Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2020-yil, 2-son 
105 
bunda,
M –muomaladagi pul miqdori,
V - pul aylanish tezligi,
P – tovar va xizmatlarning o‘rtacha bahosi, 
Q – milliy iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning miqdori. 
Pulning miqdoriylik nazariyasiga ko‘ra, agar pul massasi ikki hissa oshsa narxlar ham ikki hissa 
oshishi kerak. Klassik iqtisodiy maktab vakillarining nuqtai nazaridan qaraganda baholar darajasining 
o‘zgarishi faqat pul massasi hajmining tebranishi tufayli yuzaga keladi. 
I.Fisher foiz stavkasi pulga bo‘lgan talabga ta’sir emaydi, u daromadga bog‘liq, degan xulosa 
qilgan. Uning xulosasidan farqli o‘laroq, Kembrij maktabining iqtisodchi olimlari foiz stavkasi ta’sirida 
pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishini istisno etmagan holda u nominal YAIMga proporsional, deb 
hisoblashgan. 
Monetar siyosat nazariyasida markaziy o‘rinni foiz stavkasi pulga bo‘lgan talabga ta’sir etadimi, 
agar ta’sir etsa, qay darajada, degan masala egallaydi. Bu xususda jahonning ko‘pgina taniqli iqtisodchi 
olimlari o‘z fikrini aytganlar. Jumladan, I.Fisher foiz stavkasi pulga bo‘lgan talabga ta’sir emaydi, u 
daromadga bog‘liq, degan xulosaga kelgan. Uning xulosasidan farqli o‘laroq, Kembrij maktabining 
iqtisodchi olimlari foiz stavkasi ta’sirida pulga bo‘lgan talabning o‘zgarishini istisno etmagan holda u 
nominal YAIMga proporsional, deb hisoblashgan. 
J.Keyns nazariyasi asosida AQSHda arzon pullar siyosatini qo‘llagan holda iqtisodiy va 
investitsion faollik kuchaygan. Bundan tashqari, J.Keynsning “Arzon pullar” nazariyasi asosida Kanada, 
Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya kabi rivojlangan davlatlarning markaziy banklari 
faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llanildi hamda mavjud makroiqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank tomonidan emissiya qilinadigan banknotalarni 
muomaladagi pul massasini tartibga solishning muhim vositasi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, tijorat 
banklari va ular mijozlarining pul munosabatlari nisbatan barqarordir, pul massasi esa Markaziy bank 
pullariga mutanosib ravishda o‘zgarib turadi. 
Monetar siyosatning nazariy va amaliy masalalariga oid tahlillar natijasiga ko‘ra quyidagi ilmiy-
nazariy xulosalar shaklantirildi: 
- M.Fridmen va boshqa monetarizm maktabi vakillaridan farqli o‘laroq, J.Keyns, pullarning taklifi 
xususidagi masalaga chuqur to‘xtalib o‘tirmadi. CHunki, J.Keyns Markaziy banklar tomonidan pul 
massasini to‘la nazorat qilish imkoniyatining mavjudligiga ishondi. Haqiqatdan ham Keyns, markaziy 
banklar bank zaxiralarini nazorat qilishi yo‘li bilan bank depozitlarini yuzaga kelish jarayonini ham nazorat 
qila oladi, degan xulosaga keldi. Ushbu xulosa rivojlangan mamlakatlar amaliyotida o‘zining amaliy 
tasdig‘ini topdi; 
- J.Keyns tomonidan amalga oshirilgan tahlilda pulga bo‘lgan talab foiz me’yorining funksiyasi 
sifatida, M.Fridmen talqinida esa, nominal daromadning funksiyasi sifatida qaraladi;
- hozirgi zamon keynschilari va monetarchilar ham ikki yirik nazariy oqim sifatida pul taklifining 
o‘zgarishi nominal YAIMga ta’sir qilishini tan oladilar, ammo ular ushbu ta’sirga turlicha baho beradilar. 
Xususan, mazkur ta’sirning ahamiyati va mexanizmning o‘zi: keynschilar nuqtai nazaridan qaraganda, 
monetar siyosat asosida ma’lum darajada foiz stavkasi bo‘lishi kerak, monetarchilar nuqtai nazaridan 
qaraganda esa ushbu asos - pul taklifining o‘zidir; 
- amalda Markaziy bank monetar siyosatning zamonaviy vositalaridan samarali foydalangan holda 
jumladan, qayta moliyalash stavkasini, majburiy zaxira talablari me’yorini o‘zgartirish, REPO va SVOP 
operatsiyalarini o‘tkazish, depozit sertifikatlarini sotish va sotib olish orqali muomaladagi pul massasi 
hajmini istagan miqdorgacha o‘zgartiradi;
- mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bosqichida monetizatsiya 
darajasining amaldagi miqdori va tijorat banklari kredit emissiyasining nisbatan pastligi restriksion monetar 
siyosatni qo‘llash imkonini bermaydi
- J.Keynsning pul taklifini rag‘batlantirishga qaratilgan “Arzon pullar” nazariyasini respublikamiz 
amaliyotida qo‘llash aholi va korxonalarning to‘lovga qobil talabi darajasini keskin oshirish imkonini 
beradi va buning natijasida milliy iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi oshadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatni 
yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
1. Milliy valyutaning devalvatsiya sur’atini pasaytirish maqsadida Markaziy bank kurs siyosatining 
elastiklik darajasini oshirgan holda, pullar taklifini o‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlash orqali, milliy 
valyutaning nominal almashuv kursi xorijiy valyutalarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniq 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish