11.4. Silindrsimon shaklidagi naylardagi laminar oqimni hisoblash
Quvurning issiqlik berish koeffitsienti (RedPrD/L)>10 shart bajarilganda, ya’ni laminar bo’lgada tavsiya etilgan emperik formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
, (11.34)
Gazlarda temperatura ortishi bilan qovushqoqlik ortadi. Quvur markazga nisbatan havo isitilganda devor atrofidagi qovushqoqlik katta bo’ladi. Silindr shaklidagi naylardagi sirtda issiqlik almashinishini xarakterlash uchun issiqlik berish koeffitsienti tushunchasidan foydalaniladi, 1 m uzunlikdagi quvur uzunligidan foydalaniladi.
, (11.35)
-mos ravishda quvurning issiq va sovuq tarafidagi issiqlik berish koeffitsienti, W/(m2 0C); -quvur devorining issiqlik o’tkazuvchanligi, W/(m2 0C);d1 va d2 –quvurning ichki va tashqi diametri. Amaliy hisoblashlarda quvurning devorlari juda yupqa deb qaraladi va (3.4.2) formula o’rniga yassi devor uchun quyidagicha yoziladi
, (11.36)
bunda -quvur qalinligi, m. Issiqlik oqimi issiqlik uzatish tenglamasidan topiladi
. (11.37)
Issiqlik almashinishning hamma sirtida o’rtacha temperatura
. (11.38)
To’g’ri yo’nalish sxemasiga ko’ra
. (11.39)
bunda -birinchi issiqlik elitgichning boshlang’ich va oxirgi temperaturasi, -ikkinchi issiqlik elitgichning boshlang’ich va oxirgi temperaturasi.(10.37) formuladagi Q ning qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin.
, (11.40)
bunda Qm ikkinchi issiqlik elitgichning massa isrofi. Havo isitgichning issiqlik berish koeffitsientini aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi.
. (11.41)
Hisoblashlar natijasida olingan , qiymati (issiqxona ichidagi o’simliklar bargining sirtidagi yutilish koeffitsienti 0,8 va ), ning bir qavatli va ikki qavatli shaffof to’siqli gelioissiqxonalarning kenglik yo’nalishi (issiqxona uzun o’qi sharq va g’arbga yo’nalgan) va meridional (uzun o’qi shimol va janubga yo’nalgan) hol uchun qiymatlar 11.2 va 11.3-rasmda keltirilgan.
11.2-rasm. Gorizontal (ochiq) sirtga tushuvchi ( ) va issiqxona ichida o’simlik barglari yutgan ( ) quyosh radiatsiyasini isitish mavsumi davomidagi yillik yo’lining o’rtacha sutkalik qiymati: a va b – mos ravishda, bir – va ikki qavatli shaffof plyonka to’siqli gelioissiqxonalar; 1,2 - mos ravishda, yarim silindr shakldagi shaffof plyonka to’siqli kenglik va meridional yo’nalish; 3 - .
11.3-rasm. Isitish mavsumi davomida gorizontal (ochiq) sirtga tushuvchi va issiqxona ichidagi o’simliklar bargi sirtida yutilgan yig’indi quyosh radiatsiyasining solishtirma yillik yo’lining o’rtacha sutkalik qiymati: a va b – mos ravishda, dunyo tomonlariga nisbatan kenglik va meridional yo’nalish; 1,2 - mos ravishda, bir – va ikki qavatli shaffof plyonka to’siqli yarim silindr shakldagi issiqxona, 3 - .
Tadqiq qilingan quyosh issiqxonalarning natijaviy tavsifnomalarini solishtirish asosida ularda bir qatlamli shaffof plenka o’rniga ikki qatlamlidagidan foydalanish so’zsiz ustunligini ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |