Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son 
55 
Yetuk shoira, muallima Dilshod otin o‘zining sermazmun, uzoq yillik umrini badiiiy ijodga 
bag‘ishlash bilan birga, o‘z she’riyatida va otinlik faoliyatida ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli fikrlarni o‘rtaga 
tashlab, ijtimoiy falsafiy fikr rivojiga munosib ulush qo‘shdi. 
Anbar otin 1870-yilda Qo‘qon shahrida kosib oilasida dunyoga keldi. Otasi Farmonqul marg‘iloniy 
bo‘lib, shoira Uvaysiyning jiyani ekanligi ma’lum bo‘lib, o‘z davrining etuk shoira va ma’rifatparvariga 
aylandi. 
Anbar otin insonlar o‘rtasida ahillik, hamdardlik, mehnatsevarlik eng yaxshi fazilat ekanini aytib
odamlarni bu fazilatlarga ega bo‘lishiga chorlaydi. 
Shoira o‘z ijodida Vatanga, xalqqa xizmat qilishni adolatlilikni ulug‘ baxt, ezgulik hisoblaydi. 
Do‘stlarini u shunday baxtga, ezgulikka da’vat etadi: 
Xizmat etsang el uchun xolis qilako‘r doimo, 
Ko‘b kirokashlar ilan qo‘rqmay muboriza qil, 
Kimsani xalq g‘amidin g‘ami bo‘lursa anga san,
Yondoshib, har ishida ul ila mutoyiba qil[9,16,b]
“Anbar otin o‘z she’rlarida xalqparvarlik, ma’rifatparvarlik, insoniylik, mehnatsevarlik g‘oyalarini 
olg‘a suradi, Anbar otin mehnat ahlini sharaflaydi, ularni e’zozlashga, siylashga, dillarini shod etishga 
da’vat etadi va odamlarga “Odam ersang, hamisha ish qilib yur”-deb nasihat qiladi”[5,158, b]. 
Shoiraning fikricha, ma’rifat insonni mumtoz etadi. Har bir inson elga xizmat etishi, bu yo‘lda 
qilgan ishini yuksak darajaga etkazishi kerak deb yoshlarni yaxshi odamlar ishidan ibrat olishga chorlab, 
ibratli ishlar qilib, izzat-ikromli bo‘lishga da’vat etadi: 
Yaxshi odamlar ishidan ibrat ol, 
Ibratomuz xizmat aylab, izzat ol

deydi va kimning ilgida himmat bo‘lsa, rang-ro‘yida rahmat ko‘rinsa, ularni ya’ni himmat va rahmatni olib
o‘shanday odam bo‘lishni ta’kidlaydi: 
Kimki ilgida bor ersa himmat ol, 
Rang ro‘yida ko‘ringay, rahmat, ol,[9, 77, b] 
Aytish mumkinki, ijodi e’tibor e’zozga loyiq bo‘lgan Anbar otin o‘z ijodiy faoliyati, hayotiy 
kuzatishlari natijasi o‘laroq, falsafiy qarashlarini o‘z asarlarida baralla kuylaydi, shu bilan birga, XIX asr 
falsafiy tafakkur rivojida munosib o‘
rinni egalladi. Yаna ma’r
ifatparvarlar qarashlarining muhim jihati 
shundan iborat edi-ki, ular ilm-fanni rivojlantirish orqali o‘lkani qoloqlikdan xalos qilmoqchi bo‘ldilar. 
Lekin mamlakatni qoloqlikdan chiqarish masalasini ular har xil talqin qildilar. Ma’rifatparvarlarining 
ba’zilari bu maqsadga erishish yo‘llarini turlicha tushundilar. Ularning ba’zilari xalq ilm-fanni egallashga 
da’vat qilish bilan chegarlangan bo‘lsa, boshqalari hukmdorlarni olimlarga ilm-fan bilan shug‘illanish 
uchun sharoit yaratib berishga, moddiy jihatdan ko‘maklashishga, ularga homiylik qilishga chaqirdilar.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida ma’rifatparvarlik harakati o‘zining yuqori pog‘onasiga 
ko‘tarildi. Uning zaminida jadidchilik harakati vujudga keldi. Jamiyat hayotini insonparvarlashtirish, 
boshqacha aytganimizda, ansonparvar, demokratik jamiyat qurish g‘oyasi Turkistonda keng tarqalgan 
jadidchilik harakatining bosh g‘oyasi edi. Jadidchilik jahon sivilizatsiyasi yutuqlari, xususan, ilg‘or ilm-fan, 
madaniyat-ma’naviyatga, milliy va umuminsoniy qadriyatlar birligiga asoslangan, ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy-ma’naviy qoloqlikka, Chor Rossiyasining mustamlakachilik istibdodiga qarshi, milliy 
mustaqillikni barqaror etishga qaratilgan demokratik harakat edi. 
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida munosib o‘rin egallagan ma’suma va 
layoqatli shoiralarimiz o‘zlarining ijodlari va ma’rifatparvarlik faoliyati bilan xalqimiz tarixida yorqin iz 
qoldirdilar. 

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish