamga va ma'lum va-
raqqa ega bo'lgan daftarlar chiqariladi. Yozuv qog'ozi bir-biridan
tarkibidagi qog'oz massasi. qalinligi, og'irligi va boshqa xususiyatla-
riga ko'ra farqlanib to'rt navda chiqariladi. Yozuv qog'ozining oliv
navi 0, qolganlari muvofiq tarzda 1, 2, 3 raqamlariga bo'Iinadi.
Quruq holdagi qog'oz nisbatan pishiq materialdir. Qog'oz naviga
ko'ra suvda iviydi, yumshoqlashadi, pishiqligi yo'qoladi. Qog'oz yaxshi
taxlanadi, agar bukilgan joy yaxshilab silliqlangan bo'lsa. qog'oz
shu shaklni saqlab, oldingi holiga qiyinlik bilan qaytadi, bunda bukla-
nishdan hosil bo'lgan chiziqlar saqlanib qoladi.
Suv, klevster. suyuq velimga namlanganda u cho'ziladi, quri-
tilganda kirishadi, qog'oz uzunasiga qaraganda ko'ndalangiga
ko'proq cho'ziladi. Qog'oz tayyorlashda ko'pgina miqdordagi tolalar
uzunasiga joylashadi, shuning uchun ham qog'oz ko'proq kengayadi;
ko'ndalang yo'nalishda o'raladi. Qog'oz oson tortiladi, eniga nisba-
tan bo'yiga yaxshilab buklangan joydan osonroq yirtiladi. Qog'oz
yaxshi yonadi. Uni faqat yelim bilan emas, balki kleyster bilan ham
yopishtirish mumkin. Qog'ozni qaychida osonlik bilan kesish mumkin.
“Telefon” ko‘rgazmali qurolini yasash texnologiyasi
1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozini usti oq yoki boshqa rangli qog‘oz bilan muqo-
valanadi.
3. Boshqa rangdagi karton olinib, 30x10 sm o‘lchamdagi telefon
trub kasi shaklida qirqib olinadi.
4. Tayyor asos kartonning yo‘qori qismiga telefon trubkasi shak-
lidagi karton yelimlanadi va buklab qo‘yiladi.
5. Asos kartonning o‘rtasi aniqlanadi va qalam yordamida
belgilab qo‘yiladi.
6. Yana boshqa karton olininb, unga sirkul yordamida chiziladi
va qirqib olinadi.
7. Doira teng 8 ta bo‘lakka bo‘lib chizib olinadi.
8. Har bir bo‘lak o‘rtasiga kichik doirachalar chizib va qirqib oli-
nadi. Har bir doira orasidagi masofa bir xil bo‘lishi kerak.
Katta doirani kartonning o‘rtasiga bolt yordamida
mahkamlanadi.
9. Doira ichidagi kichik doirachalarning shakli kartonga chiziladi.
Chi zilgan doira ichiga lotin alifbosidagi harflar soat strelka-
siga teskari ravishda 4-5 tadan joylashtiriladi.
10. Chizilgan doirachalarning bittasi bir xil rangga bo‘yab
qo‘yiladi.
11. Doiralardagi harflar telefon raqamiga o‘xshatib terilib
so‘zlar hosil qilinadi.
12. Bitta doira to‘g‘risiga rangli qog‘ozdan strelka yelimlab
qo‘yiladi.
13. Hosil bo‘lgan so‘zlarning rasmlari strelka ko‘rsatgan doira
to‘g‘ risiga yopishtirilai.
14. Har bir doira to‘g‘risiga rasmlar yopishtirib bo‘lgandan so‘ng
rasm larning nomlari telefon trubka shaklidagi karton tagiga yozib
qo‘yiladi.
15. Ko‘rgazmaning doirasi aylantirib tekshirib ko‘riladi, xato va
kamchiliklar to‘g‘rilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |