Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
28 
Yurtimizda yoshlarni tarbiyalash jarayoni tarixan shakllanib kelgan ajdodlarimizning milliy va 
umuminsoniy qadriyatlari negizida rivojlanib kelmoqda. Zaminimizda azaldan bir qancha millat va elat 
vakillari bir maqsad sari birlashib, shu yurtning kelajagi bo‘lgan yoshlarni voyaga etkazishda yakdil 
bo‘lganlar. SHu asosda O‘zbekiston amalga oshirilayotgan madaniy sohadagi demokratik islohotlardan 
ko‘zlangan maqsad har bir o‘sib kelayotgan avlodning yuksak ma’naviyatga erishishi uchun shart-sharoitlar 
yaratish, ijtimoiy hayotda mukammal shaxsni shakllantirish, o‘tmish qadriyatlarini mujassam etgan kelajak 
yoshlarini tarbiyalashdir. YOshlar dunyoqarashida ijtimoiy-estetik hayotning asl mohiyatini ifodalaydigan, 
millatlararo munosabatlarda san’atning rolini chuqur anglab etadigan jamiyat barpo etilmoqda. SHunday 
milllatlararo hamjihatlikni ko‘zlagan ko‘pmillatli O‘zbekstonda yagona maqsad sari intilish, turli millat 
yoshlarning kelajagi o‘ylash Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qarashlarida aks etgan edi. U kishi 
yoshlarda millatlararo munosabatlarga bo‘lgan qiziqish va dunyoqarashini ta’kidlar ekanlar “bunday ezgu 
intilish, bunday harakatlarning negizida ayni paytda bizning millatimiz va xalqimizga mansub bo‘lgan 
bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlari, shu bilan birga, mustaqillik yillari davomida yurtdoshlarimiz 
dunyoqarashining tubdan o‘zgargani, avvalo yosh avlodimizni tarbiyalash va ma’naviy yuksaltirish yo‘lida 
qilayotgan barcha-barcha ishlarimiz o‘z ifodasini topgan” [1. 161], degan edi. Biz yoshlarimizning boshqa 
xalq va millatlar bilan doimo do‘st va inoq bo‘lishi, ularning ma’naviy olamida hamjihatlik, estetik 
tafakkurida o‘zaro hamkorlikka asoslangan insonparvarlik tuyg‘ulari shakllanishi uchun doim intilamiz.
Ayni paytda O‘zbekistonda milliy g‘oya tamoyillari negizida fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan 
bir davrda millatlararo munosabatlarda san’atning yuksak ma’naviyatga asoslanishini ommaga etkazish, 
madaniy merosimizning diniy va dunyoviy dunyoqarash bilan uyg‘unligini ta’minlash dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. Jamiyatda yoshlar ongini estetik tafakkur bilan boyitish, ijtimoiy va madaniy sohalardagi 
barcha islohotlarda san’atning millatlar taraqqiyotiga ta’sirini ochib berish, ajdodlarimizning milliy tajriba 
va ko‘nikmalarini bugungi kun ro‘yobiga aylantirish dolzarb falsafiy-estetik masalalardan biriga aylandi. 
Mamlakatimiz fuqarolik jamiyatining yangi bosqichini shakllantirayotgan ekan, yoshlarda hayotga, mehnat 
qilishga, sa’natga nisbatan yangicha millatlararo munosabatlar va yondoshuvlar shakllanmoqda. YOshlarda 
bunday zamonaviy yondoshuv hamda millatlararo munosabatlar tarixiy tajriba va milliy ongning 
taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. SHu boisdan jamiyatda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarda tarixiy va 
milliy ongning madaniy merosga ta’sirini yaxshi anglab etish kerak. YOshlarda voqelikka zavqiy 
munosabatning milliy mezonlari ham mavjud bo‘lib, bunda milliy mezonlarning mohiyati millatlararo 
munosabatlar yo‘nalishiga ta’sir qiladi. Shu tarzda yoshlarning ma’naviy kamolotida, madaniyatida yoshlar 
ijtimoiy-estetik hayotida sodir bo‘layotgan jarayonlardan kelib chiqadigan xususiyatlar shakllanadi. 
O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasining barcha bo‘g‘inlari yangi demokratik andozaga asoslanib, 
evolyusion yo‘ldan ildam borishga intilmoqda. Natijada, ijtimoiy-falsafiy islohotlar bevosita ma’naviy 
islohotlar bilan birgalikda rivojlanmoqda. Jamiyatda yoshlar ruhiyatiga milliy qiyofani millatlarga hurmat 
ruhida singdirish, har bir faoliyatda yoshlardagi bunday tabiiy-estetik g‘ayratning amalga oshishiga halal 
beradigan ayrim ijtimoiy illatlarni, masalan, korrupsiya, ta’magirlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik 
kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish keskin kuchaydi.
Jamiyatda yoshlar milliy mentalitetidan kelib chiqadigan millatlararo munosabatlarni belgilovchi 
san’atga muhabbat, qadriyatlarni targ‘ib qilish, millatlararo hamjihatlik, insoniylikni e’zozlash, 
mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, poklik, ezgulikka chorlash singari fazilatlar insonni jamiyat hayotidagi 
o‘rnini, millat ma’naviy taraqqiyotidagi rolini, millatiga bo‘lgan ijodiy munosabatlar axloqiy mezonini 
belgilaydi. Axloqning millatlararo munosabatlar va madaniy meros tizimidagi rolini Abdulla Avloniy 
shunday yozgan edi: “Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. 
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan 
kitobni axloq deyilur” [2. 11]. Demak, axloq borasidagi fikrlar vaqt va makon bilan hamnafas tarzda doimo 
yangilanib, yoshlar ma’naviy olamida san’at va madaniyatning boyib borishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston huquqiy davlat sifatida har bir millatning tengligi qonun asosida kafolatladi. Jamiyatda 
millatlararo munosabatlar negizida san’at va milliy-ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligi ijtimoiy taraqqiyotning 
belgilovchi tamoyiliga aylandi. SHuning uchun barchamiz hamjihatlikda “huquqiy bilimlarni qonunlarning 
mazmun-mohiyatini ta’lim maskanlari, ommaviy axborot vositalari, Internet resurslaridan, adabiyot, san’at, 
diniy muassasalar imkoniyatlaridan foydalangan holda, samarali usullar bilan targ‘ib qilishimiz zarur” [3. 
84]. 
Jamiyatda bu islohotlar natijasida kelajakda yurtimiz qanday intellektual kuchga egaligi, yoshlarning 
xalqaro maydonda o‘ziga xos madaniy va kasbiy saviyaga erishganligi aks etadi. Shu boisdan millatlararo 
munosabatlarda hamjihatlik va millatparvarlikni rivojlantirish yoshlar tarbiyasida muhim falsafiy-estetik 
ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda amalga oshirilgan ma’naviy islohotlar yoshlarning shaxs sifatida 
ma’naviy-estetik va axloqiy kamol topishini, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini ko‘zda tutadi.



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish