ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
66
haddan ortiq mutlaqlashtirilishi, ikkinchi tomondan esa, aksincha, bu qadrning mutlaqo e’tiborga
olinmasligiga sabab bo’ladi. Xullas, qadrlash me'yorining buzilishi, har qanday holatda ham
qadrsizlanishning asosiy sabablaridan biridir”. [3. B 82.]
Shu o’rinda yarim-yalang’och Barbilarlarning liboslari, soch turmaklari qizaloqlarning go’zallik
haqidagi ilk qarashlarining noto’g’ri shakllanishiga olib kelishi, hattoki balog’atga etgan ayrim qizlar
Barbilarning qomatiga mahliyo bo’lib, taqlid qilishlari oqibatida turli kasalliklarga chalinayotganliklarini
ham unutmaslik lozim. Bu dizaynda axloqiy jihatlari ham e'tibordan qolmasligini taqozo etadi. Dizaynerlik
ixtirolari, shakllari inson va jamiyatni ezgulikka jalb qilganidek, yovuzlikka ham chorlashi inson
faoliyatida destruktiv xususiyatlarni yuzaga chiqarishi mumkin ” [4; s.4].
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy asosining o’zgarishi yangi ehtiyoj va talablarni kelib chiqishi, yangi
materiallarning yaratilishi va texnologiyalarning yangilanishiga ham ta'sir ko’rsatadi. Bu o’z o’rnida
inson maishiy hayotining muhim tarkibiy qismi bo’lgan buyumlar shaklining bu talablarga mos bo’lishi
vazifasini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, XXI asr sur'ati va globallashuv jarayoni insonning qulaylik va
foydalilikka bo’lgan talabini kuchaytirib, moddiy olamning ixchamlashuvi, mobillashuviga olib
kelmoqda. Bu esa dizayn oldiga har qanday qayotiy va ishlab chiqarish jarayoniga mos optimal
mahsulotlar assortimentini yaratish, buyumlar olami oqilona talablar, real ehtiyojlarga mos va
maqsadga muvofiq bo’lishi, insonni qurshab turgan moddiy olamda uyg’unlik, qaror toptirishning
zaruriy yo’llarini topish vazifasini qo’ymoqda. Bu vazifaning bajarilishi esa faqat dizayner emas balki
iste'molchiga ham bog’liqdir. Iste'molchi yoki xaridor o’z didiga mos narsani tanlaydi, xarid jarayoni
tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo’lishi uchun tovarning shakli
muhim ahamiyatga ega. Avvalo chiroyli, sifatli, qulay narsalargina xaridor e'tiborini tortadi. Shunda
tovarning umumezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro’y beradi va u ishlab
chiqarishning xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik ta'sirini ta'minlaydi.
Demak, biz ishlatadigan buyumlar bizning didimiz, dunyoqarashimizni ko’rsatishi bilan birga,
dunyoqarash va didimiz eng zamonaviy buyumlar, texnikaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Shuning
uchun mobil telefonlar, televizor, muzlatkich va shu kabi maishiy buyumlarning necha-necha avlodi
yuzaga kelgan. Ular yildan- yilga qulay, ixcham, chidamli, ko’rkam va texnologik jihatdan tejamli bo’lib
bormoqda. Bunga erishish uchun utilitar va estetik xususiyatlar chambarchas bog’liq bo’lishi lozim. Utilitar
deganda narsa va buyumlarning- foydalilik, funksionallik, qulaylik, texnologik tejamlilik va konstruktiv
xususiyatlari, estetik esa go’zallik, nafislik, badiiylikni o’z ichiga oladi. “Dizayn nazariyasini madaniyat
tizimidan ayri holda emas uning tizimida, predmetli faoliyat, loyihalash faoliyati, san'at va texnika bilan
aloqadorlikda, inson hayoti va faoliyatning barcha sohalarida tabiiy tovar va mahsulotlarini ommaviy
ishlab chiqarish va ommaviy iste'moli, ikkalamchi tabiat-sun'iy atrof-muhit, predmetli-makon bilan
birgalikda tahlil etish lozim” [5; s.23]. Bugungi kunda dizayn mehnat vositalaridan tortib ishlab chiqarish
jarayonining moddiy shart-sharoitlarini ham o’z ichiga oladi. U ishlab chiqaruvchining ish faoliyati,
mehnat sharoitiga ta'sir ko’rsatadi, mashina-yu uskunalarni yangilash, yaxshilashdan tortib, ularning ish
joylarida estetik muhitni yaratish, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishini ta'minlashni ham
o’z oldiga qo’yadi. Dizayn inson mehnat sharoitini yaxshilash orqali mehnat jarayonini quvonchli qiladi,
buning natijasida mehnat samarasi oshadi, sifatli, chiroyli buyumlar yuzaga keladi. Demak, insonning
sog’ligini himoyalash, estetik didini tarbiyalash, ularning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit
yaratib berish orqali dizayn jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo’shadi. Ko’rinib turibdiki bu jarayon bir-
biri bilan uzviy bog’liq. Jamiyat ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti dizaynga, dizayn taraqqiyoti jamiyat
madaniyati yuksalishiga ta'sir ko’rsatadi. Bu dizaynerlik kasbiga bo’lgan ehtiyojning ortib borayotganida
ham aks etmoqda. “Respublikamiz mustaqillikka erishuvi bozor munosabatlarining shakllanishi, ko’p sonli
kichik va o’rta biznes korxonlarning ochilishi, xalqaro aloqalarning faol yo’lga qo’yilishi bilan dizayn
badiiy ijodning ommaviy turiga aylandi. Shuningdek, dizayn yosh mustaqil davlatimiz madaniy siyosati
doirasiga kirdi. Bu O’zbekiston hukumatining dizayn sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror va
hujjatlarida ham o’z aksini topadi.” [6. B.6]
Zamonaviy dizaynerlarga bo’lgan talab ortib bormoqda, ularning ishtirokisiz bugun to’y-bazmlar,
uylarimiz intererdan tortib sanoat, umuman madaniy hayotimizni tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun,
dizayner o’zi xizmat ko’rsatayotgan madaniy qatlamning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini bilishi, estetik
bilimlarni ham egallagan bo’lishi taqozo etiladi. U yaratayotgan narsa-buyumlarning inson uchun qulay,
kerakli, foydali, zamonaviy, ayni paytda axloqiy qadriyatlarimizga ham mos kelishi lozim. Buyumlar
muhitini inson ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlariga muvofiqlashtirish uchun badiiy va ma'naviy-estetik
qadriyatlarni uyg’unlashtirish, ilmiy bilimlarning moddiy reallik bilan bog’liqligi, inson hayot faoliyati
sharoitlarini yaxshilashga qaratilganligini e'tiborga olgan holda, yangi texnologiyalarga tayanish eng
maqbul va kerakli yo’ldir. “Dizaynerlik faoliyatining asosiy va o’ziga xos xususiyati morfologik va
Do'stlaringiz bilan baham: |