ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2017-yil, 4-son
162
davomida yuqori ishchanlilikda boʻlish va aqliy qobiliyatlarni oʻstirish kabilar ham yuqori natijalarga
erishishning garovi ekanligini ta’kidlab oʻtdilar.
Sportchilarning musobaqa jarayonida oʻz ruhiy holatini toʻgʻri boshqarish qobiliyatlari oʻz-
oʻzidan paydo boʻlmaydi. Bunga erishish uchun u shugʻullanayotgan sport turining mazmuniga va
bugungi kun talabiga tarbiyaviy ishlar olib borilishi zarur. Eng muhimi, sportchilarni sport mashgʻuloti
va musobaqalarda ruhiy zoʻriqishdan asrash kerak. Buning uchun har bir murabbiy va jismoniy
madaniyat oʻqituvchilari oʻz shogirdlarini ruhiy qiziqqonlik, tushkunlik, serzardalik holatlarini yengib
oʻtishga oʻrgatishlari maqsadga muvofiq. Shuningdek, boshqalar, jumladan, sport hakamlari bilan
toʻgʻri munosabatda boʻlish, qiyin sharoitlarda oʻzini boshqarishga oʻrgatishni ham unutmasliklari
kerak.
Sportchi musobaqada gʻalaba qilish uchun bor kuchini sarf qiladi, lekin oʻylaganidek natijalarga
erisholmagach, tajovuzkor harakatlar qilishga oʻtadi. Biroq u oʻzining bunday harakatlari bilan
musobaqada yaxshi koʻrsatkichlarga erisha olmaydi. U ixtiyorsiz ravishda bunday xulq-atvorga
moslashib qolganidan oʻzi ham pushaymon boʻlib yuradi. Bir-birlari bilan jismoniy toʻqnashganida
tajovuzkor harakatlar qilish hayvonlarga xos ekanligini olimlar ilmiy tajribalar asosida isbotlab
berganlar. Tajovuzkor harakatlar insonlar uchun nuqson ekanligini sportchilarga qat’iy uqtirish lozim.
Yangi tugʻilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlarida atrofidagi kishilarga, ota-onalariga va
boshqa oila a’zolariga, tengdoshlariga bir xil munosabatda boʻladi. Lekin bolada bir yoshdan keyin,
oʻz ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqlarning paydo boʻlishi
natijasida tajovuzkorlik munosabatlarining ayrim koʻrinishlari vujudga kela boshlaydi. Ba’zi bir
bolalarning kattalar yoki kichiklarga nisbatan tajovuzkorlik munosabatlari ochiq va aniq koʻrinib
turadi. Biz quyida bolalardagi tajovuzkorlik munosabatlari shakllanishining bir necha holatlarini
ajratib koʻrsatishga harakat qilamiz:
1. Ba’zi ota-onalar boshqalarga koʻrsatgan tajovuzkor munosabatlari uchun bolasini maqtab
ham qoʻyadi yoki boshqa bolalardagi tajovuzkorlik harakatlarini ibrat qilib misol tariqasida
koʻrsatishadi. Umuman, bolalar kattalarning tajovuzkorlik harakatlarini kuzatib boradilar. Agar katta
yoshdagi kishi bola uchun ishonchli shaxs boʻlsa, oʻsha odamning harakatlaridagi tajovuzkorlik
harakatlarini oʻziga qabul qiladi va shu odamga oʻxshashga harakat qiladi.
2. Ayrim ota-onalar bolalarining tajovuzkor harakatlari uchun ularga maxsus jazo chorasini
qoʻllamaydilar.
3. Koʻpchilik ota-onalar farzandlarida paydo boʻlayotgan tajovuzkorlik harakatlarini aql bilan
pasaytirishga va asta-sekin tarbiyalashga harakat qilmaydilar.
4. Ota-onalar bolalarida paydo boʻlayotgan tajovuzkor harakatlarni me’yordan ortiq
qattiqqoʻllilik, doʻq-poʻpisa qilish yoʻli bilan yoʻqotishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. Lekin
bunday bolalar ulgʻayganida, ularda tajovuzkor xarakatlarning vujudga kelishi tajribada isbotlangan.
Agar bola tengdoshlariga yoki oʻyin paytida oʻz doʻstlariga tajovuz qilsa, kattalarning
e’tiboridan chetda qoladi, shuning uchun ba’zi bir yoshlarning xarakteridagi tajovuzkorlik
oʻzgaruvchan boʻladi. Ba’zi holatlarda oʻzidan kichik yoki jismonan ojiz bolalarga ham tajovuzkorlik
qilish holatlari uchrab turadi.
Bola yigitlik yoshiga yetgandan keyin oʻzini erkin his qiladigan boʻladi. Kattalarga va
tengdoshlariga tajovuzkorlik qilgan bolalarda ota-onaning tanbehi natijasida uyalish, bezovtalanish,
qaygʻurish holatlari turlicha boʻladi. Ota-onaning tarbiyasi natijasida bola ulgʻaygandan keyin
tajovuzkor harakatlardan ta’sirlanishi va hayajonlanishi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |