Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot jarayonida bilimlarni boshqarishga oid boʻlgan bir qator xorijlik olimlarning
bilimlarni boshqarish boʻyicha ilmiy qarashlari tahlili, ilmiy abstraksiya, dealiktik, tizimli yondashuv,
tahlil va taqqoslash usullari asosida amalga oshirildi.
Tahlil va natijalar
Bilimlarni boshqarishga oid ilk fikrlarni bir qator xorijlik olimlar V.V. Gluxov, K.Ving,
P.Druker, U.Zander, M.K.Rumizen, U.Bukovich, I.Nonaki, X.Takeuchi [2] kabi olimlar oʻtgan
asrning 80-90 yillarida oʻz tadqiqotlarida keltirishgan. Yuqoridagi olimlar fikrlarining asosiy mazmuni
postindustrial jamiyatda ishlab chiqaruvchi korxonalar, firmalar, tashkilotlarning raqobat bardoshligini
oshirishning asosiy manbai bilimlar hisoblanadi degan gʻoyaga asoslanadi . Ushbu tezisning isbotini
oʻtgan asrning soʻngi yillarida koʻplab rivojlangan mamlakatlar bilimlarni boshqarish nazariyasi va
amaliyotini real ijtimoiy-iqtisodiy hayotga qoʻllanilishda koʻrishimiz mumkin. Xususan, shu
maqsadda koʻplab ilmiy, amaliy jurnallar, forumlar tashkil etildi, "oʻqiyotgan tashkilot", "intelektual
kapital ", “intelektual mulk” kabi tushunchalar paydo boʻla boshladi. Bundan tashqari koʻplab
tashkilotlarda bilimlar konsepsiyasi va uni strategik va taktik boshqaruvi firma faoliyatida muhim omil
sifatida qabul qilindi.
Dastlabki vaqtlarda bilimlarni boshqarish konsepsiyasini qoʻllash va rivojlantirish faqat yuqori
texnologiyali tarmoqlarda amalga oshirilgan. Ammo XXI asrga kelib bilimlar, ilmiy tadqiqotlar,
intelektual kapital, innovatsiyalar mamlakatlar iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan
barcha korxonalar firmalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatida keng
qoʻllanila boshlandi. Hattoki, "bilimlar iqtisodiyoti" fani shakllandi. Ushbu fanning asosiy maqsadi
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida bilimlarning oʻrni, roli hamda uning ahamiyatini asoslab
berishdan iborat.
Demak, soʻngi vaqtlarda bilimlarni boshqarish masalasi muhim ahamiyatga ega boʻlib ushbu
masala tadqiqotiga fikrimizcha, uchta holat sabab boʻlmoqda. Birinchidan; korxona, firmalarning
tarkibiy tuzilishi, holati hamda zamonaviy raqobat muhitidagi keskin oʻzgarishlar nafaqat oldingi
tarkibiy tuzulishini qayta koʻrib chiqishni, balki yangi novatorlik yondashuvlarini qidirib topish va
joriy etishni talab etadi. Ikkinchidan; korxona, firma fa`oliyatida bilim iqtisodiyotini joriy etishni
tizimli oʻrganish (tahlil qilish) uchun emperik manbalarni yetarli darajada toʻplanmaganligi.
Uchinchidan; bilimlarni boshqarish konsepsiyasida plyuralizm (fikrlar erkinligi) tamoyili hamma vaqt
ham toʻlaqonli amal qilmasligi. Yuqoridagi holatlar bir tomondan, bilimlarni boshqarish, uni tashkil
etish boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borish zaruratini keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan, bilimlarni
boshqarishni milliy iqtisodiyot darajasida oʻrni va ahamiyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |