Paradigms of social services and the professional essence of their use
Abstract.
This article considers the emergence of social services as one of the phenomena that
ensure the development of society based on various paradigms based on certain doctrines, their social,
economic, cultural and legal factors, the development of a market economy, social and scientific
achievements. As a result of its implementation, there is a branching of the social services sector, changes
in the perception of social services in relation to social processes in society.
Keywords:
systemic-ecological, communicative-role, institutional, functional, ethical-axiological,
advisory, vital planning, evohomologic, synergetic, radical humanistic, radical structural, interpretative
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy xizmat tizimi borasida ulkan amaliy tajriba
tо‘plangan. Ijtimoiy xizmat tizimi rivoji ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy omillar hamda jamiyat
hayotida mavjud realliklar bilan bog‘liq bо‘lgan turli kо‘rinishdagi qiyinchiliklar, iqtisodiy muammolar
hamda jismoniy sog‘liqning yо‘qolishi natijasida dolzarblashib boradi. Shu bois, ijtimoiy xizmat sohasi
bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratilib, dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan
ham keng darajada о‘rganilib kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, ijtimoiy xizmat tizimi
rivojlantirishda xalqaro e’tirof etilgan paradigmalarni tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy ahamiyatga ega
bо‘lgan xulosalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ijtimoiy xizmat kо‘rsatishning jamiyat
taraqqiyotini ta’minlovchi fenomenlardan biri sifatida turli paradigmalari ma’lum bir g‘oyaviy va ilmiy-
falsafiy ta’limotlar asosida vujudga kelgan. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, fan va texnika yutuqlarining
ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi natijasida ijtimoiy xizmat kо‘rsatish sohasi tarmoqlashtirildi. Ta’kidlash
lozimki, ijtimoiy xizmat kо‘rsatish haqidagi tasavvur jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq
bо‘lib, ma’naviy va ma’rifiy asoslarga ega. Shu bois uni tadqiq va tahlil etish muhim hisoblanadi.
Ijtimoiy xizmatning faoliyat sifatida ilk kо‘rinishi gо‘daklarning rivojlanishi, keksalarni
moslashuvchanligini ta’minlash hamda turli xil darajadagi nogironlarga g‘amxо‘rlik kо‘rsatish, ular haqida
qayg‘urish shakllarida namoyon bо‘lib, dunyoning rivojlangan mamlakatlarda vujudga kelgan quyidagi
paradigmalar: funksional, radikal-gumanistik, radikal-strukturaviy, interpretativ, evoxomologik kabilar
asosida tahlil etishdan iborat.
Mazkur jarayonda retrospektiv va qiyosiy tahlil, faoliyat mahsulini о‘rganish, kuzatuv, hujjatlarni
о‘rganish kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Tadqiqot obyekti sifatida ijtimoiy xizmat
paradigmalarining nazariy metodologik masalalari tashkil etadi.
Madaniy sivilizatsiya dialektikasi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotida qadimdan ijtimoiy
xizmat kо‘rsatishning turli kо‘rinishlari mavjud bо‘lgan. Bunda, madaniy, jamoaviy va an’anaviy kabi
ijtimoiy xizmat kо‘rsatish turlarini keltirib о‘tish mumkin.
Ijtimoiy xizmat kо‘rsatish jarayoni insonga xos faoliyat turi hisoblanib, uning zamirida ma’naviy-
kognitiv konseptlar ifodalangandir. Ijtimoiy xizmat kо‘rsatish hayotiy turli kо‘rinishdagi qiyinchiliklar,
iqtisodiy muammolar hamda jismoniy sog‘liqning yо‘qolishi natijasida dolzarblashib boradi. Ijtimoiy
xizmat kо‘rsatish bevosita ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq holda rivojlanib bormoqda. Bu borada Prezident
SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yо‘l
turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz о‘qib-о‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak,
zamonaviy bilimlarni egallab, о‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz
о‘zgaradi» [1].
Ijtimoiy xizmat ijtimoiy institut sifatida insonlar hayotining mazmunli kechishini ta’minlab,
ehtiyojni (talabni) qondirish natijasida vujudga kelgan. Ijtimoiy xizmatning tarixi umuman olganda
etnogenetik muammolar bilan bog‘liq bо‘lib, immanent mazmunga egadir. Faylasuf olima
Do'stlaringiz bilan baham: |