Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

    Bu sahifa navigatsiya:
  • PIRLS
 
 
2019-yil, 6-son 
101 
O‘zbekiston Respublikasi
 
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida xalq 
ta’limi tizimida o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha halqaro 
dastur 
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study - matnni o‘qish va tushunish darajasini 
aniqlovchi xalqaro tadqiqot)
da
 
O‘zbekiston Respublikasining doimiy ishtirokini ta’minlash asosiy ustuvor 
maqsadlardan biri ekanligi takidlangan. O‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi 
xalqaro tadqiqot (PIRLS) da qatnashishiga va samarali natijaga erishishida boshlang‘ich sinflarning o‘qish 
darslaridan tashkil etiladigan uyga vazifalarning ham o‘rni beqiyosdir. 
O‘quvchi uy vazifasiga keyingi darsda o‘qituvchi nimani so‘rashi mumkinligidan kelib chiqib 
yondashadi. Ko‘pchilik o‘quvchilar og‘zaki uy vazifalarini tayyorlashda berilgan matnni bir-ikki marta 
qayta o‘qiydilar. Ba’zilari hatto o‘qimaydilar ham. Darslikda matn qanday berilgan bo‘lsa, shunday qayta 
hikoya qiladilar. Darsga tayyorlikning o‘lchovi matnni qayta hikoyalashdan iborat bo‘lib qoladi. O‘qilgan 
matn ustida mulohaza yuritilmay, matn mazmunini eslab qolishgagina harakat qilinadi. 
Uy vazifasini ma’lum reja asosida tayyorlash ham o‘quvchilarning faol fikriy mustaqilligini 
oshiradi. Uy vazifasini tayyorlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilgan o‘quvchi undan mustaqil mulohaza talab 
qiladigan mashg‘ulotlarga o‘ziga ishongan holda qatnashadi. Uy vazifalarini ma’lum reja asosida bajarish 
bolalardan o‘quv materialiga ongli ravishda yondashishni talab qiladi. YAxshi tuzilgan reja o‘quvchining 
faoliyatini tizimga soladi, zarur materialni ajratib olishga o‘rgatadi, muhim jihatlarni ochishga va to‘g‘ri 
xulosalar chiqarishga undaydi. O‘z fikrini muayyan tizimda bayon etishga o‘rgatadi. Uy vazifalarini 
og‘zaki tarzda bajarishda o‘quvchilar matn yuzasidan darslikdagi savol-topshiriqlarga murojaat 
qilmaydilar, ular bilan ishlamaydilar. O‘qituvchilar ham uy vazifasini so‘rashda ko‘pda bunga e’tibor 
qilmaydilar. O‘quvchilardan uy vazifasini so‘rash jarayonida nafaqat ularning olgan bilimlarini aniqlash, 
balki bu bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va tizimga solish bo‘yicha keyingi ishlar ham 
tekshirilishi kerak. Bu bilan o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari va o‘qiganlari asosida mulohaza 
yuritishlariga keng imkoniyat yaratiladi.
Har qanday yozuvchi umrbayonining davrlar bo‘yicha o‘z tarixi bor. Bu ham o‘z navbatida 
muhokama yoki uy vazifasi uchun mavzu bo‘ladi va maxsus savollar ko‘magida amalga oshiriladi. Agar 
adibning tarjimai holidan qandaydir mustaqil qismlarni ajratib olib, uni o‘zgacharoq tarzda shakllantirish 
uy vazifasi sifatida topshirilsa, o‘quvchilar yodlab olingan siyqa iboralarni qo‘llamay, material mazmuni 
ustida o‘ylashga, berilgan savollar ustida mulohaza yuritishga harakat qiladilar. Bu, so‘zsiz, ularning fikr 
mustaqilligini faollashtiradi [3.105]. 
Uy vazifalarini og‘zaki so‘rashning faqat o‘quvchi xotirasiga tayanib javob berishi talab etiladigan 
tarzda tashkil qilinishi natijasida vazifa so‘rash o‘qituvchi bilan bitta o‘quvchi orasidagi alohida suhbatga 
aylanib qolib, sinfdagi boshqa o‘quvchilar unda ishtirok etmaydilar. Uy vazifalarini darsda ko‘tarilgan 
asosiy savol muhokamasi natijasiga qarab shakllantirish o‘quvchilarni darsda o‘rgangan bilimlarini 
mustaqil ravishda guruhlashga, undan muhimini ajratishga, o‘qituvchining talablariga mos keladigan 
dalillar topishga o‘rgata boradi. Ularning oldida mustaqil mulohaza yuritishni talab qiladigan yangi 
savollar paydo bo‘ladi. Dalillar keltirish uchun nafaqat faktlar izlashga, balki ularni o‘z so‘zlari bilan 
etkazishga ham harakat qiladilar. Bu holat ham ta’limiy, ham tarbiyaviy jihatidan o‘ta muhim hisoblanadi. 
O‘quvchilar fikrlarini o‘z so‘zlari bilan ifodalagan joyda tafakkur faoliyati mustaqilligi tarbiyalanmasligi 
mumkin emas [2.24]. 
Agar darslarda uy vazifalarini so‘rash darsning ijodiy qismiga aylantirilsa, ya’ni o‘quvchining 
hodisa tahlili va u bilan bog‘liq faktlarni umumlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari, imkoniyatlari hisobga 
olinsa, uy vazifasini so‘rash jarayonining samaradorligi ham sezilarli darajada ortadi. Uy vazifasini so‘rash 
jarayonida o‘quvchilar ko‘pincha u yoki bu hodisani bayon qiladilar, lekin unga baho bermaydilar. Bu 
shundan dalolat beradiki, o‘qituvchi ulardan shunday bahoni, munosabatni hech qachon talab qilmagan. 
Sababi, buni o‘qituvchining o‘zi ham bilmaydi. O‘quvchilarda voqea-hodisani baholash, unga o‘z 
munosabatini bildirish ko‘nikmasi shakllantirilmagan. Uy vazifalarini so‘rash paytida o‘quvchiga mustaqil 
mulohaza yuritish talab qilinadigan savollar berilishi uning aqliy faoliyatini tezlashtiradi. Berilgan 
savollarga o‘quvchilar yaxshi tanlangan dalillar orqali javob berishga erishsa, bunday savollar ularning 
o‘zlariga ham katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich sinflar “O‘qish kitobi” darsliklarida badiiy asar ustida ishlash uchun o‘quvchilarga 
matn asosida reja tuzish va o‘qilganlarini reja asosida qayta hikoyalash ko‘p taklif qilinadi. Bunda 
o‘qituvchi o‘quvchilarda reja tuzish ko‘nikmalari shakllanishiga e’tibor qaratishi, ular asar qismlarining 
mantiqiy aloqasini qanday o‘zlashtirganliklarini aniqlab borishi kerak [3.42]. Odatda, o‘qituvchilar 
topshiriqning ikkinchi qismiga, reja asosida asar matnini qayta hikoyalatishga ko‘proq urg‘u beradilar. 
Shuning uchun o‘quvchilar yuqori sinfga borganda ham insho yozish uchun reja tuzishga qiynaladilar. Asar 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish