1-rasm.
Mutaxassislik fanini muammoli o‘qitish texnologiyasining blok-sxemasi
Keltirilgan blok-sxemaga muvofiq, mutaxassislik fanini
muammoli o‘qitish jarayonida o‘qituvchi,
avvalo mutaxassislik fan bo‘yicha muammoli vaziyat yaratadi, mavzu muammosiga oid savollar qo‘yadi,
muammoli vaziyatni tashkil etadigan masalalar va topshiriqlarni taklif etadi, kichik guruhlarda muammoli
MUTAXASSISLIK FANINI MUAMMOLI O’QITISH
Maxsus fan mammoli vaziyatlar tavsifi.
(mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar)
Kichik guruhlarga bo’lish
Qo’yilgan muammoning ifodalanishi
n - kichik muammo
Muammoning sabab va
oqibatlari
Kichik muammo
yechimi
2 - kichik muammo
Muammoning sabab va
oqibatlari
Kichik muammo
yechimi
1 - kichik muammo
Muammoning sabab va
oqibatlari
Kichik muammo
yechimi
Kichik muammolar yеchimi bo’yicha guruhlar taqdimoti
To’g’ri yеchimlarni tanlash
Mutaxassislik fanining butun muammosi yеchimi bo’yicha yakuniy xulosa
ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2020-yil, 2-son
126
vaziyatni ijodiy yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risida
o‘ylaydilar va takliflar kiritadilar. Oldin olgan bilimlarini umumlashtirib, hodisalarning sabablarini
aniqlaydilar, ularning kelib chiqishini tushuntiradilar, muammoli vaziyatni yechishning eng optimal
variantini tanlaydilar. Bu esa, talabalarning bilim olish qiziqishini oshiribgina qolmay, balki ularda
mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va bilim olish faolligini orttiradi.
Mutaxassislik fanini ta’limdagi muammolilikni talabalarning o‘quv muammosini anglashlari va hal
qilishlari sifatida tushunamiz. Buning muhim xususiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish hisoblanadi.
Avvalambor, mutaxassislik fanidan muammoli vaziyat hayotiy dalillar va voqealar asosida tarkib
toptiriladi. CHunki bu vaziyat tabiiy shaklga qancha mos bo‘lsa, talabalarni faollashtirish va muammoni hal
qilishga jalb etish imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. Mutaxassislik fan ta’limida tashkil etilgan
muammolilik, an’anaviy didaktikaning tamoyillari va qoidalarini inkor qilmaydi, balki ularga tayangan
holda ularni takomillashtiradi. Mutaxassislik fanlar ta’limiga muammoli yondashishni joriy etishdan
maqsad, uni o‘qitish jarayoniga talabalarning ijodiy fikrlashini, mustaqil ishlashini bilim olishini faol
rivojlantiradigan metodlar va usullar bilan to‘ldirishdir.
Mutaxassislik fanini
o‘qitish metodikasiga doir o‘tkazilgan izlanishlar, talabalarda kasbiy bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirishda, ularning bilim imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlari va amaliy o‘rganish
darajalarini rivojlantirishda muammoli o‘qitish texnologiyasi yaxshi natija, ya’ni ijobiy samara berishini
ko‘rsatdi.
Muammoli vaziyat o‘z mohiyati va mazmuni jihatdan mutaxassislik fanlarini o‘qitishdagi mantiqiy
ketma-ketlikka o‘xshaydi. Ketma-ketlik prinsipi shundan iboratki, bunda ta’limning darajasi jihatdan
yuqori har bir bosqichda o‘qitish mazmunini aniqlashda avvalgi bosqichlarda o‘zlashtirilgan bilimlar, ya’ni
ta’lim hisobga olinadi.
Guruhda ishlashda monelik (to‘sqinlik, qarshilik qilish, yo‘l qo‘ymaslik) va tobelik (o‘qituvchining
fikriga qaramlik, itoatkorlik)dan ozod bo‘lish va vaziyatli topshiriqni yechishdagi imkoniyatlarini
mutaxassislik psixologik asoslash orqali har bir talabaning fikrlashini rag‘batlantirish kerak. To‘g‘ri yechim
taklif etilishi bilan muhokama tugallanadi, degan fikr noto‘g‘ri bo‘lib, guruhda bildirilgan ijodiy fikr
muloqot tarzda tadqiq etilishi lozim.
Yuqori samaradorlikka erishishni ta’minlovchi asosiy sabablarning birinchisi, talabalarning ijodiy
guruhiga nisbatan faolroq shaxslar qo‘shiladi va ularning muammoli masalani yechishda qatnashishi katta
samara keltiradi.
Ijodiy fikrlashni tashkil etishning yuqorida tavsiya etilgan tizimda talabalar fikrlash va ijodiy
qobiliyatni rivojlantirish va namoyon etish, guruhda muvaffaqiyatli ishlash kabilardan unumli
foydalanadilar.
Muammoli o‘qitishda mutaxassislik fani o‘qituvchisining faoliyati quyidagilardan iborat bo‘lishi
kerak:
- talabalar e’tiboriga mavzu bo‘yicha muammoli savollar havola etadi;
- ushbu savollarni yechimini topishga yo‘nalish beradi;
- talabalar tomonidan berilgan yechimlarning to‘g‘riligini isbotlashni taklif etadi;
- agar talabalar tomonidan berilgan yechimlar to‘g‘ri bo‘lsa, maxsus fan mavzusi yuzasidan
olingan bilimlar bo‘yicha xulosa qilishlarini tavsiya qiladi;
- talabalar tomonidan berilgan farazlar noaniq bo‘lsa, u holda yechimga yaqinlashtiruvchi savol
qo‘yadi;
- javoblar va yechimlar bo‘yicha talabalarni rag‘batlantiradi yoki ba’zi noaniqliklarni ko‘rsatadi;
- mutaxassislik fanidan olingan yangi bilimlarni mustahkamlovchi savollarni qo‘yadi;
- mutaxassislik fanidan olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash uchun mashq yoki topshiriq
beradi.
Talabaning faoliyati quyidagilardan iborat bo‘ladi:
mavzu muammosining savollarini qabul qiladi va uni yechim yo‘llarini izlay boshlaydi;
berilgan savol bo‘yicha yechimning har xil variantlarini taklif qiladi;
bergan farazlaridan birining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qila-di;
yangi egallangan bilimlari to‘g‘risida xulosa va fikrlar bildiradi;
to‘g‘ri yechimni izlaydi;
mavzu bo‘yicha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi;
berilgan taklif, yechimlar hamda xulosalarni takrorlash orqali bilimlarini mustahkamlaydi;
mutaxassislik fanining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan topshiriqlarni
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |