Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX
 
 
2017-yil, 4-son 
13 
Oʻzbekiston rahbariyatining mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari 
mustaqillikning ilk yillarida qabul qilingan “Harbiy doktrina”da ham oʻz aksini topgan. Doktrinada 
Markaziy Osiyo hududida yadroviy va oddiy qurollarning katta miqdori yigʻilib qolganligi, mazkur 
hududda YaQHHni yaratish zarurligini belgilab beruvchi muhim sabablardan biri ekanligi qayd 
etiladi. Shartnomaning imzolanishi Semipalatinsk poligonida yadroviy sinovlarning toʻxtatilishi 
toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganiga 15 yil toʻlishi bilan bir muddatga toʻgʻri kelishi ekspertlarning 
alohida e’tiborini jalb etdi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida Semipalatinsk poligonida qirq yildan ortiq vaqt 
mobaynida yadro qurollarining sinovi oʻtkazilar edi. 
Katta uran zahiralariga, shuningdek yetarli ilmiy va texnologik salohiyatga ega boʻlgan 
Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan YaQHHni yaratish toʻgʻrisidagi shartnomaning imzolanishi 
alohida ahamiyat kasb etadi. Bu qoʻyilgan qadam Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va 
barqarorlikni ta’minlash bu hududda joylashgan har bir davlat uchun ustuvor vazifalar qatoriga 
kirishini koʻrsatadi.
2006-yilning dekabr oyida BMTning Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyo davlatlari nomidan 
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi taqdim etgan 66/88-sonli “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan 
holi hudud yaratish” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani ovoz berish yoʻli bilan tasdiqladi. Bu hujjatni 141 ta 
davlat qoʻllab-quvvatladi. Ular qatorida Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Moldova, 
Ukraina, Avstriya, Irlandiya, Lihtenshteyn, Mal'ta, Kipr, Shvetsiya, Shveytsariya hamda Lotin 
Amerikasi, Karib havzasining qator davlatlari, Osiyo va Afrika qit’alarining koʻplab davlatlari bor edi.
BMT Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyoda YaQHHni yaratish toʻgʻrisidagi shartnomaning 
imzolanishini mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi katta ahamiyatga molik 
qadam deb baholadi. 
BMTda qabul qilingan rezolyutsiyada qayd etilganidek, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan 
ixtiyoriy ravishda mintaqada yadro qurolidan holi hudud yaratilishi yadroviy tarqatilmaslik rejimini 
mustahkamlashda alohida oʻrin tutadi. Bu shartnoma yadro energiyasidan tinchlik yoʻlida foydalanish 
va radioaktiv chiqindilar natijasida zarar koʻrgan hududlarning ekologik holatini tiklash hamda 
mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
2001-yilning 11-sentyabrida AQShda terrorchilarning amalga oshirgan qoʻporuvchilik 
harakatlaridan soʻng jahon jamoatchiligi xalqaro terrorchi guruhlarga qarshi kurashga alohida e’tibor 
berdilar. Mutaxassislarning fikricha, bu yoʻnalishda keng miqyosdagi tahdidlarning oldini olish 
borasidagi asosiy shartlaridan biri ommaviy qirgʻin qurollarining, hususan, yadro qurollarining 
terrorchilar qoʻliga tushib qolishining oldini olishdir. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyoda 
YaQHHning yaratilishi ushbu shartning bajarilishini ta’minlashga, shaksiz, munosib hissa qoʻshadi.
BMT Bosh Assambleyasining 61/88-sonli rezolyutsiyasida Markaziy Osiyoda YaQHHning 
yaratilishi xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlik va yadroviy materiallarning nodavlat sub’ektlari, 
birinchi navbatda terrorchilar qoʻliga tushishining oldini olish maqsadiga xizmat qilishga qaratilgan 
samarali hissadir.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash 
borasidagi qat’iyat bilan olib borgan siyosatlari, oʻz navbatida, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun 
katta zamin yaratadi. Qator davlatlarning yadro dasturlari atrofida turli tortishuvlar davom etayotgan 
bir paytda, Markaziy Osiyoda YaQHHni yaratish boʻyicha shartnomaning imzolanishi alohida 
e’tiborga loyiqdir. 
Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo davlatlari orttirgan tajribalar hudud mamlakatlarining 
rivojlanishi borasida ularning oʻz yoʻllariga ega boʻlishi bilan birga, koʻplab muammolarni birgalikda 
yechishlari zarur ekanligini ham koʻrsatdi.
Boshqacha qilib aytganda, dunyoda ilm-fanning rivojlanishi, yuqori texnologiyalarning yuzaga 
kelishi va globallashuv jarayonining sezilarli darajada insoniyat hayotiga ta’siri natijasida tugʻilgan 
yangi muammolar bitta hududda joylashgan davlatlarning yaqindan hamkorlik qilishlari kerakligini 
isbotladi. Shuni qayd etish lozimki, qoʻshni davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish Oʻzbekiston 
Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari qatoriga kiradi.
2006-yilning sentabr oyida Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan imzolangan mazkur hududda 
YaQHHni yaratish toʻgʻrisidagi shartnomani ushbu hudud mamlakatlari rahbarlarining mintaqaviy va 
halqaro xavfsizlikni ta’minlash yoʻlida yakdillik bilan qilgan harakatlarining mahsuli deb baholash 
mumkin. 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish