Keywords:
social, political, spiritual, life and work, teacher, poetry, drama, education and
press.
Jadidchilik harakatining ilgʻor vakillaridan biri boʻlgan Hoji Muin Shukrullo oʻgʻli oʻtgan
asrning boshlarida Samarqandda yashadi va ijod etdi.
Hoji Muin 1883-yilning 19-martida Samarqand shahrining Ruhobod guzarida tugʻilgan. Uning
yoshligidan boshlab she’riyatga qiziqishi ijod olamiga kirib kelishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Hoji Muin oʻz tarjimai holida oʻn bir yoshlarida Yassaviy, Mashrab she’rlaridan, «Tuhfat ul-ushshoq»
toʻplamidagi ayrim gʻazallardan gʻoyat ta’sirlanganligini qayd etadi va she’rlar yoza boshlaganligini
ta’kidlaydi. U oʻn ikki yoshida ham ota, ham onasidan yetim qoladi va Ruhobod guzari masjidining
imomi boʻlgan bobosi Mirsaid Sharif oʻgʻli qoʻlida tarbiya topadi. Oʻsmir Xoji Muin bobosidan arab
tili qoidalari va diniy ilmlarni oʻrgana boshlaydi.
Bu bilimlarning mukammallashuviga oʻz davrining taniqli olimi va ziyolisi Sayidahmad
Vasliy bilan (1900-yili) tanishuv katta imkoniyat yaratdi. Demak, Hoji Muin oʻn sakkiz yoshgacha
dastlab bobosi, keyinchalik Vasliy ta’siri ostida arabcha sarf, navh va muayyan darajada diniy
bilimlarni oʻzlashtiradi. Shuningdek, Vasliy uning she’riyatga boʻlgan muhabbatini oshirdi, oʻz
davrining ma’rifatparvarlari davrasiga ham olib kirdi [1.5.].
Hoji Muinning muallimlik faoliyati 1901-yilda eski maktabdan boshlandi. Shu maktabda
muallimlik qilish jarayonida toʻplangan muayyan tajribalar asosida va Abduqodir Shakuriyning
maktabi ta’siri tufayli 1903-yilning avgust oyida Samarqand shahrining Xoʻja Nisbatdor mahallasida
yangi usuldagi maktab ochib, unda oʻqituvchilik qiladi. Hoji Muin maorifparvar, vatanparvar, fidoiy
inson boʻlganligi uchun ushbu maktabni oʻz hisobidan ochdi. U hech qachon oʻzining moddiy
manfaatini ustun qoʻymadi, balki Behbudiy, Shakuriy, Ajziylarning maktabdorlik an’analarini davom
ettirdi. Hoji Muinning zamondoshlari bilan suhbatga asoslanib, adabiyotshunos olim R.Muqumov,
“Hoji Muin maktabda bolalarni savodxon qilish uchun sarflanadigan mablagʻni xalqdan yigʻmagan,
balki oʻzining Devoli koʻndalang qishlogʻidagi bogʻchasida yetishtirgan shirin-shakar mevalarni
bozorga chiqarib sotish evaziga toʻplagan. Maktabdorlikdan daromad olishni sira oʻylamagan” [2.20-
25.], - deb yozadi. Aynan shu yili Vasliyning uyida Mahmudxoʻja Behbudiy bilan tanishib, suhbatda
boʻlishi uning hayotida tubdan oʻzgarish yasadi va yangi davrni boshlab berdi. Ayniqsa, Behbudiyning
“Muxtasari jugʻrofiyai umumiy” kitobining “Tadbiqoti diniya” qismidagi “Ba’zi eski xurofot va
isroiliyat soʻzlari bizning tafsir kitoblarimizgacha kirib ketgan” mazmunidagi jumlalari uning fikrida
tubdan oʻzgarish yasadi. Hoji Muin tavsi’i ma’lumotiga turk-totor matbuoti sabab boʻlgan boʻlsa,
Behbudiy hazratlarining mazkur bir ikki jumla soʻzi birinchi martaba, fikriy inqilobga uchratganligini
e’tirof etadi [3.29.]. Shu davrdan boshlab, u Behbudiyning izdoshiga aylandi.
Yangi tashkil qilingan maktablarga, jumladan, Hoji Muin maktabiga ham, eski maktabning
ta’lim va tarbiya usuli mos kelmas edi. Shuning uchun oʻsha davrda eng avvalo yangi oʻquv
adabiyotlarni yaratish dolzarb muammoga aylangan edi. Buni yaxshi tushungan Hoji Muin boshqa
jadid muallimlari qatori oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifani ham oʻz
zimmasiga oldi. U 1908-yilda yangi usuldagi maktablar uchun fors tilida «Rahnamoi savod» darsligini
chop ettirdi. Zamondoshi Ismatilla Rahmatullazoda bilan hammualliflikda oʻzbek tilida “Oʻqituvchi”
nomli alifbo kitobini tayyorladi.
Yangi jadid maktablarida ta’lim va tarbiyani uzviy va uzliksiz olib borish zarur edi. Shuning
uchun Hoji Muin oʻquvchilarga nafaqat dars berish bilan chegaralandi, balki oʻz davrining mashhur va
tajribali pedagoglaridan biri hisoblangan Abduqodir Shakuriyning iltimosiga binoan bolalarni
tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega deb hisoblangan bir qancha she’rlarni turkchadan fors tiliga
tarjima qiladi. Hoji Muin shu tarjimalar asosida 1914-yilda «Guldastai adabiyot» nomli she’riy
toʻplamni nashr qildirdi. Toʻplamdagi Hoji Muin tomonidan 1908-1914-yillarda yaratilgan “Xitob va
goʻdaki beilm”, “Nasihat”, “Muxammas”, “Ittifoq”, “SHikoyat”, “E’tirof” kabi milliy va maishiy
xarakterdagi she’rlar uniki boʻlib, qolganlari esa tarjima she’rlardir. Hoji Muinning ushbu kitobi
Do'stlaringiz bilan baham: |