Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
26 
jadvaldagi o‘rni va xossalarini oldindan aytib bergan. Bu elementlar keyinchalik topilgan: galliy (1875), 
skandiy (1879), germaniy (1886). Fanga ma’lum bo‘lgan 92 ta elementning 29 tasi mo‘ljallash, tusmollash, 
bashorat asosida kashf etilgan».
Ayni paytda B. Rasselning fikrlari ham diqqatga sazovor. U ba’zan o‘zini ijodiy ishga zo‘rma-
zo‘raki majburlashlar hech qanday natija bermagani va o‘zida g‘oyalarning etilishini kutish zarurligini 
anglab etganligini ta’kidlaydi: «Men kitob ustida ishlayotganimda, uni tushimda deyarli har kuni ko‘raman. 
YAngi g‘oyalar paydo bo‘ladimi yoki eskilari jonlanadimi, buni bilmadimu, ko‘p hollarda men butun 
boshli sahifalarni ko‘raman va uyquda ularni o‘qishim ham mumkin». Zigmund Freydning fikricha, «tush – 
ro‘yobga chiqishga intilayotgan orzu-armonlar tiqilib yotgan g‘ayriixtiyoriylik tomon yo‘nalgan shohona 
yo‘ldir». 
Taniqli fiziolog hamda psixolog V. M. Bexterevning izohlashicha, bunday kutilmagan jarayonlar 
ro‘y berishining asosiy sababi uxlashdan oldin o‘rganilayotgan masala borasida zo‘r berib bosh qotirish, 
o‘ylash va butun zehn, diqqat-e’tiborning jalb etilishi, hal qilinishi zarur bo‘lgan masalaga to‘la-to‘kis 
yo‘nalishdan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan, murakkab, barqaror ruhiy holatning hukm surishidir. 
SHuningdek, mazkur ruhiy faoliyat hushyorlikdagi aqliy faoliyatdan sifat jihatdan samaraliroq bo‘lishi 
mumkin. Nazarimizda, ijodkor muammo ustida tinimsiz mantiqiy faoliyat olib borib, aql-hushi shu 
muammo bilan band bo‘lgan bir sharoitda navbatdagi uyquga ketsa, uyquda intellekt o‘z o‘rnini 
intuitsiyaga bo‘shatib berishi oqibatida kutilmaganda muammoning echimini topadi.
Uyqu paytida miyaning ongsiz faoliyatida «sirli» oldindan ko‘rish quvvati mavjud bo‘lib, u orqali 
ba’zi kishilar kashfiyot va muhim voqealarning darakchisi bo‘ladi. Biroq inson ko‘p yillik bilim, malaka, 
ko‘nikmalarga ega bo‘lganidan keyin tajriba va bilim asosida kelajakning ba’zi elementlarini bashorat 
qilishi mumkin. 
Pirs ta’biricha, inson o‘z tajribasi va harakati girdobiga shu darajada kirib ketganki, pirovardida 
mazkur girdob chegarasidan butunlay chiqa olmaydi. Bunda biz ongsizlikdagi tush ko‘rish holatini 
kuzatishimiz mumkin. Pirsning izdoshi bo‘lgan Jeymsning falsafiy ta’limotida inson ruhiy faoliyatining 
tabiatini tadqiq etishga urinish etakchi o‘rinlardan birini egallagan. Jeyms falsafiy muammolariga ob’ektiv 
mazmundan ko‘ra sub’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlar, birinchi galda kishining sezgilarini birinchi 
o‘ringa qo‘yadi. «Sezgilar reallikning yoki olamning ma’lum bir qismini tashkil etadi», – deb yozadi u. 
Betxoven haqida so‘z ketganda, uning daholigi ilohiy intuitsiyaning namoyon bo‘lishidadir, deb 
aytishimiz mumkin. Betxoven kar bo‘lishga qaramay, samoviy musiqa ohanglarini qalban his etgan, koinot 
garmoniyasini eshitgan va o‘z simfoniyalarini yarata olgan.
Ruhiy yo‘nalish olim va ijodkorlar faoliyatini namoyon etuvchi muhim omil hisoblanadi. A.S. 
Karmin shuni nazarda tutib, haqli ravishda quyidagi ta’rifni keltiradi: «Ijod etish jarayonida ijodkorning 
ilmiy qobiliyatini diqqat markazga qo‘yib, uni echishga ruhiy yo‘nalish (ustanovka) katta ahamiyatga ega». 
Agar ijodkor uchun yangi hissiy obraz, tushunchalarni hosil qilish lozim bo‘lsa, buning natijasida avvaldan 
shunga o‘xshash tushuncha, hissiy obrazlarni yaratishga zamin bo‘lgan muhit va yo‘llanmani izlaydi. 
Ijodkor shu ko‘rsatma doirasida irratsional muammo ustida ishlaydi. Oldingi tajribadan unga ma’lum 
darajada xizmat qilgan evristik g‘oyalarni ishlatishga intiladi, ko‘p hollarda masalaning echimiga intuitiv 
tarzda yondoshadi. Masalan, Balьzak uchun kunduz kuni xonani qorong‘i qilib shamni yoqib qo‘yish, 
SHiller uchun esa oyog‘ini sovuq suvga solib o‘tirish ruhiy yo‘llanma vazifasini bajargan. Ruhiy ko‘rsatma 
ijodkorlarga ilhom keltirish manbai bo‘lib xizmat qilgan. Lekin bu ko‘rsatma muammoni hal etish uchun 
etarli emas. 
Ilmiy ijod jarayonida, umuman insonning bilish faoliyatida ruhiyatidagi barcha jihatlar, jumladan 
ratsional, irratsional qism va unsurlar faol ishtirok etadi. Ilmiy ijodiyotda irratsional tafakkur mantiqiy 
ratsionallik bilan birga o‘zining turli ko‘rinishlari: ruhiyatdagi ong osti ruhiy jarayonlar, ruhiy ko‘rsatma, 
intuitsiya, tush ko‘rish paytida sodir bo‘lgan irratsional tafakkur, spontan xayol qilish orqali namoyon 
bo‘lishi natijasida fundamental tadqiqotlardagi ilmiy yangilik, kashfiyotlar va ixtirolarning yuzaga 
kelishida katta rolь o‘ynaydi.
Amerikalik psixolog B. Kennonning fikricha, intuitiv fikrlash har bir ijodkorda ham 
kuzatilavermaydi. 322 nafar olim o‘rtasida so‘rov o‘tkazilganida ularning 33 % ijod jarayonida echim 
intuitiv ravishda kelishini, 50% hech qachon bunday holat kuzatilmaganligini, qolgan 17% esa intuitsiya 
to‘g‘risida umuman hech narsa bilmasligini ma’lum qilgan. Ammo Kennon ilmiy ijod jarayonida 
echimning to‘satdan, intuitiv ravishda paydo bo‘lishi uchun imkon beradigan sharoitlarni hisobga 
olmayotganga o‘xshaydi. 
Xulosa qilib aytganda, muammoning echimini izlashda ilmiy ijodda nafaqat tush, balki tasavvur, 
diqqat, xotira, fahm-farosatning ham o‘rni ahamiyatli. Bilish jarayoniga bog‘liq bo‘lgan tasavvur, xotira, 
diqqat, fahm-farosat, ong, ongsizlik, ong osti sohasi, insayt, tafakkur, ratsional tafakkur, irratsional tafakkur 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish