Kalit so‘zlar:
мotivatsiya funktsiyalari, motivatsiyaturlari, motivatsiya xususiyatlari, harakat,
qat’iyatlilik, yaxshiniyat, vijdonlilik.
Мотивация как залог эффективности
Аннотация.
В статье выялены понятие мотивации, являющееся ключевым элементом
эффективности, роль менеджмента в выполнении функции мотивации, мотивация в организации,
процесс мотивации, личностные и групповые мотивации и их взаимосвязью. Основное внимание
уделяется динамике мотивации сотрудников, влиянию мотивации на производительность
сотрудников, а также основным видам мотивации в организации, влиянию мотивации на характер
деятельности и мотивации для диверсификации.
Ключевые слова:
функции мотивации, виды мотивации, характеристики мотивации,
действия, настойчивость, доброжелательность, добросовестность.
Motivation as a better of efficiency
Abstract.
The concept of motivation, which is the key element of effectiveness in the article, is the
role of management in carrying out the motivation function, the motivation for motivation in an
organization, the motivation process, the personal and group motivations and their interrelationship.
Focuses on the dynamics of employee motivation, the impact of motivation on employee performance, as
well as the main types of motivation in the organization, the impact of motivation on the nature of the
activity, and the motivation for diversification that motivates it.
Keywords:
мotivation functions, types of motivation, characteristics of motivation, action,
persistence, goodwill, conscientiousness.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini, uning samaradorligini belgilab beruvchi, uni izga
soluvchi usullardan eng asosiysi bu motivatsiyadir.
Motivatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra yuqori darajaga erishishga undovchi haqiqiy hissiy niyat bo‘lib,
ular juda murakkab bo‘lgani sababli buni aniqlash juda qiyindir. Biroq, shu bilan birga, motivatsiyaning
(qiziqtirish) zamonaviy nazariya va an’analarini mohirlik bilan bilib olib, rejalashtirishda, tashkiliy
boshqaruv tuzilmalarini tuzishda va nazorat qilishda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilib masalalarni
mohirlik bilan hal qilgan holda tashkilotning maqsadlariga erishishga qaratilgan vazifalarni hal etishda,
menejmentning barcha funksiyalari o‘zgaruvchan va bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishiga qaramay sezilarli
darajada muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
Taniqli rus psixologi, janob P.M. Yakobson ta’kidlaydiki, motivatsiya quyidagi motivatsion
an’analarning yig’indisidan vujudga keladi: [5]
1. Siyosiy;
2. Ahloqiyg‘oyalar ;
3. Ishvahayotnuqtai-nazarigaqarashlar;
4. Ishdan qoniqish olish uchun kuchli qiziqishlarning yetarliligi, san’at, sport va h.k.;
5..Hayotni va maishiylikni tartibga solish, ishga jalb qilish, ijodiy faoliyat va h.k. larga intilish;
6.Oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyafzal, pul,kitoblar, turli buyumlarga bo‘lgan ehtiyojlar;
7.Yetarlicha kuchli sevgi his tuyg’usi, minnatdorchilik, qo‘rquv, g’azab, nadomat, achinish va
boshqalar.
8. Muayyan vaziyatlarda tegishli tarzda javob qaytarishda qattiq ruhiy siqilishlar;
9. Odatlar, an’analar, boshqa xodimlarga, mehnatga nisbatan befarqlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |