Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
OʻQITISH METODIKASI
 
 
2019-yil, 6-son 
94 
To‘garaklar asosida yo‘lga qo‘yiluvchi mashg‘ulotlar tarbiyalanuvchilarning ixtiyoriy ravishda, 
qiziqishi hamda xohish-istaklariga ko‘ra jalb etilishi asosida tashkil etiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar tomonidan xalq an’analari mohiyatining o‘rganilishiga 
imkon beruvchi to‘garaklar ham turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi. 
Xususan: 1. Hunarmandchilik to‘garaklari: duradgorlik, kashtachilik. 2. Xalq amaliy san’ati 
to‘garaklari: naqqoshlik, tasviriy san’at.
To‘garaklarda bolalarning mehnat faoliyatiga doir dastlabki ko‘nikma va malakalar xosil bo‘ladi. 
To‘garaklarning samarali faoliyat ko‘rsatishi o‘z navbatida bir qator omillarning ustuvorligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)
To‘garak rahbarlarining yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega ekanligi; 
2)
To‘garak faoliyatini doimiy ravishda, izchil ish yuritishi, bunga ota-onalar, homiy 
tashkilotlarini jalb qilish, to‘garakni moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga erishish; 
3)
To‘garak mashg‘ulotlarini noan’anaviy metodlar yordamida tashkil etishga erishish; 
4)
To‘garak mashg‘ulotlarini olib borishda yuqori samaradorlikka erishgan rahbarlarni 
rag‘batlantirish; 
5)
Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar bilan mahalla 
hududida joylashgan ustaxona, ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish va 
h.k. 
To‘garaklarda turli xil qog‘oz, karton va turli xil materiallarning qoldiqlari, bo‘sh gugurt 
qutichalari, ro‘zg‘orda foydalanilmayotgan buyumlar, ikkilamchi mahsulotlardan o‘yinchoq, qo‘g‘irchoq, 
uy ro‘zg‘or ishlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni tayyorlashga alohida e’tibor berish 
maqsadga muvofiq. Bu esa tarbiyalanuvchilarda moddiy xom-ashyolardan tejab-tergab foydalanish, 
isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik hamda zukkolik xislatlarini tarbiyalash bilan birga ular 
tomonidan iqtisodiy bilimlarning eng oddiy asoslarini o‘zlashtirilishi uchun zamin hozirlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat yo‘llarini o‘zida ifoda etgan xalq an’analaridan 
toshtaroshlik, ganchkorlik, suyak va yog‘och o‘ymakorligi, beshiksozlik, do‘ppichilik, kulolchilik, 
kashtachilik hamda naqqoshlik kabi yo‘nalishlarda to‘garaklarning tashkil etilishi bolalarda milliy 
qadriyatlarga nisbatan xurmat hissini tarbiyalash bilan birga ularda sabr qanoatlik, zukkolik, topqirlik, 
tadbirkorlik, vaziyatga to‘g‘ri baho bera olish, shaxsiy imkoniyatlarni to‘g‘ri baholash, o‘zgalar mehnatini 
qadrlash, o‘rtoqlariga yordam berish kabi sifatlarning tarbiyalanishi uchun sharoit yaratadi. Shuningdek, 
tarbiyalanuvchilarda mehnatga muhabbat hissi qaror topib, ularning estetik didlari o‘sadi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari atrofida joylashgan ustaxonalar va ishlab chiqarish 
korxonalarining faoliyati bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Bunday ekskursiyalar maktabgacha yoshdagi bolalarning xalq an’analar asosida mehnat faoliyatini 
yuritayotgan kishilar bilan muloqotda bo‘lish hamda ish o‘rinlar bilan tanishishlariga imkon yaratadi. 
Buning natijasida tarbiyalanuvchilarda mehnat faoliyatlari va ularning yo‘lga qo‘yish borasida umumiy 
tasavvurlar hosil bo‘ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama yetuk, sog‘lom, quvnoq, bo‘lib o‘sishida kasblar, 
hunarlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirish hamda milliy o‘yinlarning o‘rganishning tarbiyaviy 
ahamiyati kattadir. Chunki bolalar o‘z qo‘llari bilan qog‘ozdan, karton qog‘ozlardan foydalanib har xil 
naqshlar tayyorlashi, byumlar yasashi va rasmlar chizishi ularga qandaydir zavqni, guzallikni, harakatni 
talab qiladi. 
Ekskursiyalarning maqsadga muvofiq va aniq reja asosida uyushtirilishi pedagogik faoliyatning 
samarali kechishiga olib keladi. Ekskursiyalarning muayyan davrlar, ya’ni bolalarga ma’lum mehnat 
faoliyati hamda xalq an’analarining mohiyati xususidagi nazariy bilimlar berilgach, mustahkamlovchi 
tadbir sifatida uyushtirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari tomonidan xalq an’analari asosida 
mehnat faoliyati ko‘nikmalari va malakalarining shakllanganlik darajasini aniqlashda bolalar o‘rtasida turli 
bellashuvlarni o‘tkazish katta ahamiyat kasb etadi. 
Yosh, psixologik hamda fiziologik xususiyatlariga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalar serg‘ayrat, 
faol, qiziquvchan bo‘ladilar. Ana shunday hususiyatlarga egalik ularni turli xil sarguzashtlarda 
qatnashishga undaydi. Shu bois maktabgacha yoshdagi bolalar mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan 
foydalanish foydadan holi bo‘lmaydi. Zero, bunday harakat mazkur davr yoshidagi bolalar ega bo‘lgan 
kuch, g‘ayrat, shijoat, faollik ham bola uchun ham jamiyat uchun foydali bo‘lgan maqsad sari 
yo‘naltirilishini ta’minlaydi
Bog‘cha bolalari o‘rtasida bellashuvlarning tashkil etilishi, o‘z navbatida, bolalarning jamoa asosida 
faoliyat yuritishi, o‘zaro yordam berishi, vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi, o‘z hatti-harakatlarini tanqidiy baholash 
imkoniyatiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashadi. 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish