ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
35
ko‘rinadi. Ammo ularning ijodi, ijtimoiy-falsafiy va antropologik merosi hadislardagi diniy-falsafiy,
ma’naviy-axloqiy qarashlarga uyg‘un, yaqin ekanini ko‘rsatadi. M.Buber hadis ilmi, hadislar bilan maxsus
shug‘ullangan, G.Marsel esa “diniy ekzistensializm” g‘oyasini isaviylikdagi antropologik merosdan keltirib
chiqargan. Qur’oni karim va hadislarda Iso payg‘ambar ta’limoti ko‘p martalab tilga olinadi.
M.Buber va G.Marsel hadislarga bevosita murojaat qilmaydilar (har holda bizga ma’lum asarlarida
bu kuzatilmaydi), lekin ular ilgari surgan antropologizm va teotsentrizmga oid fikrlarda bizga yaqin
mavzular uchraydi. To‘g‘ri, bu Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asari yoki ulardagi hadislar
Yevropa faylasuflariga bevosita ta’sir etgan degan xulosa chiqarishga asos bo‘lolmaydi. Aslida bu boshqa
qiyosiy tadqiqotni talab etadigan mavzudir. Biz aytmoqchi bo‘lgan fikr shundaki, hadislardagi inson va
uning ma’naviy-axloqiy dunyosi borasidagi qarashlarni o‘rganar ekanmiz, ularning bugungi insonga ham
taalluqli ekanini unutolmaymiz. XX asrdagi falsafiy-antropologik izlanishlar esa bevosita M.Buber va
G.Marsel nomlari bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bu o‘rinda ular asosan G.Marselning “diniy
ekzistensializm”i va falsafiy antropologik qarashlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Bu
bizga Imom Buxoriy asarlaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlarning hozirgi davrda, falsafiy-antropologik
ta’limotlarning shakllanishida qanday o‘rin tutishi mumkinligini anglashga yordam beradi.
M.Buber falsafiy-antropologik izlanishlari markaziga tabiiy dunyoda bo‘lmagan “Men”dagi dunyo
(“Mir v cheloveke”) muammaosini qo‘ydi. U egoizmga yetaklovchi “Men”ni ham, jamoat ichidagi
“Men”ni ham yetarli emas, balki haqiqiy “Men” “Men”dagi dunyoda, degan falsafiy-antropologik xulosaga
keldi. Ammo uning ushbu xulosasi “Men” va Xudo konsepsiyasi ichidadir. Inson uchun boshqa “Men”lar
bilan ham, Xudo bilan ham aloqalar zarur, boshqa “Men”lar individlar o‘rtasidagi konfrontatsiyani, Xudo
bilan aloqa esa Butun bilan murosani, uyg‘unlikni keltirib chiqaradi. Inson ushbu ikki ko‘rinishdagi
aloqalarsiz yashay olmaydi. Xudo esa Platon va Kant talqinidagi qandaydir g‘oya emas, balki “ma’naviy-
ruhiy reallikdir” [4, 148 b.], chunki unga insonning ma’naviy-ruhiy dunyosi muhtoj, u inson ma’naviy-
ruhiy dunyosining ifodasi, in’ikosidir.
M.Buber Xudo “ma’naviy-ruhiy reallik” deganida isaviylik dogmatikasidan kelib chiqqan. Uning
fikricha, “Zohidlik ham Xudoga olib bormaydi, foniy dunyoga berilish ham. Faqat dunyo Xudoda ekanini
ko‘rgan inson ilohiylik borligini topadi” [4, 190 b.]. “Mavjud borliqqa bog‘lanib, Xudoni topish mumkin
bo‘lmasligidek, o‘sha borliqdan voz kechib ham Xudoni topib bo‘lmaydi. Faqat butun borlig‘idagi
“Men”ga kelgan, ushbu “Men”da borliq mohiyatini ko‘rgan izlamay bo‘lmaydigan Xudoni topadi” [4, 190
b.]. Bu o‘rinda teotsentrizm bilan antropotsentrizm uyg‘un keladi, “Men” esa antropologik yondashuv
ifodasidir, u Xudoga qarshi, egotsentrik ob’ekt (sub’ekt) emas. “Men”siz esa hech qanday ma’naviy-
axloqiy imperativlar, qadriyat va fazilatlar haqida so‘z yuritib bo‘lmaydi. Insonning ma’naviy-axloqiy
dunyosi esa “Men” va “U (Xudo)” va “Men” va “Boshqa “Men”lar o‘rtasidagi aloqalar ifodasidir.
G.Marsel ham inson “Men”iga e’tibor qaratadi, diniy-ekzistensial falsafaning insonning ichki,
ma’naviy-ruhiy olami bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. U hatto ilmiy iste’molga “penetratsiya”, ya’ni “chuqur
ichki kechinma” degan kategoriyani olib kiradi [4, 190 b.]. Ha, chuqur ichki kechinmalargina ekzistensial
borliqni “Men” va “U (Xudo)” orqali anglashga, ushbu munosabatlardan mangulik, hayot, kelajak uchun
zarur qadriyatlar izlashga undaydi. Bu taqdirda “U (Xudo)”ning borligi yoki yo‘qligi emas, balki insonning
ma’naviy-ruhiy izlanishlariga ekzistensial mohiyat beruvchi izlagnishlari muhim ahamiyatga ega. Agar
shunday izlanishlar ro‘y bermasa, ya’ni inson “Men”i bilan “U (Xudo)” o‘rtasidagi aloqalaridan o‘zi uchun
dolzarb bo‘lgan ma’naviy-axloqiy ahamiyatga ega javoblar topilmasa, uning umrini besamar topishi
shubhasizdir. Shunday pessimistik xulosaga kelmasligi uchun ham insondagi ma’naviy-axloqiy
barkamollikka undovchi, hatto zamon va makonda cheklangan, nisbatan noaniq, irratsional izlanishlarni
qo‘llab-quvvatlash lozim.
Islom dogmatikasidagi bosh teotsentrik g‘oya Allohning borligiga va yakkaligiga, Muhammad
payg‘ambar Uning Rasuli ekaniga ishonch, e’tiqod keltirish tashkil etadi. Ushbu g‘oya ma’naviy-axloqiy
hayotda, ya’ni ezgulik va yovuzlik, mehr va qahr, adolat va adolatsizlik, halol va harom, iymon va
iymonsizlik, savob va gunoh, hayo va hayosizlik, sabr va sabrsizlik, ixtiyor va majburlash kabi hollarda
qanday namoyon bo‘ladi yoki ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni, antogonizmni qanday hal qiladi? Umuman
islom dogmatikasidagi beshta rukn, shartning inson ma’naviy-axloqiy dunyosidagi o‘rni, imperativ
xususiyatlari nimalardan iborat? Mazkur savollar tadqiqotchilar diqqatini ko‘pdan beri jalb qilib keladi, bu
borada, turli fikrlar bildirgan diniy-falsafiy, sotsioantropologik va sotsiologik konsepsiyalar ilgari surilgan.
Biz ularga Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asaridagi hadislar doirasida javob berishga harakat
qilamiz.
Islomda ezgulik va yovuzlik eng avvalo Allohga va Uning Rasuliga bo‘lgan munosabat orqali
qaraladi. Imom Buxoriy hadis keltiradi: “Kimki quyidagi uch xislatga ega bo‘lsa, iymon halovatiga
erishgusidir: Olloh taolo birlan uning Rasulini barchadan ham yaxshi ko‘rmoqlik, birovni yaxshi ko‘rsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |