14.3-rasmda suv quvurli qozonlarning tsirkulyatsion sxemasi keltirilgan.
14.3-rasm. Qozon sxemalari.
a – tabiiy tsirkulyatsiyali; b – majburiy tsirkulyatsiyali; 1 – baraban; 2 – isitish sirtlari; 3 – bug‘ qizdirgich; 4 – ekonomayzer; 5 – havo isitkich.
Tabiiy tsirkulyatsiyali bug‘ qozonlarida suv yopiq tsirkulyatsiyali konturda (14.3-rasm, a): «baraban – tushirish quvuri – pastki kollektor – ko‘tarish quvuri – baraban» da harakat qiladi. Bunday qozonlarda suvning va suv – bug‘ aralashmasining harakatlanishi ularning zichliklari orasidagi farqqa asoslanib amalga oshiriladi. Majburiy tsirkulyatsiyali qozonlarda suv bilan suv-bug‘ aralashmasi tsirkulyatsion nasos yordamida harakatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |