ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son
13
Problems of emergence of Central Asian Stone Age Industries.
Abstract.
This article deals with the emergence of the Stone Age industry. Based on the
aforementioned interpretations general conclusions are drawn.
Keywords:
Paleolith, Theory of H. Mavius, Cultures of South and Southeast Asia, Ashel,
Selungur, Ubaydiya, Kolbulak.
XX asrning o‘rtalarida X.Moviusning Yevrosiyo hududida ilk paleolit davri madaniyatlarining
turli-tumanligi haqidagi nazariyasi shakllandi. Unga ko‘ra, ilk paleolit davrida ikkita yirik madaniy areal
hukm surgan: G‘arbda qo‘l cho‘qmorli va Yevropadagidan farqli o‘laroq, faqat bir taraflama ishlov
berilgan galkali qurollarga ega Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo madaniyatlari. Kaspiy dengizidan
Hinduqushgacha bo‘lgan hududlar mana shu ikki madaniyatlar o‘rtasidagi chegara bo‘lgan [8]. Bunday
dunyoqarash Markaziy Osiyoda X. Moviusning tuzilmalariga ko‘ra paleolit davri industriyalarining turli-
tumanligini tushuntirishga bo‘lgan harakatlarni keltirib chiqardi.
Biroq, X. Moviusning madaniyatlarni tarqalishi haqidagi nazariyasi to‘liq tasdiqlanmadi. So‘x
vodiysidan topilgan ilk paleolit davriga oid Selungur g‘ori materiallari Osiyocha ashel madaniyatiga
tegishliligi aniqlandi. Osiyocha ashel madaniyati Yevropaning ashel madaniyatidan farq qilib, unda qo‘l
cho‘qmorlari tosh boltalar (kliverlar) bilan birga uchraydi. Selungur g‘ori materiallari tadqiqotchilar
tomonidan Yaqin Sharqdagi Osiyocha ashel madaniyatiga oid Ubaydiya makoni industriyasi bilan o‘xshash
deb topildi.
Ko‘lbuloq makonining quyi qatlamlaridan topilgan qo‘l cho‘qmorlari seriyalari yodgorlikning
"tishsimon" xarakteridan kelib chiqilib, Mikok madaniyati doirasiga kirishi belgilandi. Ushbu materiallar
nashrlarga ko‘ra, haqiqatda Mikok madaniyatining bifas qurollariga o‘xshash. Biroq ular insit yoki
depozision xarakterga egami va haqiqiy yoki psevdo qurollarligini aniqlashning imkoni yo‘q. Negaki, O‘zR
FA Arxeologiya institutining Toshkent bazasida saqlanayotgan ushbu materiallar topilmadi.
S.N. Zamyatninning "Paleolit davri madaniyatlarida mahalliy tafovutlarning kelib chiqishi haqida"
(«O vozniknovenii lokalnыx razlichiy v kulture paleoliticheskogo perioda») asarida s
o‘nggi paleolit davrini
uchta taraqqiyot hududlariga ajratiladi: O‘rtayer dengizi-Afrika, muzlikoldi Yevropa va Sibir-Xitoy.
Muallifning fikricha, Sibir-Xitoy viloyati uchun prizmatik chaqmoqlash texnikasi tarqalishining
cheklanganligi, arxaik komponentlarning (qirg‘ichlar, nayza uchlari, chopperlar, choppinglar) mavjudligi
va ularning so‘nggi paleolit uchun tipik bo‘lgan buyumlar (bigizlar, tig‘lar, kesgichlar) bilan birga uchrashi
xarakterlidir.
S. N. Zamyatninning qarashlari A.P. Okladnikovning ishlarida davom ettirildi. A. P. Okladnikov
Afrika va Yevrosiyoda so‘nggi paleolit davri madaniyatlari tarqalgan beshta viloyatni ajratadi: muzlikoldi
Yevropasi, muzlikdan tashqaridagi Yevropa (Yevropa, Afrika, Old Osiyo, Kavkaz, qisman Markaziy Osiyo
va Hindiston), uchinchi viloyat Ekvatorial va Janubiy Afrika hududlarida, to‘rtinchi viloyat (Sibir-
Mo‘g‘iliston) – Sharqiy va Shimoliy-Sharqiy Osiyo, Sibir va Xitoy, oxirgi viloyat Janubiy-Sharqiy Osiyo
hududlarida ajratilgan.
Yuqorida tilga olingan qarashlar ta’sirida 1960-yillarning o‘rtalarida A.P. Okladnikovning
Do'stlaringiz bilan baham: