ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2020-yil, 2-son
124
Научно-практическая основа организации обучения специальных дисциплин на
основе проблемной технологии обучения
Аннотация.
В данной статье представлены научные, практические основы, а также
сущность и содержание организации занятий по специальным дисциплинам на основе проблемной
технологии обучения.
Ключевые слова:
проблемная ситуация, проблемные методы, методы исследования,
гипотеза, креативное мышление, мотивация.
Scientific and practical basis for the organization of training of special disciplines on the
basis of problem-based learning technology
Annotation.
This article presents the scientific, practical foundations, as well as the nature and
content of the organization of classes in special disciplines based on the problematic teaching technology.
Keywords:
problematic situation, problematic methods, research methods, hypothesis, creative
thinking, motivation.
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o‘sish sur’atlari dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak
e’tirof etilmoqda. Bu ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion
faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasidir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida innovatsiya va
integratsiyaga asoslangan rivojlanish yo‘liga o‘tish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”
deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida oliy ta’lim tizimi sifatini yaxshilash va yanada rivojlantirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar nazarda tutilgan [1].
Zamonaviy ta’lim - yuksak malakali mutaxassis kadrlarni iste’molchilar talablariga qarab
tayyorlash, talabalarning tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish,
mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o‘rgatishni ta’minlashi kerak.
SHuning uchun ham, tadqiqotchilar va ilg‘or o‘qituvchilar talabalarda o‘quv faoliyatiga ijodiy
yondashishni rivojlantirish yo‘llari, texnologiyalari va usullarini qidirib topmoqdalar. Bugungi kunda ta’lim
jarayonida ijobiy samara berayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalardan biri muammoli o‘qitishdir [2].
Muammoli o‘qitish maxsus ko‘rinishdagi motivatsiya – muammoni yaratishga asoslangan, shuning
uchun, muammoli vaziyatlarni zanjir kabi taqdim etadigan materialni didaktik mazmunini adekvat tuzishni
talab etadi [3].
Muammoli o‘qitish texnologiyasining asosiy vazifasi – talabalarning mutaxassislik faniga oid
bilimlar tizimini va aqliy faoliyat usullarini samarali o‘zlashtirishlariga yordam berish, ularda olgan
bilimlarni kasbiy faoliyatlarida paydo bo‘ladigan yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llay olish, o‘quv
muammolarini yechish ko‘nikmalarini hosil qilish, mustaqil bilim orttirish qobiliyatlarini singdirishdan
iborat.
Fan o‘qituvchisi tomonidan qo‘yilgan muammoni hal etish jarayonida talaba ma’lumotlarni qayta
ishlabgina qolmaydi, balki ularni o‘zlashtiradi va o‘zi uchun yangi bilimlarni kashf etadi. Muammoli
o‘qitishning asosiy mohiyati va afzalligi shundaki, o‘qituvchi ta’lim usullari (muammoli savollar qo‘yish,
gipotezalarni ilgari surish va ularni tasdiqlash yoki rad etish, talabalarga «yordam so‘rab» murojaat etish va
boshqalar) orqali ularni ijodiy fikrlashga va munozaraga chorlaydi.
Muammoli ta’lim texnologiyalarida muammoli vaziyat yaratish, savollarni to‘g‘ri qo‘ya bilish va
ularning yechimini guruh bilan birga va yakka holda izlash katta ahamiyat kasb etadi [4].
Muammoli o‘qitishning mohiyati shundaki, talabalar o‘zlari muammoni mustaqil yechishlari
kerak. SHu sababli ham, o‘quv materiallari va topshiriqlar tizimi shunday tuzilishi kerakki, ular asosan
mustaqil fikr yuritishga va o‘rganishga qaratilishi lozim.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda muammoli vaziyatni o‘rganish fan
mavzusiga oid materialni
tahlil qilishda talaba shu vaziyatga o‘zi kirishishi, uni tushunishi, baholay olishi kerak. Ushbu holatda
talaba qanday muammo borligi va qo‘yilayotgan muammoning mohiyati nimada ekanini aniqlashi lozim,
muammoni hal etishdagi o‘zining roli va bunda o‘zini qanday tutishi kerakligini belgilashi kerak.
Mutaxassislik fanlardan muammoli vaziyatni qo‘yish: tayyorlov, tanishuv, tahlil va yakuniy qaror qabul
qilish kabi bosqichlarga bo‘linadi [5].
Tayyorlov bosqichida o‘qituvchi maqsadni belgilab, kerakli vaziyatni rejasini ishlab chiqadi, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |