Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son 
50 
O‘zbekiston hududida 924-1231 yillarda bo‘lib o‘tgan voqealar turli guvohlarning axborotlari va muallifning 
shaxsiy kuzatuvlari bilan to‘plangan aniq ma’lumotlar asosida yozilgan. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-
buldon” ya’ni “Mamlakatlar qomusi” asari qomusiy xususiyatga ega bo‘lib, unda Markaziy Osiyo tarixi va 
geografiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Rashiduddin ibn Fazlulloh ibn Imoduddavla Abu-l-xayr 
al-Hamadoniy jahon tarixini o‘z ichiga olgan “Jome’ ut-tavorix” ya’ni “Tarixlar majmuasi” nomli asarida 
Sharq va G‘arb mamlakatlari, Xitoy hamda Hindiston tarixiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni keltirgan. Arab 
sayyohlari, geograf va tarixchilari Tabariy, Al-Istahriy, Al-Maqdisiy, Yoqut al-Hamaviy, Ibn Fadlan, Ibn 
Rusta, Ibn Battuta va boshqalar Markaziy Osiyo, Xorazm shaharlari haqida gapirar ekan, bu shaharlarning 
kattaligi, go‘zal va ulug‘vorligi, bozorlarining gavjumligi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanganligi, 
aholisining ko‘pligi masalasiga alohida to‘xtalib o‘tishgan. Xorazmga sayoxat qilgan Yoqut Hamaviy “Uning 
barcha viloyatlarida yurasanmi, yo bozorlarida yurasanmi – buning farqi yo‘q. O‘ylaymanki, Xorazm singari 
bepoyon va keng yer, shu singari aholisi ko‘p yurt dunyoda bo‘lmasa kerak”, degan bo‘lsa, Xorazmda bo‘lgan 
arab sayyohi Ibn Battuta Urganch haqida “Bu – turklarning katta, muhim, chiroyli va ulug‘vor shahri bo‘lib, 
ajoyib bozorlari, keng ko‘chalari, juda ko‘p imoratlari va jozibador, ko‘rkam joylari bor. Shaharda hayot 
qaynaydi, aholisi shunchalik ko‘pki – u mavjlanib turgan dengizni eslatadi”, degan edi. 
Geograf al-Istaxriy Xorazm poytaxti va unga boruvchi yo‘llar ta’rifini bersa, X asrda yashagan Axmad 
ibn Fadlan ibn Abbos 921-928 yillarda abbosiy xalifa Muqtadir elchisining kotibi sifatida “Kumush yo‘l” deb 
atalgan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘idan sayohat qiladi va Bag‘doddan O‘rta Volga bo‘yigacha, 
bulg‘orlar shohligiga yetib boradi. Arab sayyohi al-G‘arnatiy Xorazm orqali Russiya va Bulg‘oriyaga sayohat 
qilishi davomida “Yo‘lnoma” tuzadi va ushbu yo‘llar ta’rifini beradi. O‘rta asr arab geograflari tuzgan 
yo‘lnomalar mualliflariga al-Yoqub (IX asr), Balazuri (IX asr), At-Tabariy (X asr), Qudama (X asr), al-Istaxri 
(X asr), ibn-Xaukal (X asr), al-Muqaddasi yoki al-Maqdisiy (X asr), “Xududal-Olam” kitobining ismi 
noma’lum muallifi (X asr), Bayhaqiy (XI asr), Nizom ul-mulk (XI asr), Gardiziy (XI asr), as-Samani (XII asr), 
Isfandiyor (XIII asr), Yoqut (XIII asr), Hamavi (XIII asr), Ibn al-Asir (XIII asr) va boshqalar kiradi. Yo‘llar 
haqidagi ma’lumotlarni ularning o‘zlari sayohatlari davomida yig‘ishgan yoki ishonchli qo‘lyozmalardan 
yig‘ib olishgan [3]. 
Sharq Uyg‘onish davri IX-XII va XIV-XV asrlarda faoliyat olib borgan Markaziy Osiyolik 
mutafakkirlar ilmi kalom, ilmi hikmat, ilmi rivoyat, ilmi tavhid, aqida ilmi kabi diniy va dunyoviy ilmlarni 
rivojlantirish jarayonida boshqa mamlakatlarga sayohat qilganlar, u yerlardagi kutubxonalardagi qimmatli 
kitoblarni o‘rganganlar, muqaddas joylarni ziyorat qilganlar, tibbiyot, musiqa, tabiiy va diniy fanlarning 
taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Ushbu sohadagi faoliyat bugungi kunda ma’rifiy turizm, ziyorat 
turizmi, tibbiyot turizmi va turizmning boshqa sohalari sifatida e’tirof etilmoqda. Sharq mutafakkirlarining 
ba’zilari musiqa, tasviriy san’at, me’morchilik va boshqa sohalarga qiziqqan bo‘lsalar, tasavvuf ta’limoti 
rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan ba’zi mutasavvuflar turli-tuman kasb-hunarlarni o‘rganib faoliyat olib 
borganlar. Tijorat turizmi ham Buyuk Ipak yo‘li o‘z faoliyatini olib borgan barcha davrlarda rivojlanib,
savdogarlar Xitoy, Hindiston, Saqlab va Bulg‘or, Rumo va boshqa mamlakatlarga o‘z sayohatlarini 
uyushtirganlar, ilgari ko‘rmagan yangi tabiiy shart-sharoitlar bilan tanishganlar. Bu esa o‘sha davrda ekoturizm 
ham o‘ziga xos tarzda rivojlanib borganligini ko‘rsatadi. Sport turizmi ham tarixiy asoslarga ega bo‘lib, turli 
bayramlar, tantanali marosimlarda ko‘pgina mamlakatlardan polvonlar, chavandozlar kelib o‘zaro 
bellashganlar, ularning nomlari Sharqda ham, G‘arbda ham mashhur bo‘lgan. Pahlavon Mahmudning 
Hindistonga borib kurash tushgani to‘g‘risidagi rivoyat tarixiy manbalar orqali bizgacha etib kelib, bu fikrning 
asosli ekanligini ko‘rsatadi.
Sharq Uyg‘onish davri, IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmdan Arab xalifaligining markaziy 
shaharlari, Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra, Makka, Madina va boshqa shaharlarga borib ta’lim 
oladigan, ilm bilan shug‘ullanadigan kishilar ko‘paydi. IX asrda Bag‘dodda “Bayt-ul-Hikma” 
(“Donishmandlar uyi”) , Sharqning o‘z davridagi fanlar akademiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, X asr oxirlarida 
Xorazmda ham podsho Ma’mun ibn Ma’mun davrida “Donishmandlar uyi”, “Bayt-ul-hikma”, “Ma’mun 
akademiyasi”, (Xorazm akademiyasi) tashkil topib, Bag‘dod va Urganchdagi “Donishmandlar uyi”da o‘z 
vaqtida nomlari dunyoga mashhur alloma va mutafakkirlar – Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayxon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ibn al-Hammor, Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq va boshqa olimlar faoliyat olib borgan 
edilar. Bugungi kunda ham insonning ilm-ma’rifat olishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’rifiy turizm jahon 
miqyosida ham, O‘zbekistonda ham rivojlanib bormoqda. 
Buyuk Ipak yo‘li orqali yevropalik sayyohlar Plano Karpini, Rubruk, Marko Polo, Afanasiy Nikitin va 
boshqalar Sharq mamlakatlariga sayohat qilganlar. G‘arb mamlakatlaridan Movarounnahrga elchi va 
sayyohlarning safarlari Amir Temur va temuriylar davrida faollashib, Konstantinopoldan Ioann VII 
Paleologning elchilari Frensis va Aleksandr 1401-yilda Amir Temurning Qorabog‘dagi qarorgohiga borishgan 
edi. Amir Temur davrida Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish