Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Yod olish uchun beriladigan uy vazifalari



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

Yod olish uchun beriladigan uy vazifalari
ning nomi va soni o‘qish fani dasturida va darsliklarda 
aniq ko‘rsatilgan. Pedagogika ilmida bir darsda yod olish uchun beriladigan uy vazifalari 1-sinfda to‘rtdan 
sakkiz qatorgacha; 2-sinfda sakkizdan o‘ntagacha; 3 – 4-sinflarda 16 misra atrofida bo‘lishi tavsiya etilgan. 
Biror asarning to‘liq matni yoki asardan parcha yod olishni uy vazifasi sifatida topshirishdan avval uning 
mazmuni o‘quvchilar tomonidan yaxshilab tushunib olinishiga erishiladi. Asarni yod olishdan oldin u 
darsda sharhlab o‘rganilishi, she’r matni o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi shart. Asarning yoddan, 
ifodali o‘qilishi darajasi uning qanchalik anglashilganligini ko‘rsatadi. Adabiy ta’lim davlat standarti talabi 
bo‘yicha yod olinishi lozim bo‘lgan asarlarni barcha o‘quvchilar yod olishlari shart [3.46]. Lekin dasturda 
ham o‘quvchilar yodlashlari uchun ma’lum miqdorda qo‘shimcha o‘quv materiallari taqdim etilgan. Ularni 
yod bilish darsliklardagi she’rlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ustida ishlashni osonlashtiradi. 
Dasturda va darslikda yod olish talab qilingan barcha she’riy asarlarni o‘quvchilarning hammasidan birday 
talab qilish ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu o‘rinda o‘quvchilarning xohish-istak va imkoniyatlarini 
inobatga olish kerak. 
Suratlar bilan ishlash bo‘yicha uy vazifalari
. Boshlang‘ich sinflarda asar matni yuzasidan 
chizilgan suratlar ustida ishlash topshirig‘i ko‘proq uchraydi. Bunday suratlar o‘quvchilarga asar 
qahramonlarini tiniqroq tasavvur qilishga ko‘maklashadi. Lekin bugungi ta’lim amaliyotida, o‘qish 
darslarida rasmlar ustida ishlash juda no‘noqlik bilan tashkil etilgan. O‘qituvchilar rasmlardagi faqat yuzaki 
jihatlarni ochishni talab qiladilar.
Asar matni yuzasidan ishlangan suratlar ustida ishlash o‘quvchilar ma’naviy kamolotiga katta ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar bilan ishlash bo‘yicha berilgan uy vazifalarida ranglarning o‘rni, ularning surat 
uchun umumiy ahamiyati, o‘zaro mutanosibligi, nega aynan shu rangning qo‘llanilganligi, suratda 
yoritilgan narsalarning o‘rni, ularning umumiy tasvirga ta’siri bilan bog‘liq vazifalar topshiriladi. Sinflar 
yuqorilab borgan sari suratlar ustida ishlash bilan bog‘lab berigan uy vazifalarida rasmdagi shaxslarning 
yuz ifodasi, yuzidagi, ko‘zlaridagi, turishi yoki holatidagi ifodalar tahliliga, har birini tasvirlashda 
qo‘llangan ranglarga o‘quvchilarning e’tibori tortiladi [2.154]. 
Bu o‘quvchida rangni his qilish, undan ta’sirlanish, tasvirni, ranglardagi musiqiylikni o‘qish 
mahoratini shakllantiradi. Uy vazifasini bajarishda suratda ifodalangan har bir predmetni ajratish, uning 
rasmdagi vazifasini izohlash, rasmda tasvirlangan hodisaning boshi yoki oxirini o‘ylab topish, hikoyalab 
berish, kabi topshiriqlar hikoya bayonida fikrdan fikrga o‘rinsiz sakrab ketmaslik ko‘nikmasini 
shakllantiradi. Olamni, odamni ranglar ko‘magida baholashga o‘rgatadi. Qahramonning ko‘zlari, yuz 
ifodasi, holati tahlili o‘quvchini suvrat va siyratni farqlashga odatlantiradi. 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish