Toshkent moliya instetuti Budjet hisobi va g’aznachilik fakultetining bet-60 guruh talabasi Xoliqulov Ulug’bekning “Audit’’ fanidan Kurs ishi Mavzu: Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari
Toshkent moliya instetuti Budjet hisobi va g’aznachilik fakultetining BET-60 guruh talabasi Xoliqulov Ulug’bekning “Audit’’ fanidan
Kurs ishi
Mavzu: Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari.
Bajardi: BET-60 guruh talabasi Xoliqulov Ulug’bek Tekshirdi: Qo’shmatov O.K. Mavzu: Xalqaro auditorlik kompaniyalari va ularning faoliyat yo’nalishlari. Mundarija: Kirish……………………………………………………………………3
1.Xalqaro auditorlik tashkilotlarining rivojlanish tarixi………………….………...6
2. Xalqaro auditorlik tashkilotlarining faoliyat yo’nalishlari……………………...14
3.O’zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik kompaniyalari…11
Xulosa………………………………………………………………… 40
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….43
Kirish Dasturchilik bu “kelajak kasbi” ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas. Biz axborot texnologiyalari asrida yashab kelmoqdamiz. Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari va sohalariga kirib borishi bilan an’anaviy yondashuvlar va ish uslublari o‘zgaradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’siri ostida odamlarning turmush tarzi o‘zgara boshladi, foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalar o‘zgardi - turli geografik mintaqalar, faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba’zi jihatlariga o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni – aloqa vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga almashtirish, shuningdek, ularni yanada modernizatsiya qilishdan iborat.
Yurtimizning ko'pgina viloyatlarida IT park tashkil etilib kelinmoqda. Ma'lumki, ko'pchilik IT park haqidagi tushunchaga ega emaslar. Chunki axborot texnologiyalari sohasidagi bu kabi ibora biz kabi barcha yoshlar uchun ham ajoyib yangilik bo'ldi. Bundan keyin IT park yurtimizning hamma joylarida tashkil etiladi va uning mohiyati yanada takomillashib borgani sari IT sohasiga qiziquvchilar uchun keng ma'lumotlar eshigini ochadi. Shuningdek, IT park - dasturlashga qiziquvchilar va bu soha vakillariga juda ham katta imkoniyat yaratib berdi. 2020-yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis oldida nutq soʻzlab, unda 2020-yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi.
Prezidentimiz oʻz murojaatida erishilgan natijalar haqida gapirib oʻtdi va kelgusi 5 yil ichida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Parlamentining vazifalarini ham belgilab berdi.
Oʻz nutqida u axborot texnologiyalari sohasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi:
“Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda.
2019-yilda “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” boʻyicha mamlakatimiz 8 pogʻonaga koʻtarilganiga qaramay, biz hali ham bu sohada juda orqada qolmoqdamiz. Aksariyat vazirliklarimiz va idoralarimizda, koʻpchilik korxonalarimizda hali ham raqamli texnologiyalar toʻlaqonli joriy etilmagan desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, katta mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini barchamiz juda yaxshi bilamiz. Ammo, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz bu ishni bugun boshlashimiz kerak, aks holda ertaga juda kech boʻladi. Shu sababli raqamli iqtisodiyotga jadal oʻtish kelgusi besh yil uchun eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.
Maʼlumki, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulotlar va xizmatlar sifatini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, balki meni juda qattiq tashvishga soladigan eng jiddiy muammo – korrupsiyaga qarshi kurashda ham samarali vosita hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi davlat va jamiyat boshqaruvining samaradorligini oshirishga, ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bir soʻz bilan aytganda, odamlar hayotini tubdan yaxshilashga yordam beradi”.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi Farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos bo‘ldi.
Internet – dunyo bo`ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. WWW ya’ni World Wide Web internetning bir qismi bo`lib, butunjahon o`rgimchak to`ri ma’nosini anglatadi. WWW da axborot maxsus sahifalarda, ya’ni veb-sahifalarda joylashadi. Veb-sahifaga matn, rasm, tovush, videotasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlarni joylashtirish mumkin. Bitta tashkilot yoki xususiy shaxsga tegishli va mazmuniga ko`ra o`zaro bog`langan bir nechta Veb-sahifalar majmui Veb-sayt deyiladi. Veb-saytni kitobga, Veb-sahifani esa kitobning sahifasiga o`xshatish mumkin. Veb-saytdagi Veb- sahifalar o`zaro gipermatn yordamida bog`lanadi. Gipermatn Veb-sahifaning biror qismiga yoki boshqa Veb- sahifaga bog`liqligini ko`rsatuvchi bo`lib, u so`z yoki rasm ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gipermatn yordamida Veb-sahifaning kerakli qismiga yoki boshqa Veb-sahifaga tez va oson o`tiladi, bu hol kerakli qism yoki Veb-sahifaga gipermurojaat deb ataladi. Veb- saytlar ham, Veb-sahifalar ham Veb-server deb ataluvchi Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda saqlanadi va o`z manziliga ega bo`ladi.