Issiqlik elektr stantsiyasining qurilmalari


Gaz-mazutda ishlaydigan DKVR –20-13-250 qozon agregati



Download 2,04 Mb.
bet113/115
Sana22.01.2022
Hajmi2,04 Mb.
#399964
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Bog'liq
Umk-Qazon-qurilmalari

Gaz-mazutda ishlaydigan DKVR –20-13-250 qozon agregati.
DKVR qozon agregatlarining asosiy ko‘rsatkichlari.

.


Qozon turi

Bug‘ unumdorligi, kg/s/m /soat

Qozon-

dan chiqishdagi bug‘ bosimi, MPa



Bug‘ temperaturasi K

Qozonning isitish

yuzasi, m2



Bug‘ qizdirgich isitish yuzasi, m2

Radiatsion

Konvektiv

Umumiy

DKVR-2,5-1,4

0,695/2,5

1,4

to‘-yin-gan*

17,7

72,6

91,3

-

DKVR-4-1,4-523

1,1/4

1,4

523

21,4

107,6

129

8,5

DKVR-6,5-1,4

1,8/6,5

1,4

to‘-yin-gan

27,9

197,4

225,3

-

DKVR-10-2,4-643

2,78/10

1,4/2,4

643

47,9

207,5

255,4

17

DKVR-20-1,4-523

5,56/20

1,4/2,4

523

73,5

285

358,5

34

DKVR-35-1,4

9,75/35

1,4

to‘-yin-gan

86,1

437,4

523,5

-

*To‘yinish temperaturasi.
DKVR turidagi qozon agregatlar sanoat issiqlik energetikasida va issiqlik ta’minoti tuzilmalarida keng qo‘llanilmoqda. Bunday qozonlarda barcha turdagi yoqilg‘ini yoqish mumkin. Shu sababli qozonlarning o‘txonalari turlicha bo‘lishi mumkin, F.I.K. esa, 75 dan 91% gacha bo‘ladi. DKVR qozon agregatlarini suv-isitish qozonlari sifatida ishlatish mumkin. Buning uchun qozon ustiga bug‘-suv isitkichi o‘rnatiladi va qozonning tsirkulyatsiya sxemasiga ulanadi. Bug‘ tarmoq suvini isitib kondensatsiyalanadi, kondensat esa, isitkichdan pastki barabanga o‘zi oqib tushadi.

Hozirgi vaqtda DKVR turidagi qozonlar past bosimli KE, DE, E-GMN kabi bug‘ qozon agregatlari bilan asta-sekin almashtirilmoqda. Bular ikki barabanli, vertikal suv-quvurli qozonlar bo‘lib, ularning konvektiv quvurlar to‘plami bukilgan quvurlardan tashkil topgan. Qozon qoplamasining vazni kamaytirilgan, qaynatish quvurlar to‘plami zich joylashgan, yonish yuzasining issiqlik kuchlanishi va o‘txona bo‘shlig‘ining solishtirma issiqlik kuchlanishi yuqori.



Bug‘ qozon agregatlarinig asosiy ko‘rsatkichlari.

Qozon agregati turi

Bug‘ unumdorligi, t/soat

Bug‘ bosimi, MPa

Bug‘ turi

KE-2,5-14S*

2,5

1,4

To‘yingan bug‘

KE-10-14S

10

1,4

To‘yingan bug‘

KE-10-14-225S

10

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

KE-25-24-250S

25

2,4

t=250S li o‘ta qizigan bug‘.

DE-4-14 GM

4

1,4

To‘yingan bug‘

DE-25-14-GM

25

1,4

To‘yingan bug‘

DE-16-14-225GM

16

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

DE-25-24 GM

25

2,4

To‘yingan bug‘

E-4-14 GMN

4

1,4

To‘yingan bug‘

E-10-14 GMN

10

1,4

To‘yingan bug‘

E-10-14 225 GMN

10

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

E-25-14 GMN

25

1,4

t=225S li o‘ta qizigan bug‘.

* Seriyalab ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yangi qozon agregatlarining bug‘ unumdorligi ortdi. Masalan, KE-4 (D=4 m/soat) qozon agregatining o‘txona kamerasi o‘lchamlari DKVR-2,5 (D=2,5 t/soat) qozon agregati kabi; KE-6,5 (D=6,5 t/soat) va KE-10 (D=10 t/soat) qozon agregatlari o‘txona kamerasi o‘lchamlari mos ravishda DKVR-4 (D=4 t/soat) va DKVR-6,5 (D=6,5 t/soat) qozon agregati o‘lchamlari kabi. KE,DE, E-GMN seriyadagi qozonlarning asosiy ko‘rsatkichlari 14.2-jadvalda keltirilgan.

O‘txona qurilmalarining issiqlik-texnikaviy ko‘rsatkichlari.

O‘txona bo‘shlig‘ining solishtirma issiqlik kuchlanishi o‘txona ishini tavsiflaydigan asosiy kattalik hisoblanadi. Shu kattalikka asosan o‘txonani loyixalash va qurish masalalari yechiladi, hamda uning ishining samaradorligi aniqlanadi. Bu kattalik Q/Vo‘ nisbat bilan ifodalanadi va 1m3 o‘txona bo‘shlig‘ida vaqt birligi ichida ma’lum bir miqdorda yoqilg‘i yoqilganda ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga teng.

QV= Q/Vo‘ =Qq /VO‘ [Vt/m­3]

Agar Qv ning qiymati amalda aniqlangan ma’lum bir qiymatdan katta bo‘lsa, u holda o‘txonadagi yoqilg‘i to‘liq yonmaydi. Qozon qurilmalarini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, turli xil yoqilg‘i, va yondirish usullari va o‘txona turlari uchun Qv ning qiymati keng oraliqda o‘zgaradi. Masalan, qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan qatlamli o‘txonalar uchun Qv=290350 kVt/m3, mexanizatsiyalashgan qatlamli o‘txonalar uchun Qv=290465 kVt/m3, kamerali o‘txonalarda ko‘mir changi yoqilganda Qv=145230 kVt/m3, Qv=230460 kVt/m3, qatlamli o‘txonalar uchun o‘txona ishining jadalligini tavsiflovchi yana bir kattalik cho‘g‘donning solishtirma issiqlik kuchlanishi kiritiladi:

QR=Q/R=Qqi , (13.2)

Bu yerda QR-cho‘g‘donning to‘liq yuzasi, m2. Bu kattalik, 1 m2 yonish yuzasida vaqt birligi ichida ma’lum bir miqdordagi yoqilg‘i yonganda ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga teng. QR kattalik yoqilg‘i turiga, uning bo‘laklari kattaligiga, kul miqdoriga va shu kabilarga bog‘liq bo‘ladi va keng oraliqda – 3501100 kVt/m2 o‘zgaradi.



Nazorat uchun savollar:

  1. Sanoat pechlarining turlari.

  2. Sanoat pechi qanday ishlaydi?

  3. Sanoat pechining asosiy ko‘rsatkichlari.

  4. Yoqilg‘i sarfi qanday aniqlanadi?

  5. O‘txona turlari.

  6. O‘txonaning asosiy ko‘rsatkichlari.

  7. Kamerali o‘txonalar.

  8. Uyurmali o‘txonalar qanday ishlaydi?

  9. Kamerali o‘txonalarning qanday afzalliklari bor?

  10. Uyurmali o‘txonalarning afzalliklari va kamchiligi.

  11. O‘txona qurilmalarining issiqlik ko‘rsatkichlari.

Ko’mir changini tayyorlovchi tegirmonlar

Ko’mir maydalovchi tegirmonlar har qanday chang tizimining asosiy elementi bo’lib, hisoblanadi.

3.2- jadvalda yoqilg’ini maydalash uchun mo’ljallangan eng ko’p tarqalgan tegirmonlarning tavsiflari keltirilgan. Ular yoqilg’i maydalash printsipi bo’yicha va tegirmonning harakatlanuvchi qismining aylanish chastotasi bo’yicha ajralib turadi.

Bulardan eng ko’p tarqalganlari sharli-barabanli (SHBT) va bolg’achali tegirmonlar (BT).

Ularning deyarli 90% qattiq yoqilg’ini maydalaydi. SHBT ko’pincha yoqilg’ini nisbatan oz chiqadigan uchuvchi moddalar (eski toshko’mir va antratsitlar), BT yangi toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir, torf va slanetslarni maydalashda ishlatiladi. Ko’mirning bir necha хilini tejamlilik bilan maydalash uchun valikli o’rtayurar tegirmonlardan foydalaniladi. Ayrim hollarda nam qo’ng’ir ko’mirni maydalash uchun tegirmon-ventilyator ishlatiladi.
3.2-jadval

Tegirmon

Belgila-nishi

YOqilg’ini maydalash printsipi

Mayladalangan bo’lakning ayla-nish chastotasi, s-1(ayl/daq)

Aylanish chastotasi bo’yicha tavsif

SHarli barabanli

SHBT

Zarb, ezish

0,25-0,42(15-25)

Past tezlik

Valikli

VT

Ezish

0,85-1,3(50-80)

O’rta tezlik

Bolg’achali

BT

Zarb

12,5-16,3(750-980)

YUqori tezlik

Tegirmon-ventilyator

TV

Zarb

12-24,5(735-1470)





SHarli barabanli tegirmonlar (SHBT). Bunday tegirmonlar tsilindrning barabanining diametri 2-4 m, uzunligi 3-10 m, diametri 30-60 mm bo’lgan po’lat sharlar bilan qisman to’ldirilgan (1/3 hajmigacha). Barabanning ichki devorlari to’lqinsimon zirhli plitalar bilan qoplangan. Barabanning yuqori korpusida issiqlik va ovoz izolyatsiyalari bor.

Bunday tegirmonlarning og’irligi chang ishlab chiqarishga bog’liq bo’lib, 100 tonnadan 380 tonnagacha bo’ladi. Bir juft shesternya va tegirmon reduktor orqali elektr dvigateldan harakatga keltirilib aylantiriladi. Quvvatli tegirmonlarning harakati fraktsion uzatish orqali amalga oshiriladi.

Bunday hollarda barabanli tegirmon 4 ta tsilindrli g’altakka tayanadi, bulardan ikkitasi yurituvchi (3.4-rasm).

Aylanuvchi tegirmonga qo’zg’olmas qisqa quvurlar birlashtiriladi. Tutushgan joyidan havo kirmasligi uchun quvurlarni sinchkovlik bilan biriktirish kerak. Baraban aylanayotganda sharlar bir qancha balandlikka ko’tarilib qaytib tushishi hisobiga maydalanadi. Bu konstruktsiya sharlarning aylanish chastotasiga bog’liq.

SHarli barabanli tegirmonlarning afzalligi ularning nafaqat yumshoq, balki har qanday namlikdagi qattiq yoqilg’i uchun ham yaroqlidir, uni maydalashni mumkin qadar ustalik bilan boshqarish, ekspluatatsiyada yuqori ishonchlilik, ishlatilgan sharlarni oson almashinuvi, hamda metall buyumlarni tushurmasligi bilan yaroqlidir.



3.4-rasm. SHarli barabanli tegirmon:

1 – baraban; 2 – tayanch tsapfa; 3 – podshipnik; 4 – katta yuritmali shesternya; 5 – kichik shesternya; 6 – reduktor; 7 – elektr dvigatel; 8 – mufta; 9 – qo’zg’almas patrubka; 10 – to’lqinsimon shakldagi bron plitalar; 11 – sharning harakatlanish traektoriyasi; 12 – seperatordan qaytish.
Bu tegirmonlarning kamchiligi, ularning o’lchamlari kattaligi va tayyorlanishida ko’p metall sarflanishi, maydalash jarayonida elektr energiyani ko’p sarflanishi, ishlash jarayonida esa shovqin katta bo’lishidadir.

Tezyurar bolg’achali tegirmonlar (BT)

Bunday tegirmonlarda yoqilg’i bolg’achalarning urilishi hamda tegirmon korpusi va bolg’achalar orasida tez-tez ishqalanishi yordamida maydalanadi. Bu tegirmonlarning yuqori reaktsiyali ko’mirlarni maydalash uchun ishlatiladi. Bolg’achali tegirmonning konstruktsiyasi 3.5-rasmda keltirilgan.



Bolg’achali tegirmon:

1-o’q; 2-disklar; 3-bolg’acha ushlagichlar; 4-bolg’achalar; 5-korpus; 6-podshipniklar

Tegirmon-ventilyator (TV)

Tegirmonning rotori yoqilg’i kirishi tomonidan disk bilan jihozlangan, unda ko’mir maydalovchi bolg’achalar joylashgan (BT ga o’хshash), ular TV ga kelib tushadigan bo’lakli yoqilg’ini qattiq maydalanishini ta’minlaydi. 3.6-rasmda ko’rsatilgan TV konsel turiga taa’lluqlidir.




. Tegirmon-ventilyator.

1-oldinga o’rnatilgan bolg’achalar; 2-ventilyator rotori; 3-kurakchalar; 4-elektrodvigatelь; 5-separator; 6-ko’mirning katta fraktsiyalarini qaytaruvchi moslama; 7-etkazib berilayotgan yoqilg’ini quritish shaхtasi


Tegirmon rotori yoqilg’i kirish tomonidan disk bilan ta’minlangan. U erda MV ga kelib tushadigan bo’lakli yoqilg’ini yaхshi maydalaydigan bolg’achalar joylashgan. Katta quvvatga ega bo’lgan TV lar 4 qavatli 2 tayanchli o’qqa ega. Bolg’achalar ortida rotorga ventilyator kurakchalari o’rnatilgan bo’lib, bolg’achalardan keyin qolgan yoqilg’i bo’laklarini ham maydalaydi. Rotor qalayli asosga joylashgan, uning ichiga zirхli plitalar o’rnatilgan bo’lib, u chig’anoq shakliga ega. Tegirmonning o’qi tegirmon asosiga so’rib olinuvchi havo hisobiga sovutiladi. TV nisbatan kam, qattiq va yuqori namlikka ega bo’lgan qo’ng’ir ko’mirni maydalash uchun mo’ljalllangan. Dastlabki quritish uchun TV oldida qurituvchi shaхta joylashgan bo’lib, qaynoq gaz va havo aralashmasi yoki o’tхonaning ustki yoki pastki qismidan 900-10000S haroratli tutun gazi uzatiladi.

Ventilyator kurakchalari nisbatan yuqori bo’lmagan bosimni hosil qiladi, ammo bu quritilgan yoqilg’i aralashmasini to’g’ridan-to’g’ri isitgichga puflash orqali ishlash usullari va nisbatan yuqori bo’lmagan bosim (1,5 kPa) hosil qilish uchun etarli. SHaхtaning pastki qismida harorati 250-3000S bo’lgan qaynoq havoga va qurituvchi agentning tegirmonga kirishdagi harorati ehtiyotkorlik bilan boshqariladi. Maydalangan yoqilg’i separatorga kelib tushadi, yonishga tayyor chang o’tхonaga purkanadi. TV va BT da ko’mirni maydalashda elektr energiyaning sarfi nisbatan bir-biriga yaqin.

TV ning asosiy kamchiligi kurakchalar hosil qiladigan past bosim tufayli unumdorlikka qaramasdan tegirmon orqali gazlarning chiqimi o’z-o’zidan aniqlanadi. Katta yuklanishda tizimning qarshiligi tufayli gazlarning chiqimi kamayadi – bu holda chang yaхshi qurimaydi. TV 3 ta o’lcham bilan o’lchanadi:

Birinchisi – rotor diametri, mm, ikkinchisi – kurakcha qanotlarining ish kengligi, mm, uchinchisi – rotorning aylanish chastotasi, ayl/min. Ishlab chiqarilayotgan TV ning o’rtacha ish unumdorligi хuddi BT ga o’хshash ko’mir tavsifnomasiga ko’ra soatiga 3,6 dan 44 tonnagachani tashkil etadi. TV da qo’ng’ir ko’mirning maydalanishida elektr energiyani harajati nisbatan 8,5-13,5kVt·soat/t changni tashkil etadi.


NAZORAT SAVOLLARI



  1. Qattiq yoqilg’i qabul qiluvchi moslamalar nimalardan iborat?

  2. IESga yoqilg’i uzatish chizmasini ko’rsating.

  3. Ko’mir maydalash qurilmasining chizmasi qanday ko’rinishga ega?

  4. SHarli barabanli tegirmon chizmasini chizing.

  5. Bolg’achali tegirmon chizmasi qanday ko’rinishga ega?

  6. Tegirmon-ventilyator chizmasi qanday ko’rinishga ega?

  7. IESlarda ko’mir va chang etkazib beruvchi moslamalarning ishlashini tushuntirib bering.

O’quv xonasining jihozlar bilan taьminlanishi



Jihozlar va o’qitish vositalarining nomi

Soni

1.Dastgohlar

1.1

-

-

2.O’lсhov va ishlov berish asboblari

2.1

-

-

3.O’qitishning texnik vositalari

3.1

Proektor




3.2

Kompьyuter




3.3

YOzuv taxtasi

1

4.O’quv ko’rgazmali qurollar

4.1

Bannerlar

10

4.2

Slaydlar

30

5.Partalar

5.1

Stol

13

5.2

Kursilar

26

6.Kitob shkaflari

6.1

Shkaflar

2





















Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish