Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

UDK: 902.6(575.1) 
O‘RTA OSIYO TOSH DAVRI INDUSTRIYALARNING VUJUDGA KELISHI MUAMMOLARI 
 
D. M. Djurakulova 
Samarqand davlat universiteti 
 
Annotatsiya. 
Mazkur maqola tosh davri industriyalarning vujudga kelishi muammolariga 
bag‘ishlanadi. Ta’kidlab o‘tilgan talqinlar asosida umumiy xulosalar qilinadi. 
Kalit so‘zlar: 
Paleolit, X.Movius nazariyasi, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyatlari, 
ashel, Selung‘ur, Ubaydiya, Ko‘lbuloq. 
Проблемы возникновения индустрий
 
каменного века
 
Средней Азии

Аннотация.
 
С
татья посвящена изучению проблем связанные с появлением
индустрии в 
каменном
веке в
Средней Азии. На основании вышеупомянутых интерпретаций сделаны общие 
выводы.
Ключевые слова

палеолит, Теория Х.Мовиуса, культуры Южной и Юго
-
Восточной Азии, 
Ашель, Селунгур, Убайдия, Колбулак.


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
13 
Problems of emergence of Central Asian Stone Age Industries. 
Abstract. 
This article deals with the emergence of the Stone Age industry. Based on the 
aforementioned interpretations general conclusions are drawn. 
Keywords: 
Paleolith, Theory of H. Mavius, Cultures of South and Southeast Asia, Ashel, 
Selungur, Ubaydiya, Kolbulak. 
XX asrning o‘rtalarida X.Moviusning Yevrosiyo hududida ilk paleolit davri madaniyatlarining 
turli-tumanligi haqidagi nazariyasi shakllandi. Unga ko‘ra, ilk paleolit davrida ikkita yirik madaniy areal 
hukm surgan: G‘arbda qo‘l cho‘qmorli va Yevropadagidan farqli o‘laroq, faqat bir taraflama ishlov 
berilgan galkali qurollarga ega Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyatlari. Kaspiy dengizidan 
Hinduqushgacha bo‘lgan hududlar mana shu ikki madaniyatlar o‘rtasidagi chegara bo‘lgan [8]. Bunday 
dunyoqarash Markaziy Osiyoda X. Moviusning tuzilmalariga ko‘ra paleolit davri industriyalarining turli-
tumanligini tushuntirishga bo‘lgan harakatlarni keltirib chiqardi. 
Biroq, X. Moviusning madaniyatlarni tarqalishi haqidagi nazariyasi to‘liq tasdiqlanmadi. So‘x 
vodiysidan topilgan ilk paleolit davriga oid Selungur g‘ori materiallari Osiyocha ashel madaniyatiga 
tegishliligi aniqlandi. Osiyocha ashel madaniyati Yevropaning ashel madaniyatidan farq qilib, unda qo‘l 
cho‘qmorlari tosh boltalar (kliverlar) bilan birga uchraydi. Selungur g‘ori materiallari tadqiqotchilar 
tomonidan Yaqin Sharqdagi Osiyocha ashel madaniyatiga oid Ubaydiya makoni industriyasi bilan o‘xshash 
deb topildi.
Ko‘lbuloq makonining quyi qatlamlaridan topilgan qo‘l cho‘qmorlari seriyalari yodgorlikning 
"tishsimon" xarakteridan kelib chiqilib, Mikok madaniyati doirasiga kirishi belgilandi. Ushbu materiallar 
nashrlarga ko‘ra, haqiqatda Mikok madaniyatining bifas qurollariga o‘xshash. Biroq ular insit yoki 
depozision xarakterga egami va haqiqiy yoki psevdo qurollarligini aniqlashning imkoni yo‘q. Negaki, O‘zR 
FA Arxeologiya institutining Toshkent bazasida saqlanayotgan ushbu materiallar topilmadi.
S.N. Zamyatninning "Paleolit davri madaniyatlarida mahalliy tafovutlarning kelib chiqishi haqida" 
(«O vozniknovenii lokalnыx razlichiy v kulture paleoliticheskogo perioda») asarida s
o‘nggi paleolit davrini 
uchta taraqqiyot hududlariga ajratiladi: O‘rtayer dengizi-Afrika, muzlikoldi Yevropa va Sibir-Xitoy. 
Muallifning fikricha, Sibir-Xitoy viloyati uchun prizmatik chaqmoqlash texnikasi tarqalishining 
cheklanganligi, arxaik komponentlarning (qirg‘ichlar, nayza uchlari, chopperlar, choppinglar) mavjudligi 
va ularning so‘nggi paleolit uchun tipik bo‘lgan buyumlar (bigizlar, tig‘lar, kesgichlar) bilan birga uchrashi 
xarakterlidir. 
S. N. Zamyatninning qarashlari A.P. Okladnikovning ishlarida davom ettirildi. A. P. Okladnikov 
Afrika va Yevrosiyoda so‘nggi paleolit davri madaniyatlari tarqalgan beshta viloyatni ajratadi: muzlikoldi 
Yevropasi, muzlikdan tashqaridagi Yevropa (Yevropa, Afrika, Old Osiyo, Kavkaz, qisman Markaziy Osiyo 
va Hindiston), uchinchi viloyat Ekvatorial va Janubiy Afrika hududlarida, to‘rtinchi viloyat (Sibir-
Mo‘g‘iliston) – Sharqiy va Shimoliy-Sharqiy Osiyo, Sibir va Xitoy, oxirgi viloyat Janubiy-Sharqiy Osiyo 
hududlarida ajratilgan. 
Yuqorida tilga olingan qarashlar ta’sirida 1960-yillarning o‘rtalarida A.P. Okladnikovning 

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish