UDK: 1 F (5o‘z)
O‘ZBEK MA’RIFATPARVARLARI IJODIDA KOMIL INSON G‘OYASINING AHAMIYATI
D. T. Amridinova
Samarqand davlat chet tillar institute
dilrabo1971@umail.uz
Annotatsiya.
Ilmiy maqolada XIX asrda yashab ijod etgan mumtoz shoiralar Nodirabegim,
Uvaysiy, Anbar otin, Dilshod kabilarning she’riyatida insonparvarlik va komil inson g‘oyalari tahlil
qilinadi.
Kalit so‘zlar:
к
omil inson, gumanizm, adolat, muhabbat, yaxshilik, ilm-fan, taraqqiyot, madaniy-
ma’naviy, yurt, millat, rivojlanish yo‘llari, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, axloq, odob, baxt.
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son
52
Важность идеи совершенного человека в работе узбекских педагогов
Аннотация
.
В научной статье анализированы гуманистические идеи узбекских поэтесс о
всесторонне развитой личности на основе произведений Нодирабегим, Увайсий, Анбар отин,
Дилшод. Показаны их общественно
-
философские взгляды и просветительская деятельность.
Ключевые слова:
совершенный человек, гуманизм, справедливость, любовь, добро, наука,
развитие, культура, духовность, страна, нация, пути развития, социальная справедливость,
гуманность, нравственность, нравы, счастье.
The importance of the idea of a perfect human being in the work of Uzbek educators
Abstract.
The scientific article analyzes the humanistic ideas of Uzbek poets about a
comprehensively developed personality based on the poems Nodirabegim, Uvaisiy, Anbar otin, Dilshod.
Their socially philosophical views and educational activities are shown.
Keywords:
perfect man, humanism, justice, love, good, science, development, culture, spirituality,
country, nation, development paths, social justice, humanity, morality, morals, happiness.
XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloq, fuqarolar turmush
tarzi o‘ta past, madaniy-ma’naviy hayotida islom dini peshvolarining ta’siri kuchli edi. Kishilar
dunyoqarashida tasavvuf falsafasi an’analarini tiklashga intilish kuchayib borayotgandi. Bu davrda o‘rta asr
musulmon mutafakkilari asarlarini qayta nashr etish boshlandi. Kalom falsafasi, shariat axloqiga oid klassik
adabiyotlar arab-fors tilidan turkiy tillarga tarjima qilinib, nashr ettirish, masjid va madrasalarda
bedilxonlik, mashrabxonlik kabi turli she’rxonliklar, gurunglar avj oldi [1, 22-26, b]. Odamlarning madaniy
merosga, bilimga, ilmga intilishlari kuchaya bordi. Endilikda odamlar inson aql-zakovatining kuchiga,
olamni o‘zgartirish borasidagi salohiyatiga ko‘proq ishona boshladilar, og‘ir musibatli turmush
tashvishlaridan, zulm va adolatsizliklardan xoli qiluvchi yagona qudrat bilim, ilm ekanligini tushuna
boshladilar. Bunday kayfiyatlar ma’rifatparlik harakatida o‘z ifodasini topdi. Xullas, mintaqada
ma’rifatparvarlik harakati kishilarning ilm-fan, taraqqiyot, umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy qoloqlikni bartaraf etishga bo‘lgan intilishning natijasi edi.
Turkistonda ma’rifatparvarlik o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichida, ya’ni XIX asrning ikkinchi
yarmida, o‘tmish avlod madaniy-ma’naviy merosini, musulmon axloqi-odobi qoidalarini targ‘ibot va
tashviqot qildi. Odamlarni bilim, ilm egallashga chaqirdi. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qoloqligini,
kishilar madaniy-ma’naviy saviyasi qoloqlikdan chiqish, jamiyatni insonparvarlashtirish yo‘llarini izladi.
Bunday kayfiyatni XIX asrning ikkinchi yarmida ijod etgan ma’rifatparvarlar Ahmad Donish, Berdimurod
Berdaq, Sattorxon Abdulg‘afforov, Furqat, Muqumiy asarlarida ko‘rish mumkin.
Buxorolik ma’rifatparvar Ahmad Donish butun jamiyatni inson manfaatiga bo‘ysundirmoq uchun
odamlar xulq-atvorlarini tubdan o‘zgartirmoq lozim. Buning uchun, eng avvalo, inson o‘zining kimligini,
nimadan tashkil topganini bilmog‘i zarur, deb hisoblardi. Uning tushuntirishicha, inson tana bilan ruh
birligidan iborat. U o‘z asarlarida tana bilan ruhning o‘zaro aloqadorligi haqida fikr yuritib, inson tanasi
bilan ruhini birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydi, chunki “ruh jismda barhayotdir, jismdan tashqarida ruh
yo‘qdir [2, 166, b]” deb yozadi.
Ahmad Donishning fikricha, ruh ikki ko‘rinishga ega bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishda ruh-sof,
muqaddas ilohiy bo‘lib, hamma jismlarga o‘z nurini sochib turadi. Ikkinchi ko‘rinishda esa ruh “narsalar
dunyosiga kirgan bo‘lib, narsalar dunyosida mavjuddir va o‘limga mahkumdir [2, 165, b]”. Inson
tanasidagi ruh xuddi shu ikkinchi ko‘rinishdagi ruhdir. Shuning uchun ham, u o‘limga mahkum etiladi.
Ruhning bir tanadan boshqa tanaga ko‘chib yurishi haqida Sharqda keng tarqalgan tanosuh nazariyasini
tanqid qiladi. Tanosuh ta’limotini tanqid qilishda Mirza Bedilning ruh va tana to‘g‘risidagi qarashlaridan
foydalanadi.
Ahmad Donish ruh va tana birligidan iborat inson olamni, xususan, o‘zi yashayotgan ijtimoiy
muhitni o‘zgartirishga qodir, deb o‘ylaydi. Buning uchun u nafaqat diniy, balki dunyoviy fanlarni ham
bilishi zarur, deb hisoblaydi.
Biz dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlarni kezib o‘rganish uchun, er osti boyliklarini topish
uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun, uning hamma qit’alari va aholisini bilish
uchun tug‘ilganmiz deb yozadi.
Ahmad Donish jamiyatni rivojlantirishning eng muhim sharti-davlatni isloh qilishdir, deb
tushunadi. Davlat bir guruh kishilarning emas, balki xalq manfaatini himoya qilmog‘i, davlatni boshqarib
turgan hukmdor ma’rifatli, odil va donishmand bo‘lmog‘i shart. Hukmdor muhim davlat ishlarini ham
qilishda o‘z atrofidagi amaldorlar bilan maslahatlashmog‘i darkor. Mamlakatni ana shunday kishi
Do'stlaringiz bilan baham: |