Международный
научный
журнал
№
10
(100),
часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
658
XONJIZA KON BOYITISH FABRIKASIDAGI METALLARNI BOYITISHDA FLOTATSIYON
BOYITISH USULI
Ermatov I.T
Eshqurbonov F.B
Ermatov Sh.Q
Termiz muhandislik-texnologiya instetuti magistranti,
Termiz muhandislik-texnologiya instetuti Kimyo fanlari
doktori, professor,
Termiz muhandislik-texnologiya instetuti o‘qituvchisi
KIRISH
Respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishda konchilik
sanoatining ahamiyati katta. Malumki, qazib olinadigan rudalar
tarkibida qimmatbaho
komponentning miqdori oz bo‘ladi. Bunday rudalardan metallarni tog‘ridan to‘g‘ri ajratib
olish iqtisodiy jihatdan ham, texnik jihatdan ham o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun aksariyat
hollarda ruda qazib olingandan keyin avval boyitiladi,
yani undagi qimmatbaho
komponentning miqdori oshiriladi va boyitma holidagi mahsulot metallurgiya zavodlariga
metall ajratib olish uchun jo‘natiladi. Rudalarni boyitish natijasida quyidagi afzalliklarga
erishiladi: kambag‘al rudalarni qayta ishlash imkoniyati tug‘ilgani
tufayli foydali
qazilmalarning zaxiralari ortadi. Mahsulotlardagi metallning miqdori ortishi bilan
metallurgiya zavodlarining ishlab chiqarish unumdorligi ortadi,
elektr energiyasi, yonilg‘i,
kimyoviy reagentlar sarfi kamayadi, foydali qazilmani kompleks ishlatish imkoniyati
yaratiladi. Shuning uchun foydali qazilmalarni boyitish sanoatning muhim tarmog‘i
hisoblanadi [1].
Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli-tuman
texnologik sxemalar
qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahulotning flotatsion xossasiga,
boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq.
Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan
chiqindi olishga erishilmaydi. Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning
o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi. Flotatsiya sikli deb,
qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya
operatsiyalarining guruhiga aytiladi [2]. Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma-
ketligiga qarab, polimetal
rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv-selektiv
flotatsiya sxemalari mavjuddir. Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral
(masalan,
mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin-ruх) ajralsa, bunday flotatsiya
kollektiv flotatsiya deyiladi. Agar rudadan qimmatbaho komponentlar
ketma-ket ajratib
olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi [3].