ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
33
ma’naviyati va nozik didiga zid bo‘lgan, yuzaki, noo‘rin taqlidga asoslangan hatti-harakat va liboslar
xurujidan saqlash dolzarb masaladir.
Mamlakatimizda har ikki yilda o‘tkazilishi an’anaga aylanib qolgan «SHarq taronalari» xalqaro
festivalining uzluksiz ravishda o‘tkazilib kelishi xalqimizning bezavol san’at namunalaridan
bahramand bo‘lishga, ularni asrashga va kelajak avlodga etkazib berishga qaratilgan mantiqiylikning
negizidir. Bunday festivallarning ko‘plab tashkil etilishi turli millat vakillarining birlashishiga, milliy
san’atlarini nafaqat O‘zbekistonga balki butun jahonga yoyilishiga katta xizmat qiladi. SHu boisdan
san’at inson ongi va shuurida kechayotgan jarayonlarni ifoda etish bilan barobar yoshlarni
ilhomlantirish, ijtimoiy hayot va voqelikka nisbatan zavqlanish fazilatlarini ham tarbiyalash qudratiga
ega. Ayniqsa, millat va mamlakat hayotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgan, o‘zgarayotgan, millatning
o‘zligini anglashi, yoshlarning milliyligini idrok etishi sodir bo‘layotgan bir davrda san’at
millatlarning maqsadlari ro‘yobga chiqishida asosiy rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda yoshlarning madaniy merosimiz bilan yo‘g‘rilgan millatlararo munosabatlari
umumbashariy ma’naviy madaniyatning milliy san’atimizni yanada serjilo qirralarini namoyish
etishlarida katta yordam bermoqda. Bunday ijodiy hamkorlik yoshlarning intellektual saviyasini,
dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, rivojlantirib bormoqda.
Yoshlarning millatlararo munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etadigan mafkura va estetik
g‘oyalar bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyot, teatr, kino va televidenielardan tashqari shunday badiiy ijod
namunalari ham borki, ular bevosita mafkuraviy yukni ko‘tarmasa ham o‘zining milliy-ma’naviy
ildizlari, ahamiyati bilan turli xalqlar badiiy-ma’naviy madaniyati shakllanishida juda katta rol
o‘ynaydi. Masalan, “necha asrlardan buyon dunyoni hayratga solib kelayotgan Misr ehromlari,
SHahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bibixonim, Registon maydonidagi madrasalar majmui,
Tojmahal yodgorligi, Eyfel minorasi, qanchadan-qancha san’at va madaniyat durdonalari – barchasi
ana shunday bunyodkorlik namunasidir. Bunday mo‘‘jizalar bizning madaniy merosimizda, Xiva,
Buxorodagi betakror obidalarimizda, mumtoz san’at asarlarimizda yuksak axloqiylikka asoslangan
urf-odat va an’analarimizda o‘z aksini topgan”[13. 52].
Xulosa qilib aytganda, millatlararo munosabatlarda yoshlarning tarbiyasida san’atning rolini
kuchaytirish, yuksak madaniy merosni insoniyatga targ‘ib qilish dolzarb hisoblanadi. Bugungi
ma’naviy hayotda katta ijtimoiy kuch hisoblangan yoshlarning millatlararo munosabatlari estetik
tafakkurni zamona talablari asosida shakllantirish muhim ijtimoiy jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |