Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
48 
turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va 
yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh oilalarni ma’naviy va moddiy 
jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo’yicha 
kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro’yobga 
chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish ham 
davlatning yoshlarga oid olib borayotgan siyosatida muhim o’rin tutadi. 
Hozirgi davrdagi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda yoshlar hayotida qayta 
tiklanib borayotgan milliy qadriyatlar va an’analar bilan bir vaqtda xorijiy innovasion o’zgarishlarning 
kirib kelishi va islohotlarni yanada chuqurlashishi natijasida paydo bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy 
qadriyatlarni tezlik bilan o’zgartirishga bo’lgan talablarning paydo bo’lishi, yoshlar ongidagi ma’naviy va 
ruhiy yangilanishlarning shiddat bilan kechishi yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishni dolzarb 
masala sifatida kun tartibiga qo’ymoqda. O’zbekistonning barqarorligini ta’minlashda ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini teran tushunib 
yetadigan, jamiyatning buguni va istiqboli uchun jon kuydiradigan, elim va yurtim deb yonib yashaydigan 
fidoyi, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularning g’oyaviy tarbiyasi, ijtimoiy-siyosiy bilimlari darajasini 
yuqori darajaga ko’tarish yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Yoshlar O’zbekiston aholisining katta va faol ijtimoiy qatlami bo’lib xisoblanadi. Yoshlarda faol 
fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish ularda mustaqil fikr, mustaqil ong, mustaqil qat’iyatni shakllantirish 
asosida amalga oshirilib, bu qat’iyat ularning hayotiy maqsadlarga intilishi asosida shakllanadi, 
mustahkamlanadi, ota-onasi, elu yurti, xalqi, hayot, tabiat, jamiyat va Vatan, dinu e’tiqodi oldidagi burchi 
va mas’uliyatini ifodalaydi, ularning oldidagi javobgarlik tuyg’usidan kelib chiqadi. Yoshlarning ijtimoiy 
faolligini oshirish, ularda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish g’oyaviy-mafkuraviy ishlarni kuchaytirish, 
milliy g’oya va mafkurani yoshlarning ongi va qalbiga singdirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash 
asosida amalga oshiriladi. “Milliy g’oyani yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish orqali ularda 
mafkuraviy immunitet hosil qilish davr talabi. Bu bir zumda, birpasda amalga oshadigan jarayon emas. 
Bunda har bir kishining faolligi, omilkorligi talab etiladi. Uning amalga oshirilishi esa O’zbekistonning 
salohiyatini yuksaltiradi, kelajagi buyuk davlat barpo etishga yordam beradi, odamlarimiz e’tiqodini 
mustahkamlaydi” [2]. 
Bugungi kunda O’zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, ularda fuqarolik mas’uliyatini 
shakllantirish masalasiga bo’lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Yoshlar kuchli salohiyat va g’ayrat-shijoat 
sohiblari bo’lib, ana shu salohiyatni faqat Vatan ravnaqi, jamiyat manfaati, yurt tinchligi va xalq 
farovonligi uchun yo’naltirib borish qo’yilgan maqsadlarga erishishga zamin yaratadi. Yoshlarning jamiyat 
barqarorligini ta’minlashdagi faolligini oshirish, ularda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish jarayonida 
quyidagi mezonlarga asosiy e’tibor qaratiladi:
- yoshlar o’rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda yurt tinchligi, Vatan mustaqilligini 
mustahkamlashda faol qatnashish yoshlar uchun vijdonan bajarilishi zarur bo’lgan vazifa sifatida e’tirof 
etiladi. Yoshlar fuqarolik mas’uliyati asosida yurt tinchligi, Vatan mustaqilligini mustahkamlashda faol 
qatnashishga da’vat etiladi; 
- yoshlar ongiga baynalmilalchilik, bag’rikenglik, o’zaro ishonch, milliy va diniy totuvlik, ijtimoiy 
hamkorlik tamoyillarini singdirish masalasiga e’tibor kuchaytiriladi; 
- yoshlarda Vatan sarhadlarini himoya qilish, uning ichki va tashqi dushmanlariga qarshi 
kurashish, o’zining ma’naviy va ma’rifiy salohiyati bilan “jaholatga qarshi ma’rifat” asosida Vatan 
ravnaqiga xizmat qilish ko’nikmalari shakllantiriladi; 
- mahalla, oila, jamoat joylarida odamlarni, yoshi ulug’larni hurmat qilish, milliy qadriyatlarni 
e’zozlash, o’zbekona axloqqa zid bo’lgan turli xatti-harakatlarni qilmaslik ko’nikmalari singdiriladi; 
- jamiyatda uchraydigan korrupsiya, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik kabi illatlarga qarshi 
kurashish, ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish, tabiatni asrab-avaylashga oid tarbiyaviy ishlarni amalga 
oshirish ham yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. 
Yoshlarda fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish jarayoni davlat va jamoat, ta’lim-tarbiya, 
ma’naviy-ma’rifiy muassasalar orqali olib borilib, doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
Jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonlarida yoshlarda fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy-siyosiy 
faollikni yuksaltirish masalasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir: 
- bugungi kunda inson qalbini egallashga qaratilgan salbiy g’oyaviy jarayonlarning mavjudligini, 
ularning yoshlarda loqaydlik, ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan bosh tortishga undashga yo’naltirilganligini 
hisobga olib, jamiyatda siyosiy targ’ibot ishlari uzluksizligini ta’minlash; 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish