Issiqlik almashinuv apparatlarini ishlatish vaqtida, shakli turlicha bo‘lgan sirtlardan o‘tayotgan issiqlik oqimini orttirish ko‘pincha zarur bo‘lib qoladi. Issiqlik uzatish tenglamasi Q=kFt dan ko‘rinib turibdiki, jism sirti o‘lchamlari va suyuqliklar temperaturalari berilgan bo‘lsa, issiqlik oqimi issiqlik uzatish koeffitsentiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin faqatgina issiqlik uzatish koeffitsentining qiymatini bilish, issiqlik uzatish jarayonini o‘rganish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Barcha termik qarshiliklarning o‘zaro nisbatini tahlil qilib to‘g‘ri hulosa chiqarish mumkin va natijada issiqlik oqimini jiddiy o‘zgartirishga imkoniyat yaratiladi.
Yassi devor orqali issiqlik uzatishda issiqlik berish koeffitsentini orttirish yupqaroq devor qo‘llash, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan material tanlashdan va issiqlik berish koeffitsentini ko‘paytirish hisobiga bo‘lishi mumkin.
Agar devorning termik qarshiligi kichik bo‘lsa, (/0)), u holda issiqlik uzatish koeffitsenti issiqlik berish koeffitsentlari 1 va 2 larga bog‘liq bo‘ladi.
(67)
(67) tenglikdan ko‘rinib turibdiki, k har doim eng kichik qiymatidan ham kichikroq bo‘ladi. Shuning uchun k ni orttirish uchun eng kichik ni ko‘paytirish lozim. Agar 12 bo‘lsa k ni orttirish uchun istalgan ni ko‘paytirish lozim.
Agar ning qiymatlari katta bo‘lsa, u holda k asosan devorning issiqlik uzatuvchanligiga bog‘liq bo‘ladi. Silindrik devor orqali issiqlik uzatishda, 1/1d1 va 1/2d2 termik qarshiliklar issiqlik berish koeffitsentlariga va sirt o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar kichik bo‘lsa, termik qarshiliklarni tegishli sirtlarni orttirish hisobidan kamaytirish mumkin. Yassi devor uchun ham, uning biror tamonini qovurg‘alash hisobidan huddi shunday natija olish mumkin. Yuqorida bildirilgan fikrlarni ayrim misollar orqali tushuntiraylik.
Bug‘ qozonida o‘txona gazlaridan devorga issiqlik berish koeffitsenti 1=30 Vt/(m2 grad); devordan qaynayotgan suvga 2=5000 Vt /(m2 grad); po‘lat devorning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsenti =50 Vt/(m2 grad) ; qalinligi =0,02 m. Devorni yassi deb hisoblaylik. Shu sharoitda issiqlik uzatish koeffitsenti k=29,5Vt/(m2 grad) ga teng, ya’ni u eng kichik dan ham kichikroq. Issiqlik uzatish koeffitsienti k ni devordan suvga issiqlik berish sharoitini yaxshilash yoki yupqaroq devorni qo‘llash bilan orttirib bo‘lmaydi. k ni, faqatgina o‘txona gazlaridan devorga issiqlik uzatishni yaxshilash hisobiga oshi rish mumkin. Issiqlik berish koeffitsientlari 1 va 2 katta bo‘lgan apparatlarda esa, ish boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan, suv kondensatorida suv tomonida 1=5000 Vt/(m2 grad) va bug‘ tomonida a1 =10 000 Vt/(m2 grad) bo‘lsin.
Agar shunday kondensatorning devori qalinligi 20 mm bo‘lgan po‘latdan tayyorlansa, k=1428 Vt/(m2 grad) bo‘ladi. Agar qalinligi 3 mm bo‘lgan devor olinsa, u holda k=2770 Vt/(m2 grad) bo‘ladi. Agarda po‘latni qizil mis bilan almashtirib, qalinligi 1 mm bo‘lgan devor oliinsa, u holda k=3400 Vt/(m2 grad) bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, issiqlik berish koeffitsentlarining katta qiymatlarida k asosan devorning issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq bo‘lar ekan. Shunday qilib, apparatlarda issiqlik uzatishni jadallashtirish uchun eng katta qarshilikni kamaytirishga harakat qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |