ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2017-yil, 4-son
164
olmasam, birovni tarsakilab yuboraman». Shundan ma’lumki, ayrim sportchilarning musobaqadagi
tajovuzkor harakatlari boshqa bir sportchida tajovuzkorlikni vujudga keltiradi. Bu esa sport
musobaqasi qoidasini buzishga olib keladi. Sportchining musobaqada oʻzida tajovuzkor harakatlarni
his etishi turli vaziyatlarda turlicha boʻladi. Masalan, futbolchining toʻpni oʻyinda zarb bilan
tepgandagi holati bokschining ringda qattiq zarb bilan urgandagi holatiga qaraganda qanoat hosil
qilishi oʻziga xos boʻladi. Sport faoliyatida ba’zi sportchilardagi tajovuzkor xarakatlar raqibiga,
komandaga, murabbiyga va tomoshabinlarga qaratilgan boʻladi, lekin bu sport musobaqasi qoidasi
asosida bajariladi. Biz turli vaziyatlarda futbolchilardagi tajovuzkorlikni oʻrganib, uning kelib chiqishi
haqida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Oʻyinda yutayotgan komandaga nisbatan, yutqazayotgan komanda oʻyinchilari oʻyin
qoidasini koʻproq buzadilar. Bundan ma’lumki, sportchining musobaqadagi magʻlubiyati tajovuzlik
harakatlarini vujudga keltiradi.
2. Oʻz maydonida oʻynayotgan komanda oʻyinga kelgan komanda oʻyinchilariga qaraganda
oʻyin qoidasini kam buzishadi. Mehmon komanda oʻyinchilari oʻz maydonida oʻynayotgan
oʻyinchilarni xuddi dushmandek qabul qilishadi. Ular oʻz raqiblaridan tashqari, tomoshabinlarga
nisbatan ham tajovuzkor tuygʻuda boʻladilar.
3. Qaysi komandada ochkolar va darvozaga urilgan toʻplar soni koʻp boʻlsa, kam ochko
toʻplagan va oz toʻp urgan komanda oʻyinchilariga nisbatan oʻyin qoidasini kam buzadilar. Futbolchi
raqib darvozasiga har toʻp urganida unda ruhiy tanglik pasayadi va oʻsha komanda oʻyinchilarida
ruhiy va jismoniy qayta tiklanish kuchayadi. Lekin oʻyinda kam toʻp kiritgan komanda oʻyinchilarida
ruhiy keskinlik saqlanadi yoki ruhiy keskinlikning kuchayishi tufayli oʻyinchilardagi tajovuzkorlik
harakatlari ortadi, ular oʻyin qoidasini koʻproq darajada buzadilar.
4. Oʻyin jadvalidan yuqoriroq joy olgan komanda oʻyinchilariga qaraganda, quyiroq joy
egallagan komanda oʻyinchilari oʻyin qoidasini koʻp buzadilar. Oʻyin jadvalida oxirgi oʻrinni olgan
komanda oʻyinchilari hatto oʻyinda yutayotgan boʻlsalar ham qoʻpol tajovuzkorona harakatlar
qiladilar.
5. Oʻyin jadvalida 8- va 9-oʻrinlarni egallab turgan komandalar musobaqalashganida, 9-oʻrinni
egallagan komanda oʻyinchilari oʻyin qoidasini koʻproq buzadilar. Ayniqsa, 12- va 13- oʻrinni egallab
turgan komandalar oʻyinchilari 8- va 9-joyni egallagan komanda oʻyinchilariga qaraganda oʻyin
qoidasini koʻp martalab buzadilar.
Yaxshi natijalarga erishgan komanda oʻyinchilari chempionatda yutqazishdan yoki yuqori
oʻrindagi joyini yoʻqotishdan choʻchib, gʻayrat bilan oʻynaydilar, lekin musobaqada tajovuzkorona
harakatlarni takror va takror sodir etadilar. Shuningdek, yuqori natijalarga erishayotgan komanda
oʻyinchilari chempionatda yutqazishdan yoki yuqori oʻrindagi joyini yoʻqotishdan qoʻrqishib, kuchli
oʻyin koʻrsatishga harakat qiladilar. Shu bois ular oʻyinda tajovuzkor harakatlarga koʻp martalab yoʻl
qoʻyadilar. Shu komandadan pastroq joyni egallagan komanda oʻyinchilari jadval oxiriga tushib
qolishdan qoʻrqqanidan, oʻyinda tajovuzkorlik va doʻq-poʻpisani koʻp martalab sodir etadilar.
Shundan ma’lumki, musobaqa jarayonida oʻyinchilarning tajovuzkor harakatlari, doʻq-poʻpisa
qilishlari va ayrim hollarda oʻyin qoidasini buzishlari tabiiy hodisadir. Musobaqada oʻyin qoidasining
buzilishi asosan quyidagi toʻrt xil vaziyatda vujudga kelishi aniqlandi: 1) komandaning yutishi yoki
yutqazishi; 2) oʻyin oʻzining yoki boshqa komandalar maydonida oʻynalishi; 3) ochko va toʻplar farqi,
ya’ni birining ikkinchisidan yuqori boʻlishi; 4) komanda oʻz raqiblariga nisbatan oʻyin jadvalidan joy
olganligi.
Koʻpgina sport turlarida sportchilarda uchraydigan tajovuzkorlikni boshqarish murabbiyning
asosiy vazifasidir. Murabbiylar sportchilardagi jismoniy kuchni toʻpga, nayzaga, raqibga yoki boshqa
ob’yektga toʻgʻri yoʻnaltirishga odatlantirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |