Keywords:
Central Asia, regional security, the international security, nuclear power, nuclear
safety.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilm-fan va texnologiyalarning, xususan, yadroviy
texnologiyalarning rivojlanishi davlatlarning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun keng
imkoniyatlarni vujudga keltirishi bilan bir qatorda, global va mintaqaviy хavfsizlik hamda
barqarorlikka ham sezilarli darajada ta’sir koʻrsata boshladi. Ilmiy-teхnologik salohiyatdan tinchlik
yoʻlida foydalanishning ijobiy natijalari bilan birga, uning harbiy va strategik maqsadlar uchun
ishlatilish oqibatlari insoniyat uchun oʻta jiddiy muammolarni yuzaga keltirdi. Yadroviy xavfsizlikni
ta’minlashning samarali mexanizmlarini yaratish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng
dolzarb vazifalardan biriga aylandi.
Yadroviy xavfsizlikni ta’minlashning me’yoriy va huquqiy asoslarini yaratish zaruriyati soʻnggi
yillarda yadroviy qurolga ega boʻlgan davlatlar sonining ortib borishi barobarida yanada kuchaydi.
1998-yilning may oyida, Hindistonning yadro quroliga ega boʻlganligi haqidagi rasmiy
bayonotidan keyin ikki hafta oʻtgach, Pokiston tomonidan ham yadroviy qurol yaratish borasidagi
sinovlarning boshlab yuborilishi BMTning ushbu muammoga boʻlgan kuchli e’tiborini jalb etdi.
1998-yilning 9-mayida BMT Xavfsizlik Kengashi oʻzining bayonotida har ikki davlatning
yadroviy texnologiyalardan harbiy maqsadlarda foydalanishi bilan bogʻliq ravishda olib borayotgan
harakatlarini qoralab chiqdi. Oradan bir oy oʻtgach, shu yilning iyun oyida BMT XK Hindiston va
Pokiston tomonidan oʻzlarining yadroviy dasturlari doirasidagi faoliyatini toʻxtatish va sinov ishlarini
davom ettirmaslik hamda boshqa davlatlardan bu mamlakatlar uchun oʻzlarining “yadroviy rejalari”ni
amalga oshirishga yordam berishi mumkin boʻlgan texnologiyalar va materiallarni eksport qilmaslik
talabi qoʻyilgan maхsus rezolyutsiyasi qabul qilingan edi.[1]
Ammo, afsuski, BMT tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada koʻrsatilgan natijalarga
erishilmadi. Mutaxassislar tomonidan, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining Hindiston va
Pokiston davlatlari tomonidan toʻla amalga oshirilmaganligi qayd etilib, hujjat qabul qilingandan
keyingi davrda uning bajarilishi uchun davomiy nazoratning yetishmaganligi ta’kidlanadi. [2]
BMT XKining global xavfsizlikni ta’minlash borasida olib borgan tajribasi shuni koʻrsatadiki,
hozirgi paytda asosiy e’tibor Kengash tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyalarning samarali
bajarilishini ta’minlovchi mexanizmlarni yaratishga qaratilishi zarur. Global xavfsizlikni
ta’minlashning mukammal mexanizmlarini yaratish sohasida xalqaro hamkorlikning kuchaytirilishi
esa koʻzda tutilgan natijalarga erishish uchun yetarli zamin yaratadi.
Bu borada shuni ta’kidlash joizki, global xavfsizlikni ta’minlashda koʻp tomonlama amaliy
diplomatik munosabatlar alohida oʻrin tutadi.
BMT XK bugungi kunning eng dolzarb muammolarini yechishda asosiy mas’uliyatni oʻz
boʻyniga olgani holda, ommaviy qirgʻin qurrollari (OQQ) tarqalishining oldini olish borasida BMTga
a’zo davlatlar tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlarda ham muvofiqlashtirish (koordinatsion)
markaz vazifasini bajarmoqda.
BMT XKning bunday roli hozirgi vaqtda OQQ tarqalmasligi talablarining bajarilishini
ta’minlashga qaratilgan koʻp tomonlama diplomatiyaning muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi. [3]
Yadroviy texnologiyalar tobora rivojlanib borayotgan bir sharoitda, global va mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlashda me’yoriy-huquqiy mexanizmlarning yaratilishi, shubhasiz, alohida oʻrin tutadi. Ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |