ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son
108
- Hududlarda iqtisodiy faol aholi qatlamining yuqoriligiga qaramasdan ishsizlik darajasining
hududlardagi ulushi yuqori ekanligi;
- Ishsizlik darajasining yuqoriligi oʼzbekistonliklarning xorijiy mamlakatlarga migratsiyasining
yuqorilashib borishidagi muhim omillardan biri ekanligi;
- Аholining yashash sharoitlari va uy-joy bilan taʼminlanishga boʼlgan ehtiyojning yuqoriligi
mehnat migratsiyasidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi
Ilmiy tadqiqot keng qamrovli boʼlib, iqtisodiy-statistik tahlillar asosida ijtimoiy sohaga oid
xulosalar chiqarilgan.
Jumladan, migratsiyaning hududlar boʼyicha oʼziga xos xususiyatlarini tadqiq etishda ishsizlik
darajasi va aholining uy-joy bilan bogʼliq muammolari ahamiyatga ega ekanligi induktsiya yordamida
xulosa qilingan.
Hududlar boʼyicha ishsizlik va migratsiya darajasini tahlil qilishda qiyosiy tahlil usulidan
foydalanilgan.
Mavzuning oʼrganilgan darajasi
Hozirgi kunga kelib, ilmiy adabiyotlarda migratsiya tushunchasining bir qator taʼriflarini
uchratishimiz mumkin. Xususan, ushbu tushunchaga ilk ilmiy taʼrifni 1885 yili nemis geografi E.
Ravensteyn oʼzining “Migratsiya qonunlari” asarida berib oʼtgan. Unga koʼra migratsiya – “kishilarning
oʼz yashash joylarini doimiy yoki vaqtinchalik muddatga oʼzgartirishi”. [2]
BMT tomonidan 1958 yilda chop etilgan koʼp tilli demografik lugʼat esa migratsiyaga “yashash
joyini oʼzgartirish maqsadida odamlarning koʼchishi” deya taʼrif beradi. Shu bilan birga mazkur lugʼatda
“migratsiya” va “migratsion harakat” tushunchalari hamohang tushunchalar sifatida keltirilib oʼtilganligini
koʼrishimiz mumkin. [3]
B.D. Breev esa, “migratsiya (hududiy koʼchish) – maʼlum bir hudud ichida yoki hududdan
tashqariga odamlarning koʼchishi”, – degan fikrni ilgari suradi. [4]
V.I. Perevedentsevning fikricha, “aholi migratsiyasi – koʼchishning bir koʼrinishi boʼlib, xususan
makon boʼyicha koʼchish hisoblanadi”. Yoki “nisbatan torroq maʼnoda, migratsiya deganda kishilarning
hudud boʼyicha koʼchishlari yigʼindisi tushuniladi va bu jarayon ularning nisbatan uzoqroq muddatga oʼz
yashash joylarini oʼzgartirishlari bilan bogʼliq”. [5]
L.L. Rыbakovskiy aholi harakatini uch qismga boʼladi: ijtimoiy, tabiiy va migratsion. [6]
Аholining ijtimoiy harakati uning bir ijtimoiy qatlamdan ikkinchi ijtimoiy qatlamga oʼtishi bilan bogʼliq
barcha jarayonlarni oʼz ichiga oladi. Bu jarayonlarni sotsiologiya fani oʼrganadi. Аholining tabiiy harakati
demografiya fanining predmeti boʼlib, bunda asosan, tugʼilish va oʼlish hisobiga aholi sonining oʼzgarishi
tahlil qilinadi. Migratsiya esa, oʼz navbatida, davomiyligidan, doimiy yoki vaqtinchaligidan, maqsadidan
qatʼiy nazar aholining maʼlum bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida mexanik koʼchishi bilan bogʼliq. [7]
V.А. Iontsevning fikriga binoan, “Xalqaro mehnat migratsiyasi – mehnatga boʼlgan qobiliyatning
sotilishi, yaʼni u yoki bu korxonada ishga joylashish va ishlash hamda u uchun haq olish maqsadida davlat
chegarasini kesib oʼtish bilan bogʼliq boʼlgan jarayondir”. [8]
Yana bir Rossiyalik olim O.D. Vorobьyovaning qarashlariga koʼra, aholi migratsiyasi – aholining
maʼlum maʼmuriy-hududiy birliklarni, xoh ichki, xoh tashqi boʼlsin, kesib oʼtish bilan bogʼliq har qanday
hududiy koʼchishi. Bunda koʼchib oʼtayotgan aholi maqsadi doimiy yoki vaqtincha yashashmi, inobatga
olinmaydi. [9]
D.Xeyzel esa, oʼz navbatida quyidagi taʼrifni ishlatadi: migratsiya – shunday geografik harakatki, u
mazkur harakatda ishtirok etayotgan shaxsning oʼz yashash joyini maʼlum bir siyosiy va statik punktlar
doirasida oʼzgartirish bilan bogʼliq boʼladi (D. Xeyzel, 1984, 6.2.5 Vol. I, P. 448).
S. Eyzenstadt migratsiyani “biror individ yoki guruhning bir jamiyatdan boshqa jamiyatga
jismoniy koʼchishi”, – deb hisoblaydi. [10]
“Umuman olganda, migratsiya yashash joyini oʼzgartirish bilan bogʼliq harakat va u odatda doimiy
xarakterga ega”. [11]
Oʼzbek olimlaridan Ye.V. Аbdullaev ishchi kuchi migratsiyasini “ishchi kuchining yangi ishga
joylashib, koʼproq daromad koʼrish maqsadida mexanik koʼchishi”, sifatida talqin qiladi. [12]
D.V. Rasulova, “Аholi migratsiyasi – xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dastlabki koʼrinishi
sanaladi. Migrantlar yaxshi yashash sharoitlarini topish maqsadida yoʼlga chiqishlari, yaʼni mamlakatlar
orasida mehnat resurslari migratsiyasini amalga oshirsalar tashqi migratsiya sanaladi, agar bu bir mamlakat
doirasida yuz bersa, ichki migratsiya hisoblanadi”, – degan fikrni ilgari suradi. [13]
Z.А. Qodirova esa, barcha yondashuvlarni birlashtirishga harakat qilgan holda, quyidagilarni
taʼkidlaydi. “Xalqaro mehnat migratsiyasini keltirib chiqaruvchi omil va sabablar ikki turda yaʼni, iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |